7. Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohtlarning inson qadr qimmatini yuksaltirishdagi roli qanday?
Yangi O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashdir.
Konstitusiyamizda belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Insonni ulug‘lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish Konstitusiyaning asosiy g‘oyasiga aylantirilgan.
Zero, shaxsning sha’ni va qadr-qimmati, uning hayoti va sog‘lig‘i yoki shaxsiy erkinligi takrorlanmaydigan boylikdir.
Konstitusiyamizning 26-moddasida, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat prosessual kodeksining “Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish” deb nomlanuvchi 17-moddasida sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shartligi hamda hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi kabi qoidalar o‘z ifodasini topgan.
Inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar oshkor bo‘lishiga olib keladigan, sog‘ligini xavf ostiga qo‘yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy yoki ma’naviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish ta’qiqlanishi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsipining mohiyatini tashkil qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 130-I-sonli “1984 yil 10 dekabrdagi Qiynoqlarga solishga va muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvesiyaga qo‘shilish haqida”gi qaroriga muvofiq qo‘shilgan.
O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 70 ta asosiy hujjatga qo‘shilgan, BMT tomonidan qabul qilingan 10 ta xalqaro shartnomaning bevosita ishtirokchisidir. Milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga xalqaro standartlarni tizimli va bosqichma-bosqich implementasiya qilishning o‘z modeli, insonning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi monitoringi milliy tizimi shakllantirildi (manba: uza.uz).
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida potensial ahamiyatga ega islohotlar amalga oshirilsada, tizimlar faoliyatida kuch ishlatish, zo‘ravonlik holatlari ham uchrab turmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish lozimki, inson, uning huquq va erkinliklari hamma narsadan ustunligini ta’minlashda, sud-tergov faoliyatida fuqarolarning qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqlarga uchrashlarini oldini olishdagi muhim tizim bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |