Ikkinchi mutaxassislik 191-mig‘ Kuryazova Madina. Ta’limda axborot texnologiyalari 5-seminar mashg‘uloti


Inson manfaatlari milliy g‘oyada qanday aks etgan?



Download 39,3 Kb.
bet3/5
Sana20.07.2022
Hajmi39,3 Kb.
#826939
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu

Inson manfaatlari milliy g‘oyada qanday aks etgan?

Inson huquqlari muammosi hozirgi zamonning eng biri bo’lib, davlatning demokratik taraqqiyotini ko’rsatuvchi muhim mezon bo’lib xizmat qiladi. Inson huquqlari va erkinliklari g’oyasi asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Bu g’oya rivojiga ko’plab mutafakkirlar o’z hissalarini qo’shganlar. Shu ma’noda ham inson huquq va erkinliklari butun insoniyat umumiy ma’naviy-huquqiy merosining ajralmas tarkibiy qismi va qadriyatidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Inson huquqlari va demokratiya O’zbekistonning milliy va davlat manfaatlariga, xalqning erksevar milliy tafakkur tarzi va ruhiyatiga to’la mos keladi”. Davlat mustaqilligiga erishish O’zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot, siyosiy, madaniy va ma'naviy yangilanishning ulkan istiqbollarini ochib berdi. O’zbekiston Respublikasida rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakillantirish, huquqiy davlat qurishning asosini respublikaning o’ziga hos xususiyatlari, xalq an'analarini hisobga olish va o’z rivojlanish yo’liga qat'iy va izchil amal qilish tashkil etadi.


6. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi nimalarda o‘z ifodasini topgan?
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huqukdariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquklari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.
O’zbekiston Respublikasi o’zining ichki va tashqi siyosatida BMT ning ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan “Inson huquq va erkinliklarining universalligi” talablariga qat’iy rioya etib, ular himoyasi barcha davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning aksariyatini BMT ning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi.
Universal maqomdagi hujjatlardan tashqari, inson huquqlarini ta’minlash va himoyalashning mintaqaviy tizimlari faol shakillantirmoqda.
Bugungi kunda Yevropa, Amerika va Afrika tizimlari mintaqada inson huquqlarini ta’minlashning ko’proq rivojlangan tizimi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi hozir inson huquq va erkinliklarini himoyalash sohasidagi 60 dan ortiq xalqaro-huquqiy hujjatlarga qo’shilgan.
Inson huquqlari-inson shaxsi va turmushining tarkibiy qismi. Odatda, inson huquqlarining uch bo’g’ini bir-biridan farqlanadi: fuqarolik va siyosiy huquqlari; yashash huquqi, qiynoqqa solishning, adolatli sudlov huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, fikr va so’z erkinligi huquqi, uyushmalarga birlashish huquqi va boshqalar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; bilim olish huquqi, mehnat qilish huquqi, ijtimoiy ta’minot olish huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va uchinchi bo’g’in huquqi, deb ataluvchilar (tinchlikda bo’lgan huquq, rivojlanishga bo’lgan huquq va h. k).
Mazkur qoida O’zbekiston qonun hujjatlarining butun bir tizimida mustahkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari-nafaqa oluvchilar, nogironlar, talabalar, bolalar, urush va mehnat faxriylariga qonunga binoan biror-bir imtiyozlar berilishi mumkin. Belgilangan imtiyozlar ijtimoiy adolat va qonun oldida tenglik prinsiplariga asoslanishi darkor.
Jamiyatda shaxsning tutgan o’rni, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda burchlari konstitutsiyaviy huquq normalarida o’z ifodasini topadi. Inson va jamiyat, shaxs va davlat munosabatlaridagi qator muammolar yechimini topishda, avvalambor huququy holatiga qanchalik yondashilganligi kata ahamiyatga ega. Shaxsning huquqiy holatining asoslari, uning tarkibiy qismlari har bir taraqqiy etgan mamlakatlar konstitutsiyalari, konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlarida mustahkamlab qo’yilgan.
Har bir shaxs jamiyat a’zosi sifatida namoyon bo’lar ekan, shu jamiyat va uning a’zolari
oldida ma’lum mas’uliyatlarni o’z bo’yniga oladi. Chunki shu jamiyat a’zosi sifatidagina u ma’lum mavqeiga ega ekan, shu sababli jamiyatning faol a’zosiga aylanishi lozim. 
Jamiyat o’z navbatida davlat bilan ham ma’lum munosabatlar o’rnatadiki, bunday munosabatlarning eng yuqori ko’rinishi, o’zining har bir a’zosining huquq va erkinliklari davlat tomonidan himoya qilinishi, himoya qilinishining muammosini qanchalik darajada hal qilinganligi bilan ifodalanadi.
Davlat jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlari tartibga solib borish vazifasini amalga oshirishda huquqiy vositalardan qanchalik mohirona foydalana olsa, jamiyat hayoti ham shunchalik erkin muhitga ega bo’ladi.
Shaxsning huquqiy holati asosan ikki mezon asosida belgilanadi. Birinchidan, shaxsning jamiyat a’zosi sifatidagi munosabatlarida, ikkinchidan, shaxsning muayyan davlat bilan yuzaga keladigan munosabatlar asosida.
Shaxs huquqiy holatini belgilovchi, ya’ni shaxsning tartibga solinishi jamiyatda amalda bo’lgan ijtimoiy normalar ta’sirida yuzaga keladi. Bunda urf-odat, odob-axloq normalarining, jamiyatda mavjud va shakllanayotgan an’analarning alohida o’rni mavjud. Shunga qaramay, ijtimoiy normalar shaxsning huquqiy holatiga salmoqli ta’sir o’tkazmaydi. 
Shaxs bilan davlat o’tasidagi munosabatlar hujjatlar bilan tartibga solinadi. Davlat mavjud bo’lgan barcha huquq sohalarining vazifasi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’lsada, eng asosiy tomoni-konstitutsiyaviy huquq sohasi asosida shaxsning huquqiy holatiga ma’lum baho berish mumkin.
Shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi qator omillar mavjudki, ular bevosita shaxsning jamiyat va davlat bilan bo’lgan munosabatlarida ko’rinadi.
Avvalambor shaxsning muayyan davlat bilan uzviy huquqiy munosabatda bo’lishi, ya’ni 
shu davlat fuqaroligiga ega bo’lishlikning o’zi alohida huquqiy holatni belgilab beradi. 
Fuqaroligi bo’lmagan, ya’ni hech bir davlat fuqaroligini olmagan shaxslarning huquqiy holati muayyan davlat alohida holatda bo’ladi.
Ikki fuqarolikka yoki ko’p fuqarolikka ega bo’lgan shaxslarning huquqiy holati ham ma’lum munosabatlarda o’zgacha holat kasb etadi. Demak, fuqarolik, fuqarolikka ega bo’lmaslik, ko’p fuqarolik masalalari shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi omildir. 
Ikkinchidan, shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri, shaxsning ma’lum yoshga to’lishi va natijada muomala layoqatiga ega bo’lishi hisoblanadi.
Huquqiy layoqatga ega bo’lish ham alohida ahamiyat kasb etadi, ya’ni o’z hatti-
harakatiga ongli ravishda yondasha olishlik lozim.
O’zbekiston qonunlari bilan inson huquq va erkinliklarini davlat tomonidan qonuniy cheklashlarga qo’yiladigan aniq talablar quyidagicha belgilangan:
1. faqat qonunga asoslanish; 
2. boshqalarning huquq va erkinliklarini hurmatlash, axloq talablarini, demokratik jamiyatda jamoat tartibi va ijtimoiy farovonlik talablarini qondirish maqsadlarida amalga oshirish. Shu bilan birga huquq va erkinliklarni cheklashga favqulotda hollardagina yo’l qo’yiladi.

Download 39,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish