Ilinj Qaysi javobda fe’l bilan shakldosh



Download 23,88 Kb.
Sana14.05.2022
Hajmi23,88 Kb.
#603758
Bog'liq
Ot so\'z turkumi 2022- 2023-o\'quv yili


Ot so’z turkumi. 2022-2023-o’quv yili. (1-qism)
Ilinj….
1. Qaysi javobda fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan otlar berilgan?
A) ter, qur B) to'r, o'z
C) qopmoq, ortmoq D) uch, oz
2. Qaysi qatorda ot turkumiga oid ma’nodosh so‘zlar berilgan?
A) barvasta, norg'ul, bo'ydor B) armug'on, tuhfa, tortiq
C) tantiqlik, mardlik, saxiylik D) suluv, chiroy, ko'rk
3. Quyida berilganlardan imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan otlar ajratib ko'rsatilgan javobni aniqlang? 1) mamuriyat; 2) ma’shum; 3) ma’dan;
4) ta’mir; 5) ma’sulyatsizlik; 6) me’morlik; 7) me’zon
A) 3,4,6 B) 1,3,2,5 C) 1,2,4,6 D) 1,4,6,7
4. Qaysi gapda fe’l so'z turkumidan ot so'z turkumiga o'tgan shaxs nomi mavjud?
A) Xatni uning o'ziga, Muqaddasga bering.
B) Ortiq ishongisi kelmay, avval Avazga, so'ng Turdiga qaradi.
C) Qizlar goh Saiddan, goh ukasidan gapirib o’tirishdi.
D) Men uni va Kamolni zudlik bilan chaqirdim.
5. Qaysi ga= pda ishtirok etgan otlarning barchasi narsa otlariga mansub hisoblanadi?
A) Opasi savatda olma, behi, anor, nashvati olib kirib, dasturxon tuzashga kirishdi va uning so'rog'ini kutmay, oiladagi yangiliklardan gapira boshladi.
B) Sabzi, sholg'omning etli ildiz mevasi, karamning barglari, baqlajonning mevasi ovqatga ishlatiladi.
C) O'riklar qizarib pishganda onasi go'shtini danagidqn bitta-bitta ajratardi-da, danagini chaqib, oftobga yoyib quritardi.
D) Kosa, piyola, choynak, stakan, bankalar, tovoqlar va oshxonaga taalluqli boshqa idishlar tuz bilan yuvilgandan so'ng toza suvda chayib olinadi.
6. Joy nomlari berilgan javobni aniqlang.
A) Qoplon, Mosh, Olapar
B) olmos, oltin, kumush
C) Yunusobod, Qibray, MirzacholI
D) zavod, maktab, kitob
7. Qaysi javobdagi otlar mavhum otlarga mansub?
A) bulut, chana B) jamol, taоm
С) gul, iz D) ovunch, o'kinch
8. Qaysi gapda ot turkumiga oid so'zlar bilan shakldosh bo'la oladigan ot qatnashgan?
A) Shu shirkatga tegishli daladagi paxtani teringlar.
B) Bu yilgi bahorning kechikishi daladagi yumushlarni ham kechiktirdi.
C) Ular dushrnan lashkarlariga qaratib to’p ota boshladilar.
D) Bir yil tut ekkan kishi qirq yil mevasini teradi.
9. Shakldoshiga ega otni aniqlang.
A) ganch B) yozmoq C) chang D) ahil
10. Qaysi so'zning paronimi ot turkumiga mansub?
A) ganch B) abzal C) adl D) hivla
11. Qaysi gapda sifat so'z turkumidan ot so'z turkumi­
ga o'tgan shaxs nomi mavjud?
A) Xatni uning o'ziga, Muqaddasga bering.
B) Ortiq ishongisi kelmay, avval Avazga, so'ng Turdiga qaradi.
C) Qizlar goh Ahmad, goh ukasidan gapirib o'tirishdi.
D) Men uni va Arslonni zudlik bilan chaqirdim.
12. Berilgan so'zlar ichidan ot+ot qolipli turdosh otlar
