Darsniug borishi: O'quvchilardan uy vazifasi bajarilgan daftarini ochib qo'yish so'raladi.O'quvchi
qator oralab yurib, ularni ko'zdan kechiradi.
O'tilganlarni takrorlash va o'quvchilarni baholash uchun sinfga umumiy savollar beriladi.
Masalan:
1. Fizik tushuncha va fizik kattalik orasida qanday farq bor?
2. O'lchash deb nimaga aytiladi?
3. O'lchash aniqligi deyilganda nimani tushunasiz?
Shu kabi savollarga javob berish uchun taklif etilgan o'quvchilar uyda bajargan o'lchashlaridan foydalanishlari taklif etiladi. Bunda o'quvchining bevosita uy vazifasining sifati hamda bu boradagi bilimi tekshiriladi.
Yangi mavzuni o'rganishga kirishishda o'quvchilarning hayotiy tajribasida mexanik harakat haqida tasavvurlari borligini hisobga olish kerak. Matematika darslarida harakatga doir "yo'l bosib o'tdi", "1 soat harakatlandi" degan tushunchalar ishlatilgan. Shularni hisobga olib, tajriba ko'rsatish shartmikan deb o'ylash noto'g'ri. Chunki matematik masalada harakatga doir eng muhim tomonlar: harakatning nisbiy ekanligi, trayektoriya, tekis va notekis harakatlar hisobga olinmaydi. Mexanik harakat to'g'risida tushuncha berishda, uni o'rganishning ahamiyati kattaligiga o'quvchilar e'tibori jalb qilinadi. Transport harakati, suvning oqishi, sayyoralar harakati va h.k.
O'yinchoq mashina yoki blokka osilgan yuk harakati ko'rsatilganda ular yoniga qo'zg'almaydigan buyumlar qo'yiladi. Mashinaning shu buyumga nisbatan fazoda joylashgan o'rni vaqt o'tishi bilan o'zgarishi ko'rsatiladi.
Tajribalarni boshqa jismlar bilan yoki boshqacha ko'rinishda o'tkazish ham mumkin.
Shunday qilib, mexanik harakatning nisbiyligi o'quvchilar ongiga yetkaziladi. Umuman olganda Oydan turib qaragan kishiga Yerdagi hamma narsa (tog'lar, binolar, dengiz, okean) harakatda bo'lishi o'quvchilarga qiziqarli tuyuladi. Doskadagi bo'r harakatini kuzatish taklif etiladi. U qoldirgan iz orqali trayektoriya tushunchasi kiritiladi. To'g'ri cluziqli va egri chiziqli trayektoriyalarga misollar topishni o'quvchilarga topshirish mumkin. Darsda o'rganilishi kerak bo'ladigan tushunchalardan "moddiy nuqta"ni aniqlash nisbatan qiyinroq kechadi. Buning uchun samolyotdan qaragan kishiga yerda velosiped haydab ketayotgan bola harakati qanday ko'rnishini misol qilib aytish mumkin.
Darsni mustahkamlash uchun harakatlangan turli jismlar qoldirgan izlar (ba'zi hayvonlar, chang'ichi, traktor, osmondagi samolyot qoldirgan va h.k.)ning rasmiga qarab, iz egasini tanish va trayektoriya turini topish tavsiya qilinishi mumkin.
O'quvchilani baholash uchun qisqa muddatli "savol-javob" o'tkaziladi. Bunda jarayon hodisaning mohiyati bir qancha bo'laklarga bo'linib ular savollarga qisqa javoblar shaklida ochiladi. Savollarga "Ha" yoki "yo'q" deb javob beriladiganlari aytilmagani ma'qul. Savollardan namunalar:
1. Mexanik harakat ta'rifini ayting.
2. Trayektoriya deb nimaga aytiladi?
3. Moddiy nuqta bo'lish shartlarini sanab ko'rsating.
4. Harakatlanayotgan vagon tokchasidagi buyum nimaga nisbatan
harakatsiz?
5. Trayektoriyaga qarab nimani aniqlash mumkin?
Yangi mavzuda vaqt tushunchasining ma'nosini o'quvchilar tushunishi qiyin-roq. Lekin ular vaqtning o'lchov birligi haqida tasavvurga ega. Bunda tushuncha faqat takrorlanadi xolos. Dastlab vaqtning o'lchov birligini Yerning o'z o'qi atrofida yoki Quyosh atrofida aylanishi bilan bog'laganlar. Lekin ular oz bo'lsada o'zgarib turadi. Masalan: 1872-yildan 1903-yilgacha sutkaning davomiyligi 0,007 s ga ortgan bo'lsa, 1903-yildan 1934-yilgacha 0,005 s ga kamaygan. Shu sababli olimlar vaqtni o'lchashning boshqa usullarini o'ylab topganligi va u bilan yuqori sinflarda tanishishlari aytiladi.
Shundan so'ng navbatdagi fizik kattalik: bosib o'tilgan yo'l tushunchasi kiritiladi. Bosib o'tilgan yo'l - bu trayektoriya uzunligidir. Bunda yo'l va vaqtni harflar bilan belgilashga kelishib olinganligi aytiladi. Yo'lni o'lchash uchun ishlatiladigan birliklar kilometr, metr, detsimetr, santimetr haqida tushuncha beriladi. 6-sinfda ko'chish haqida ma'lumot berilmaydi.