vodorod, uglerod kabi kimyoviy elementlar nomlari;
suv, karbonat angidrid kabi moddalar nomlari;
atom va molekulalarning o’lchamlari.
I. Darsning tashkil etilishi: a) salomlashish, davomatni aniqlash;
b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
s) O'quvchi qoidalar bilan tanishtiriladi.
II. O`tilgan mavzu bo`yicha savol-javob O'tilganlarni takrorlash uchun doskaga oldindan quyidagi savollarni yozib qo'yish mumkin:
1. Demokritning atom nazariyasi nimalardan iborat? 2. Beruniy atom tuzilishi to'g'risida ibn Sinoga qanday savollar yo'llagan? 3. Ibn Sino modda tuzilishi haqida qanday flkrlar aytgan ? 4. Ar-Roziyning atomlar haqidagi flkrlari nimalardan iborat? Bunday savollarga javoblarni o'quvchilardan og'zaki so'rov usulida olish mumkin.
III.Yangi mavzu bayoni Yangi mavzuni boshlashdan avval o`quvchilarni yangi mavzuga olib kirish maqsadida “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi.
O`quvchilarga muammoli savollar beriladi.
1. Nima sababdan aynan bitta modda qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo'lishi mumkin ? 2. Moddaning qanday eng kichlik zarrachasi uning asosiy xossalarini saqlab qoladi? O`quvchilarning fikrlari va g`oyalari tinglanadi.
O`quvchilar tomonidan berilgan fikr va g`oyalari umumlashtiriladi.
Shundan so`ng o`quvchilar savollarga javob qidirish borasida molekula tushunchasi kiritiladi. Darslikda keltirilgan moddalar molekulasining tuzilishi ko'rsatiladi. Plakatlardan boshqa moddalar molekulalarining tuzilishi ham ko'rsatiladi.
Shundan so'ng atom tushunchasi kiritiladi. Sinfga quyidagicha savol tashlanadi:
1. Agar moddalar atom va molekulalardan tashkil topgan bo'lsa, nega biz ularni ko'rmaymiz? Shunda ularning juda ham kichikligi, lekin ulardan ayrimlarini birgalikda o'lchab ko'rish mumkinligi aytiladi. O'lchash usuli darslikda keltirilgan. Molekula o'lchamining kichikligi solishtirish orqali ko'rsatiladi. Masalan: agar suv molekulasining yuz million donasini zich qilib bir qatorga terilsa,bor yo'g'i 2 sm uzunlikka ega bo'ladi.
O’qituvchining qo’shimchalari.
Suv vodorod va kislorod atomlarining birikmasidan iborat bo’lib, formulasi
H2O bilan ifodalanadi. Suv olloh bergan ne’mat. Suv bilan tabiat jonlanadi, hayot nish uradi, yashashga oshiqadi, kuch-quvvatga kiradi, hayot jilvalanadi. Yer sharida suvning miqdori uning 70-72 foizini tashkil etadi. Tirik jon tanasi (vazni)ning 70-72 foizi suvdan iborat. Yer shari suv ichida nafas oladi. Unda ham o`sish , rivojlanish bor. Ona embrionida suv 97 foizni tashkil etadi. Bola shu suv ichida rivojlanib, nafas oladi. Gidrosferadagi suvning 97 foizi sho`r, faqat 3 foizi chuchuk suvdir. Shu 3 foiz suvning 2 foizi muz, 1 foizi toza suv. Ana shu bir foiz chuchuk suv yerdagi eng noyob mineral hisoblanib, uni o`rnini bosuvchi bironta modda yo`q.
Uni isrof qilmang. Ariqlarga axlatlarni tashlamang.