miqdorini aniqlang. Oqqo‘rg‘on, tinchliksevar, makkajo‘xori, Sirdaryo, sovuqmijoz, devqom at, qo‘lbola, izzattalab,qo‘ziqorin, bodomnusxa.
A) 5 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta
13. Amir Temur katta olimlarni, xususan, fiqhshunoslar, muhaddislar, muarrixlar, faylasuflar, munajjimlar,. shuaro va musiqashunoslar, tabiblarni xush ko‘rardi. Ushbu gapda turdosh shaxs otlari necha o'rinda qo‘llangan?
A)8 B) 9 C) 7 D) 10
14. Qaysi gapdagi otda -lar qo'shimchasi ko'plik ma’nosini ifodalamagan?
A) Yog' va unlarni do'kondan olib, qishloq tomon ketdik.
B) Barcha gaplarda ko'plik ma’nosi ifodalangan.
C) Kitoblarning barchasini shahardan olib kelgan edi.
D) Do'stlarim kelishdi.
15. Qaysi gapda -gina qo'shimchasi otga xos lug’aviy shakl yasovchi vazifasini bajarmagan?
A) Sarvinoz butun yozni shahardan ancha uzoqda, sokingina go'shada, o'tkazdi.
B) Bolaginam kasalxonada uzoq davolandi.
C) Oyoqqinangga rahming kelmaydimi?
D) Yakshanba kunlarigina Mehrinoz buvisinikiga borib turardi.
16. Quydagi parchada fonetik hodisaga uchragan nechta ot qatnashgan?
Yuragimda ko‘pdir alamli dardlar, Mening qizim-sening singling, nomardlar. Qizing ber, deb mening ko‘nglim bo‘lasan, Suyagimni yongan o‘tga solasan.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D)5 ta
17. Quyidagi qaysi javobda asosidagi undoshlari hosil
bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub bo'lmagan yasama otlar berilgan?
A) odamiylik, tinim B) tepalik, tuzdon
C) yaxshilik, uzviy D) qopchiq, bo'taloq
18. Qaysi javobda yasama o‘rin-joy otlari qatori berilgan?
A) olmazor, o‘tloq B) do'koncha, o'yingoh
C) guzar, mahalla D) sharqiy, g'arbiv
19. Qaysi javobda tub o'rin-joy otlari qatori berilgan?
A) guzar, mahalla B) do'koncha, o'yingoh
C) sharqiy, g'arbiy D) olmazor, o'tloq
20. Shakldosh so'zdan yasalgan faoliyat-jarayon otini aniqlang?
A) ehopqi B) terim C) shofyorlik D) ro'shnolik
21. Qaysijavobda ma'noli qismlari asos + so'z yasovchi qo'shimcha + so'z yasovchi qo'shimcha 4- so'z yasovchi qo'shimcha +sintaktik shakl yasovchi tartibda joylashgan ot turkumiga oid so'z qatnashgan?
A) Shu chidamsizligi sababli bu mashaqqatga bardosh bera olmaydi.
B) Bolalar bayram uchun bir hafta davomida sahnani be- zatishdi.
C) Rost so'zni gapirishning iloji bo'lmasa, sukut afzal.
D) U o‘n olti yil davomida “Toshkent oqshomi'' gazetasida mudir bo'lib ishlagan.
22. Ot yasovchi qo'shimcha qo'shilganda unlilarning o'zgarishga uchrashi kuzatilgan gaplarni aniqlang. 1) Bodroq yeyishni yaxshi ko'raman.
2) Butun vujudini qaltiroq bosdi.3) O'ynoqi musiqa o'tirganlarning mudroq kayfiyatini tarqatib yubordi. 4) Mahbuslar og'ir qiynoqdan abgor bo'lishdi.
A) 1,3,4 B) 1,4' C) 2,4 D) 1,2,3,4
