67
ishlamasligi tufayli drossel qopqog‘i birdaniga ochilganda dvigatel
bo‘g‘ilib ishlashi, yonilg‘i va havo tozalagichlarining ifloslanishi,
kalibrlangan teshik va jiklyorlar o‘tkazuvchanlik qobiliyatining
o‘zgarishi, salt yurish jiklyorlarining ifloslanishi, ignali klapan
jipsligining buzilishi, qalqovichli kamerada yonilg‘i sathining o‘zgarishi,
yonilg‘i nasosidagi diafragmaning teshilishi, prujina elastikligining
yo‘qolishi.
Karburator, yonilg‘i nasosi va alohida elementlarning ko‘zga
tashlanmaydigan nosozliklari jihozlar yordamida va avtomobilni
yurgazib sinash yo‘li bilan hamda ular avtomobildan yechilganda
bo‘laklarga ajratilib, ustaxonadagi sinash jihozlari yordamida aniqlanadi.
Dizel dvigatellari ta’minot tizimi nosozliklari.
Dizel
dvigatellari
ta’minot tizimiga avtomobillar asosiy nosozliklarining 9% to‘g‘ri keladi.
Bularga yuqori bosim yonilg‘i nasosi va injektor jipsligining buzilishi,
havo va yonilg‘i filtrlarining kirlanishi, plunjer juftining yeyilishi va
sozligining buzilishi, injektor purkash teshigini qurum bosib qolishi,
yonilg‘i purkashni boshlash vaqtining o‘zgarishi misol bo‘la oladi. Bu
nosozliklar yonilg‘i nasoslarining bir maromda ishlamasligiga, ya’ni
ularning ishlab chiqarish qobiliyatiga va yonilg‘ini purkash sifatining
pasayishiga, bu esa, o‘z navbatida dvigatelning
tutab ishlashiga va
quvvatining 3
…
5% ga kamayishiga sabab bo‘ladi.
Tizimning nosozligi va ishlamay qolishining tashqi belgilari
(alomatlari) uni ishga tushirishning qiyinlashishi, notekis, qattiq to‘qillab
ishlashi, tutashi, quvvatining kamayishi va yonilg‘i sarfining ortib ketishi
kabilardan iborat.
Dvigatelni ishga tushirishning qiyinlashishiga asosiy sabab –
yonilg‘ining yonish kamerasiga kam miqdorda uzatilishidir. Tizimga
havo kirib qolishi, filtrlovchi elementlarning ifloslanishi,
past yoki
yuqori bosimli yonilg‘i nasosi(YUBYON) nosozligi, plunjer juftining
yeyilishi oqibatida bosimning kamayishi va injektor purkagichi kallagi
teshigining yeyilishi yoki uni qurum to‘sib qolishi natijasida yonilg‘inig
purkalishi yomonlashadi.
Dvigatelning turg‘un ishlamasligi(tirsakli
val aylanishlar sonining
kamligida) ta’minlash tizimiga havo so‘rilib qolishi, yonilg‘i nasosi
seksiyalaridan yonilg‘i notekis yetkazilib berilishi va injektor holatining
nosozligidan kelib chiqadi. Dvigatelning tutab (qora tutun chiqarib)
ishlashi sabablari: YUBYON dan yonilg‘ining erta yoki kech yetkazib
berilishi sababli to‘la yonmasligi, injektorning purkash teshigining
68
kengayishi yoki kirlanishi natijasida purkash bosimining kamayishi,
yonilg‘ining kech yetkazib berilishi, injektordan
sizib oqishi, havo
filtrining kirlanishi, purkash teshigining qurum bosib ketishi natijasida
purkashning
yomonlashishi, yonilg‘ida suv to‘planib qolishi.
Dvigatel quvvatining kamayishi ta’minlash tizimiga havo so‘rilib
qolishi, havo filtrining ifloslanishi, yonilg‘ining yetarli miqdorda
yetkazib berilmasligi, purkash burchagi sozligining buzilishi, injektordan
yonilg‘i purkalishining yomonlashishi, YUBYON dan yonilg‘ini notekis
va kam yetkazib berilishi, kompressiyaning kam bo‘lishi hamda tegishli
(belgilangan) yonilg‘idan foydalanmaslik sabablidir.
Do'stlaringiz bilan baham: