Ikkinchi jahon urushi reja



Download 66 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi66 Kb.
#19060

Aim.uz

Ikkinchi jahon urushi

REJA:

  1. Ikkinchi jahon urushi haqida

  2. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi

  3. G'arbiy frontdagi ahvol

  4. Sovet davlati hududining yanada kengayishi

  5. Buyuk Britaniyaga qarshi harbiy harakatlar

  6. Shimoliy Afrikada urush harakatlari

  7. Bolqondagi urush harakatlari. Fashistlarning yangi tartibi

  8. Sovetlarga qarshi urushning boshlanishi

  9. Yaponiyaning urushga kirishi

  10. Fashistlarga qarshi koalitsiyaning vujudga kelishi

  11. Urushning borishidagi tub burilish

  12. Antifashistik va milliy ozodlik kurashining kuchayishi

  13. Yevropada ikkinchi frontning ochilishi

  14. Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropaning fashizmdan ozod etilishi

  15. Qrim konferensiyasi

  16. Germaniyaning taslim bo’lishi

  17. Potsdam konferensiyas

  18. Ikkinchi jahon urushining tugashi

  19. Ikkinchi jahon urushining yakunlari

  20. O'zbekistonning fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasi

  21. O'zbekistonlik jangchilarning urush maydonidagi jasoratlari

Ikkinchi jahon urushi 1939-yilning 1-sentabridan T945-yilning 2-sentabrigacha, ya'ni 6 yil davom etdi. Bu urush dunyoning 61 davlatini o'z domiga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Armiya saflariga jami 110 mln. kishi safarbar etildi.

Bu urushda 65—67 mln. kishi halok bo'lgan. Vayrongarchilikdan ko'rilgan zarar va urush xarajati birgalikda 4 trillion dollarni tashkil etdi.

1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga hujum qildi. Bunga javoban Buyuk Britaniya va Fransiya Ger-maniyaga qarshi urush e'lon qildilar va shu tariqa urush boshlanib ketdi.

Xuddi shu kuni Germaniya bilan kelishuvga binoan sovetlarning 200 mingdan ortiq jangchi va zobitlari Polshaga bostirib kirdi hamda 28-sentabr kuni Moskvada Sovet davlati va Germaniya o'rtasida «Do'stlik va chegara to'g'risida» shartnoma imzolandi. Unga ko'ra, mustaqil Polsha davlati tugatildi va bo'lib olindi. Ayni paytda G'arbiy Ukraina va G'arbiy Belorussiya Sovet davlatiga berildi.

1939-yilning 28-sentabrida imzolangan sovet-german shartnomasiga ko'ra, sovet hukumati Boltiqbo'yi respublikalaridan Sovetlar armiyasini bu respublikalarda joylashtirish va o'zaro yordam to'g'risida shartnoma imzolashni talab etdi.

Sovet qo'shinlari Finlandiya armiyasini mag'lubiyatga uchratdi. 1940-yil 12-martda sovet-fm tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra, Kareliya bo'g'ozi Viborg shahri bilan birgalikda Sovet davlatiga o'tdi. Ap-rel oyida Germaniya armiyasi G'arbiy frontda hujumga o'tdi. 9-aprel kuni Daniya va Norvegiya bosib olindi. 14-may kuni Gollandiya, 28-may kuni esa Belgiya taslim bo'ldi. 14-iyunda nemislar Parijni egalladi. 22 iyun kuni Kompen o'rmonida Germaniya va Fransiya o'rtasida yarash bitimi imzolan.

Germaniya Fransiya hududining uchdan ikki qismini okkupatsiya qildi. Parij shahri ham okkupatsiya hududi tarkibida edi.

Dastlab Fransiyaning barcha yirik siyosiy arboblari va mustamlakalar-dagi ma'muriyatlar Peten hukumatini tan olishdi. Faqat u davrda hali mashhur boimagan general de Goll yarash bitimini ham, Peten hukumatini ham tan olmadi. U Buyuk Britaniyaga jo'nab ketdi. U yerda «Erkin Fransiya» harakatini tuzdi va barcha vatanparvar kuchlarni Germaniyaga qarshi kurashga chaqirdi.

Germaniya 1940-yil 15-avgustda harbiy-havo kuchlarini Buyuk Britaniya­ga qarshi tashladi («Dengiz sheri» operatsiyasi). Biroq Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari ham Germaniyanikidan qolishmas edi. Shunday qilib, Germaniya Buyuk Britaniyani mag'lubiyatga uchratishga erisha olmadi. Ayni paytda AQSH Buyuk Britaniyaga yordam bera boshladi.

Italiya 1940-yilning yozida Sharqiy va Shimoliy Afrikadagi dengiz mustamlakalariga qarshi harbiy harakatlar boshladi. Birinchi nishon Somali va Misr bo'ldi. Italiya armiyasi dastlab muvaffaqiyatga erisha boshladi. Biroq 1940-yilning oxiriga kelganda Buyuk Britaniya armiyasi Italiya armiyasi harakatini to'xtata oldi.

1940-yilning 28-oktabrida Italiya Gretsiyaga hujum qildi. 1941-yilning 6-aprelida Germaniya armiyasi Italiyaga yordamga keldi va natijada 17-aprelda Yugoslaviya, 23-aprelda Gretsiya taslim bo'ldi.

Bosib olingan davlatlarda fashistlarning okkupatsiya tartibi o'rnatildi. Fashistlar o'zlarining bu tartibini «yangi tartib» deb atadilar. Yangi tartibga ko'ra, demokratik erkinliklar tugatildi; siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiqlandi.

Buyuk Britaniyani mag'lubiyatga uchratish rejasi barbod bo'lgach, Germaniya endi Sovet davlati-ni bosib olishga qaror qildi. Germaniya allaqachon sovet davlatiga qarshi urush rejasiga ega edi. U tarixga «Barbarossa rejasi» nomi bilan kirgan (Fridrix 1 Barbarossa davlat yerlarini Sharq hisobiga kengaytirish tashkilotchilaridan biri edi).

1940-yilning 27-sentabrida «Uchlar ittifoqi» (Germaniya — Yaponiya — Italiya) shartnomasi tuzildi. Bu shartnoma amalda dunyoni qayta bo'lish shartnomasi edi. Tez orada bu shartnomaga Ruminiya, Vengriya va Bolgariya ham qo'shildi va ular hududiga Germaniya armiyasi joylashtirildi.

Germaniya 1941 -yilning 22-iyunida erta tongda urush e'lon qilmay Sovet davlatiga hujum qildi. Shu tariqa, Sovet-Germaniya urushi boshlandi (bu urush sovet davri adabiyot-larida «Ulug' Vatan urushi» deb talqin etilgan).

Germaniya dastlab Sovet armiyasiga qaqshatqich zarba bera oldi. Bunga armiyaning 40 mingga yaqin rahbarlar tarkibi repressiya qilinganligi, I. Stalinning Germaniya Buyuk Britaniyaga qarshi urushni tugallamay turib, ikkinchi frontda urush qilolmaydi, degan ishonchi sabab bo'ldi.

1941-yiIning qishiga kelib nemis armiyasi Boltiqbo'yi, Moldova, Ukraina, Belorussiyani egalladi, Leningrad shahrini blokada qildi. Moskvaga esa yaqinlashib qolgan edi.

1941 -yilning 2-iyulida Yaponiya hukumati urush harakatlarini boshlash haqida qaror qabul qildi. 7-dekabr kuni Yaponiya harbiy-dengiz floti aviatsiyasi AQSHning Gavay orollarida joylashgan Pirl-Xarbor buxtasida joylashgan harbiy-dengiz kuchlariga hujum boshladi. Yaponiya harbiy floti va aviatsiyasi AQSH va Buyuk Britaniyaning Filippin orollarida joylashgan kuchlariga ham hujum uyushtirdi. Filippin, Malayziya va Indoneziyaga desant tashladi. Tailandni ham bosib oldi va o'zining navbatdagi hujumini Buyuk Britaniya mustam-lakasi — Birmaga qaratdi.