23. Ushbu so‘zlar fonetik hodisa asosida fe’l so‘z turkumidan yasalgan otlar sanaladi. Yuqoridagi fikrga mos keladigan so'zlar berilgan javobni aniqlang.
A) quchoq, o'toq B) sinov, tarqoq
C) o'choq, qo'rqoq D) qiynoq, suvoq
24. Qaysi qatordagi so'zlar tarkibidagi barcha qo'shim­
cha ot yasovchi qo'shimchalar sanaladi?
A) bog'bonlik. terimchilik, yaxshilik
B) tinchlikparvarlik, taroqchilik, bilimdonlik
C) atamashunoslik, adabiyotshunoslik, gulchilik
D) yuzakilik, o'ynoqi, insonparvarlik
25. Unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, tayyor birliklar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Ushbu gapda necha o'rinda ot yasovchi qo'shimcha qatnashgan?
A) 3 o'rinda B) 1 o'rinda C) 4 o'rinda D) 2 o'rinda
26. Asosi sifat bo'lgan yasama ot so'z qatnashgan gapni aniqlang.
A) Aybsiz do'st axtargan do'stsiz qolar.
B) Bilimi zo'r mingni yiqar.
C) Tani sog'lik-tuman boylik.
D) Odamni el ko'kartiradi.
27. Otdan yasalgan yasama so'zlarning barchasi ko'rsatilgan javobni belgilang. 1) baqqollik; 2) hukmdor; 3) o'quvchi; 4) kitobxon; 5) atamashunos
A) 1,4 B) 2,3,4 C) 1,2,4,5 D) 1,2,3,4,5
28. Qaysi gapda qatnashgan yasama otlarning barchasi o'zaro bir xil turkumga oid so'zlardan yasalgan?
A) Direktor o'tkazilgan ko'rikda ko'rgazmaning oliy yutug'ini qo'lga kiritgan emish.
B) Bir ayol unga mehribonlik bilan tikilib turar, qilgan yaxshiligi uchun minnatdorchilik bildirishga, tilaklarini aytishga chog'lanar edi.
C) Oqqirov kasalligini yuzaga keltiruvchi organizmlar go'za barglarida in quradi, chirindilar orasida qishlaydi.
D) Akam traktor terimidan so'ng hovlining kamchiliklarini tuzatishga kirishdilar.
29. Hayot go‘zal, yashash maroqli. Biroq inson
uchun eng qadrli narsa, ya’ni umr juda oz. Shundan
bo‘lsa kerak, inson borki, doimo bu dunyoning go'zal-
liklaridan bahra olishga, u in’om etgan ne’matlar-
dan tatishga intilib yashaydi. Bu istak ba’zan insonni
baxtli qilsa, ba’zan uning umrini xazon qiladi.
Ushbu matndagi sodda yasama otlar sonini toping.
A) 3 ta B)1 ta C) 2 ta D)4 ta
30. Quyidagi so'zlarning nechtasida ot yasovchi qo'shim­
cha qo'shilganda fonetik o'zgarish sodir bo'ladi?
mudra, qiyna, so'ra, ista, o'yna, bag'ishla, sayra.
A) 2 tasida B) 5 tasida
C) 3 tasida D) 4 tasida
31. Qaysi gap tarkibida lab undoshi bilan ifodalangan
ot yasovchi qo'shimcha uchraydi?
A) Bir tishlam non gadosi, bo‘lib birovning eshigiga borgan vaqtlari bo'Idi.
B) Kimki buni tushunmabdi, u katta xatoga yo‘l qo‘yadi.
C) Otaning bolasi bo'lma, odamning bolasi bo'l.
D) Nima qilay o'rgilay, aytsam, tilim kuyadi, aytmasam- dilim.
32. Qaysi javobda egalik qo'shimchasi qo'shilganda tovush o'zgarishi bilan yoziladigan tub so'zlar qatori berilgan?
A) ittifoq, chelak, terak B) bo'yoq, ittifoq, qiziq
C) yaltiroq, qiyna, sovi D) tirnoq, chelak, qiliq

33. Berilgan gaplardan nechtasida shakldoshlik xususi­


yatiga ega bo'lgan so'zlardan yasalgan yasama ot ishtirok etgan?
1. Suzma va qatiqning inson salomatligi uchun foydasi ko'p.
2. Siddiqjon zo'r ishtaha bilan tut yemoqda edi.
3. Nega uch yildan beri indamay kelgan xotin birdan da’vogar bo'lib qoldi?
4. Iqbolxon guldonni joyiga qo'yib, boshqa uyga o'tdi.
A)1 B) 2 C) 3 D) 4
34. Qaysi gapda ham tub sifatdan, ham yasama sifatdan yasalgan otlar mavjud?
A) llk sevgi bahor osmonidagi bulut kabidir.
B) Mehrga bemehrlik bilan javob berish odamzodga tekkan kasal.
C) Maqtanchoqlik qarilikning birinchi belgisidir.
D) O'z vaqtida qilinmagan yaxshilik yomonlikka yo'l ochadi.
35. Shakldoshlik xususiyatiga ega so'zlar kompozitsi- yasidan hosil bo'lgan qo'shma otlarni belgilang. 1) otquloq; 2) qo'ymijoz; 3) qovoqari;
4) oshqovoq; 5) qirqquloq; 6) surbet.
A) 2,4,5 B) 1,4,5,6 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4
36. Quyida berilganlardan bir xil so'z turkumiga oid so'zlar qo'shilishidan hosil qilingan qo'shma ot(lar) to'liq ko'rsatilgan javobni aniqlang.
1) otashqalb; 2) xomsemiz; 3) balandparvoz; 4) achchiqtosh; 5) toshbag'ir; 6) otashkurak. A) 6 B) 1,6 C) 2,5 D) 3,4
37. Qasyi gapda qo'shma ot mavjud emas?
A) Ariq bo'yida otquloqlar endigina ko'ringan edi.
B) Uyasi tomon sudralgan toshbaqani sekin turtib ko'rdi.
C) Hovlida o'sgan sadarayhonlar shamolda mayin tebranardi.
D) Senga o'xshash quyonyuraklar bilan do'stlashmayman
38. Narsani boshqa biror narsaga qiyoslash yo’li bilan yasalgan qo'shma otlarni toping.
A) kamquvvat, umumxalq, tabriknoma, otboqar
B) qo'ziqorin, karnaygul, oybolta, otquloq
C) cho'lquvar, sovuqmijoz, devqomat, beshiktervatar
D) qiymataxta, kirsovun, nosqovoq, ko'zoynak
39. Nihoyat, shakli dutorga o‘xshagan bir nima yasadi. Keyin unga ot qilidan tor tortdi va barmoqlari bilan asta chertib ko‘rdi. Yana chertdi...
Yana... Shu kuni ohang tug‘ildi. Bola uchun yangi, ohangli bir olam paydo b o‘ldi. Ushbu parchada qo'llangan ot turkumiga mansub so'zlar
soni nechta?
A) 7 ta B) 9 ta C) 10 ta D) 8 ta
40. Qaysi qatorda qismlari mavhum otlardan iborat bo'lgan juft otlar berilgan?
A) orzu-armon. ko‘clia-ko‘y, savdo-sotiq
B) o'y-xayol, his-tuyg'u, aql-idrok
C) yig’im-tcrim, kam-ko‘st, huzur-halovat
D) fan-texnika, arzon-garov, odob-axloq


Tuzuvchi : Shohjahon Akbarov


Shunchaki o’zingizga savol bering?
Onam meni qanday o’qityapti? Men ularga qanday javob beraman va albatta yakuni qanaqa bo’ladi?



Download 23,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish