Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va sssrning urushga kirishi


O‘zbekistonlik jangchilarning g‘alabaga qo‘shgan hissasi



Download 237,88 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2022
Hajmi237,88 Kb.
#676280
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi 5190452395

O‘zbekistonlik jangchilarning g‘alabaga qo‘shgan hissasi.

Urushning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston harbiy komissarligiga ko‘plab arizalar tusha boshladi. 32 ming kishi frontga jo‘natishni so‘rab ariza berdi.
Respublikada ayni vaqtda armiya uchun jangovor rezerv tayyorlash ommaviy mudoofaa ishlarini tashkil etish sohasida shoshilinch choralar ko‘rildi O‘n minglab yigit­qizlar Osoviaxim va umumiy harbiy ta’limni egallashga kirishdi. Bu sohada front uchun jangovar rezerv va qo‘mondonlik kadrlarini tayyorlashga bel bog‘lagan Markaziy Osiyo harbiy okrugi katta rol o‘ynay boshladi. Bu erda 1941 yilning noyabridan 1942 yilning martigacha bo‘lgan davr ichida 14 milliy diviziya va brigada tuzildi, shu jumladan 9 o‘qchi batalon va 6 otliq diviziya tashkil etildi.
O‘zbekistonlik jangchilar frontlarda misli ko‘rilmagan qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. 12 ming o‘zbekistonlik jangovar orden va medallar bilan mukofotlandi. Ular orasida 338 kishi qahramonlik unvoniga sazovor bo‘ldi, 53 kishi «SHuhrat» ordeni bilan taqdirlandi. Jumladan, Brest qal’asini mudofaa qilishda O‘zbekistonlik Doniyor Abdullaev, A. Xojiboev, A. Aliev, N. Siddiqov, A. Abdullaev, E. YA. Lise, F. A. Laenkov, Agamirza Aliev, Rahimboy Arslonov, Tursun Xidirov, Nurim Siddiqov va ko‘pgina boshqa jangchilar alohida o‘rnak ko‘rsatdilar.
O‘zbekistonlik jangchilar Moskva himoyachilari safida, mashhur Panfilov diviziyasi safida, Shuningdek boshqa harbiy qism va qizil Armiya bo‘linmalarida qahramonlik namunalari bilan ibrat bo‘ldilar. Panfilov diviziyasida Toshkent piyodalar bilim yurtining 180 dan ortiq tarbiyalanuvchisi bor edi. Moskva ostonalaridagi jangda g‘ulom Abdukarimov Panfilov diviziyasi meditsina-sanitariya batalonining bosh jarrohi sifatida xizmat qildi. 1941 yilning 17-18 noyabr kunlaridagi og‘ir mudofaa janglarida u 120 tankchini operatsiya qildi va hayotini saqlab qoldi. Unga do‘sti Zarif Ibrohimov ko‘maklashdi. Panfilov diviziyasi tarkibida leytenantlar Pilyugin,M. Madaminov, A. Tog‘aev, M. V. Valitov va ko‘pgina boshqa hamyurtlarimiz janglarda qatnashdilar
1 va 2-otliq korpuslarning jangchilari juda katta shuhratga sazovar bo‘ldilar. Bu korpuslarda juda ko‘p yurtdoshlarimiz bor edi. Ular orasida Moskva ostonalarida jasorat namunalarini ko‘rsatgan pulemyotchi Toji Sharafiddinov, serjant Jumaboy Ortiqov, sapyor Xoldor Ashirov, otliq Askar Abdurahmon Boqiev, tank pulemyoti hisobchi merganlari komandiri Sulton Jo‘raev, pulemyotchi Komil Karimov, san instruktor Abdullajon Zulfiqorov, artilleriyachi Abdusattor Rahimov (Namanganlik qahramon) bor edi.
Moskva ostonalaridagi janglarda O‘zbekistondan borgan 21- otliq diviziya ham faol qatnashdi. A’lo harakatlari uchun bu dhiviziya 14-otliq gvardiya diviziyasiga, O‘zbekistonda tuzilgan 258-o‘qchi diviziya 12-gvardiya o‘qchi diviziyasiga aylantirildi.
Frontlarda qatnashgan jangchilar orasida o‘zbek xalqining xotin­qizlari ham bor edi. Ular haqida so‘z yuritganda birinchi navbatda Zebo g‘anievani tilga olish kerak. Bu jangovar mukofatlar sohibasi, qo‘shiq va hikoyalar qahramoni, mergan razvedkachi, filolog, raqqosa, aktrisaning nomi bilan hozirda ashula va raqs ansabli atalgan.
O‘zbekistonlik jangchilar Stalingrad janglarida ham mardonavor jang qildilar. Mashhur Pavlov uyini himoyalashda o‘zbek yigiti Turg‘unov ham qatnashgan edi. Katta serjant O‘lmas Usmonov jasorat ko‘rsatdi. U granata bilan o‘zini tank ostiga tashlab, uni portlatib yubordi. Stalingrad ostonasida Toshkent pedagogikak institutining talabasi Elena Stempkovskaya mardlarcha halok bo‘ldi. Unga o‘limidan so‘ng qahramon unvoni berildi. 2738 O‘zbekistonlik jangchi «Stalingrad ozodligi uchun» medali bilan mukofotlandi. Kurs janglarida yurtimizda tuzilgan harbiy bo‘linmalar faol jang qildilar. Ular orasida 162-Markaziy Osiyo Novgorod Shimoliy qizil bayroqli o‘qchi diviziya bor edi. Oryol shahrini ozod qilishda Farg‘onalik paxtakor, pulemyotchi Ahmadjon Shukurov qahramonlik ko‘rsatdi. Ana shu jangchimiz sharafiga Zolotorevka qishlog‘i Shukurovka deb atala boshlandi. Dneprni kechib o‘tishda (1943 yil, sentyabrida)o‘zbekistonlik jangchilardan 100 ga yaqini qahramon bo‘ldi, ular orasida T. Mirzaev, V.Nabiev, D.Usmonov, A.Qurbonov, F. Yo‘ldoshev, P.M.Rjevskiy, A.Uzoqov, N.A. Saraev va boshqalar bor edi.
O‘zbekistonlik jangchilar Belorussiyani ozod qilishda (1944 yil iyulidagi Bagration operatsiyasi)da ham qatnashdilar. Fashizm ustidan g‘alabani ta’minlashda, bosib olingan hududlarni ozod qilishda partizanlar partizanlar harakati juda katta rol o‘ynadi. Yirik partizan kuchlari shimolda, Ukraina g‘arbi va g‘arbi­janubida, Leningrad, Smolensk, Oryol oblastlarida, qrimda harakat qildi. Umuman urush yillarida dukshman ortida 6200 dan ziyod partizan otryadlari va yashirin guruhlar ish olib bordi. Ular safida 1 mln dan ortiq turli millat jangchilari dushmanga qarshi kurashdi. Partizanlar orasida yuzlab o‘zbekistonlik yigit­qizlar jang qildi. Ulardan M. Topivoldiev, D. Abduraimov, D.Qosimov, T. Ismoilov, S. Fayziev va ko‘pgina boshqa yurtdoshlarimiz o‘rnak bo‘ldilar.
Mamadali Topivoldiev va uning 60 kishidan iborat otryadining dushman orqasida ko‘rsatgan mardlik namunalari butun front bo‘ylab ovoza bo‘lib ketgan. Hozirda Belorusiyadagi Pisareva qishlog‘i Topiboldievka deb ataladigan bo‘lgan. Ko‘chalar, maktablar uning nomi bilan atalgan.
1944 yilning ikkinchi yarmidan Yevropa gitlerchi bosqinchilardan ozod qilina boshlandi. Polshani ozod qilish uchun olib borilgan janglarda, Gdansk shahrini shturm qilish vaqtida gvardiya general­mayor Sobir Rahimov og‘ir yarador bo‘lgan edi. U xushiga kelmasdan, 1945 yilning 26 martida halok bo‘ldi.
General S. Rahimov 1941 yilning iyulidanoq g‘arbiy frontda bo‘lgan janglarda mayor unvoniga ega bo‘lgan va qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan edi. Urush yillarida u polk komandiri muovinligidan, gvardiya diviziyasi komandirigacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. General S. Rahimov juda katta izzat va hurmatga ega edi. To‘rt karra qizil Bayroq ordeni, II darajali Suvorov ordeni, qizil Yulduz ordeni, bir qancha medallar bilan mukofotlangan edi. O‘n marta yarador bo‘lgan general g‘alaba kunigacha etib kela olmadi. General Sobir Rahimov xoki solingan g‘aladon Toshkentga oglib kelindi va harbiylarcha shon-sharaf bilan qardoshlik qabristoniga dafn etildi. Generalga o‘limidan so‘ng Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi. Hozirda Toshkentning yirik tumanlaridan biri uning nomi bilan atalmoqda.
Yevropani fashizmdan qutqarish uchun olib borilgan janglarda respublikamizning juda ko‘p jangchilari faol qatnashdilar. Birgina «Belgradni ozod qilganligi uchun» medali bilan 664 kishi taqdirlandi CHexoslavakiyani ozod etish uchun olib borilgan jangovor harakatlarda ko‘rsatgan mardligi uchun o‘qchi rota komandiri, gvardiya katta leytenanti Farg‘onalik Amirali Saidbekov qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi. Dushmanning oxirgi guruhlarini tor-mor etish va Berlinni bosib olishda qahramonlardan B.D. Boboev, S. Umarov,A. A. Golubenko, P. Nurpaisov, «Shuhrat» ordenining to‘liq sohibi A. Tuxmakov va boshqalar qatnashdilar.
1945 yil 8 mayida gitlerchilar Germaniyasi taslim bo‘lgani haqidagi aktni imzoladi. Fashistlar Germaniyasi taslim bo‘lgani haqidagi bu hujjatni Toshkentlik uchuvchi Abdusamad Toymetov o‘z jangovor do‘stlari bilan Berlindan Moskvaga olib keldi.
9 mayda dushmanning Chexoslovakiyadagi oxirgi guruhlari taslim bo‘ldi. Gitlerchilar Germaniyasiga qarshi urush shu tariqa yakun topdi. Ammo fashistlar Germaniyasini tor-mor etish bilan ikkinchi jahon urushi hali tugamagan edi. Urush Tinch okeani havzasida davom ettirildi va militaristik Yaponiyaga qarshi qaratildi. Butun dunyoda tinchlik o‘rnatish manfaatlari urushning bu o‘chog‘ini tezroq tugatishni talab etar edi. Nihoyat o‘sha kun ham etib keldi. 1945 yilning 2 sentyabrida Yaponiyaning taslim bo‘lishi ikkinchi jahon urushining tugaganligini bildirdi.

11-MAVZU: IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEK XALKINING FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABAGA QO‘SHGAN HISSASI



Download 237,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish