Myunxen kelishuvidan keyin ikkita frontda urush olib borishni istamagan SSSR bilan Germaniya manfaatlari vaqtincha mos tushdi.
Bu 1939-yil 23-avgustda 10 yil muddatga o‘zaro urush qilmaslik to‘g‘risida Sovet-German paktining (Molotov – Ribbentrop pakti) imzolanishiga olib keldi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi.
1939-yil 1-sentabr kuni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi va 1945-yil
2-sentabrgacha davom etdi.
Sovet rahbarlari paytdan foydalanib qoldi. 1939-yil 17-sentabr kuni Polshaga sovet qo‘shinlari kiritildi.
Germaniya bilan SSSR o‘rtasida do‘stlik shartnomasi imzolanib, unda Polsha davlati siyosiy xaritadan butunlay o‘chirib tashlandi.
1939 – 1940-yillarda sovet – fin urushi bo‘lib o‘tdi.
Sovetlar juda katta yo‘qotishlar evaziga Kareliyani Viborg shahri bilan birga SSSR tarkibiga qo‘shib oldi.