1942-yil kuzga kelib Sovet davlati, AQSH va Buyuk Britaniya agressor davlatlar Germaniya, Italiya va Yaponiyaga nisbatan 5 baravar ko'p artileriya qurollari va minomyot, 3 baravar ko'p iamolyot va 10 baravar ko'p tank ishlab chiqara boshladilar.

1942-yilning 19-noyabrida mashhur Stalingrad jangi boshlandi. U 1943-yilning 2-fevraligacha davom etdi. Bu jangda Germaniyaning saralangan armiyasi tor-mor etildi. 1943-yilning yozida esa mashhur Kursk jangi bo'lib o'tdi. «Tanklar jangi» nomi bilan tarixga kirgan bu jangda ham Sovet qo'shinlari g'alaba qozondi.

1942-yilning 8-noyabrida Buyuk Britaniya va AQSH Shimoliy Afrikaga (Marokash va Jazoirga) yirik desant tashladi. l943-yil 10-iyul kuni ingliz-amerika armiyasi Italiyaning janubiga tashlandl.

Italiya hukmron doiralari Mussoliniga nisbatan fitna uyushtirdilar. 25-iyul kuni unga nisbatan ishonchsizlik bildirildi va Italiya qirolining buyrug'i bilan u hibsga olindi. 8-sentabr kuni Italiya antifashist ittifoqchilar bilan yarash bitimi imzoladi va urushdan chiqdi. Shunday qilib, Stalingrad, Kursk janglari va Italiyaning taslim bo'lishi ikkinchi jahon urushida tub burilish yasadi.

Ikkinchi front nima va u nega ochilishi kerak edi? Ma'lumki, o'tgan davr ichida Germaniya asosan sovet davlatiga qarshi urush bilan band boidi. Binobarin, Germaniya bir frontda urush olib borardi.

Endi, Germaniya va uning ittifoqchilarfni tezroq tor-mor etish va Yevropada urushni tezroq tugallash uchun fashistlarni bir vaqtning o'zida ikki frontda urush olib borishga majbur etish lozim еdi.

Sovet davlati o'z ittifoqchilari Buyuk Britaniya va AQSH oldiga bunday frontni ochish masalasini 1942-yildayoq qo'ygan edi, biroq ular bu masa-lani turli sabablar bilan orqaga surib keldilar.

1943-yilning 27-noyabr 1 -dekabr kunlari Eron poytaxti Tehron shahrida 3 buyuk davlat rahbarlarining ikkinchi front masalasida konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada F. Ruzvelt, I. Stalin va U. Cherchill qatnashdi. Buyuk Britaniya va AQSH 1944-yilning yozidan kechiktirmay Yevropada ikkinchi frontni ochishga va'da berdilar.

1944-yilning 6-iyunida Buyuk Britaniya va AQSH ning birlashgan qurolli kuchlari AQSH generali Eyzenxauer qo'mondonligida Fransiya hududiga tashlandi. Shu tariqa Yevropada ikkinchi front ochildi.

Germaniya armiyasi orasida Gitlerni yo'qotish tarafdorlari paydo bo'ldi. Ular Gitlerni qurbon berib, Germaniyani halokatdan saqlab qolmoqchi edilar. Shu maqsadda 1944-yiIning 20-iyunida Gitlerga suiqasd uyushtirildi. Biroq Gitler omon qoldi.

Germaniyani butunlay tor-mor etish va ozod fevropada birgalikda siyosat yuritishni kelishib olish maqsadida Sovet davlati, AQSH va Buyuk Britaniya rahbarlari 1945-yilning 4-fevralida Qrim viloyatidagi Yalta shahrida to'plandilar.

Konferensiyada Germaniyani so'zsiz taslim etish, uning qurolli kuchlarini yo'q qilish, harbiy jinoyatchilarni jazoga tortish, fashistlar tashkilotJarini, qonunlari va tartiblarini yo'q qilish, Germaniyani uning agressiyasiga duchor bo'lgan davlatlarga reparatsiya to'lashga majbur etishga kelishib oldilar.

1945-yilning 16-aprel kuni Sovetlar armiyasi ^erlinni qurshab oldi va ishg'ol etishga kirishdi. I Shu tariqa Berlin operatsiyasi boshlandi. Unga lashhur rus sarkardasi G. K. Jukov qo'mondonlik qildi. 25-aprelda Sovet jo'shinlari hujumga o'tdi. 3000 ta projektor hujum qiluvchilarning yo'lini yoritib turdi. Projektor nurlari dushman jangchilari ko'zini qamashtirib yubordi.

30-aprel kuni Germaniya rahbarlari A. Gitler, Gimmler, Gebbelslar o'z jonlariga qasd qildilar. 8 maydan 9 mayga o'tar kechasi Berlin yaqinidagi Karlxorst deb ataladigan binoda Germaniyaning so'zsiz taslim bo'lganligi haqida hujjat imzolandi. Hujjatni g'oliblar — Sovetlar davlati nomidan marshal G. K. Jukov, Buyuk Britaniya nomidan marshal A. Tedder, AQSH nomidan marshal K. Spaats, Fransiya nomidan general J. Delatr de Tassini imzoladilar. Shu tariqa Yevropada urush tugadi.

1945-yilning 17-iyulida Germaniyaning Potsdam shahrida uch buyuk davlatlar rahbarlari (I. Stalin, U. Cherchill, G. Trumen) konferensiyasi ochildi.

Sharqiy Prussiyaning sohil bo'yi Kenisberg shahri bilan birga SSSRga berildi. Qolgan qismi Polshaga o'tkazildi. Polsha va SSSRga o'tgan hududlarda yashovchi 9 mln. dan ortiq nemislar ko'chirildi. Uch davlat ishg'ol etgan hududlarda saqlanayotgan harbiy asirlar almashiniladigan bo'ldi. Germaniya to'laydigan tovon 20 mlrd. dollar miqdorida belgilandi. 9-avgustda esa Shimoliy-Sharqiy Xitoy, Shimoliy Koreya, Janubiy Saxalin va Kurill orollarida joylashgan Yaponiya armiyasiga qarshi hujumga o'tdi. Shu orada Xirosima va Nagasaki shaharlariga AQSH aviatsiyasi atom bombasini tashladi. Bu ikki atom bombasidan 100 mingdan ortiq kishi halok bo'ldi. 400 mingdan ortiq kishi esa radiaktiv nurlandi.

Yaponiya mustamlakachilik imperiyasi quladi va 'aponiyaning taslim bo'lishi bilan ikkinchi jahon urushi ham tugadi.

Ikkinchi jahon urushida 40 davlatning hu-dudida harbiy harakatlar olib borildi. Mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi boshlandi. O'nlab yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Buyuk Britaniya va Fransiya sezilarli darajada zaiflashdi. AQSH esa dunyoning ikki o'ta qudratli davlatidan biri bo'lib qoldi. Sovet daviati ham urush natijasida mislsiz talafotlar ko'rgan bo'lsa-da AQSH kabi dunyoning o'ta qudratli davlatiga aylandi.

Ikkinchi jahon urushi frontlariga O'zbekistondan 1 mln. 433200 kishi safarbar etildi. 1941-yilda respublika aholisi 6,5 mln. kishini tashkil etgani hisobga olinsa, bu katta raqamni tashkil etad. Urushda ishtirok etganlardan 268005 kishi halok bo'ldi, 132670 kishi bedarak yo'qoidi, 60452 kishi esa mayib-majruh bo'lib qoldi. 280 kishi Qahramon unvoniga sazovor bo'ldi.

Foydalanish uchun adabiyotlar:

1. Karimov I.A.O’zbekiston.Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.-1-jild.t: “O’zbekiston”,1996.

2. Karimov I.A.Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. -2-jild.T. “O’zbekiston”,1996.

3. Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.-3-jild.T; “O’zbekiston”, 1996.

4. Karimov I.A.Bunyodkorlik yol’idan.-4-jild.T. “O’zbekiston”, 1996.

5. Karimov I.A.Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi.-5jild.T. “O’zbekiston”,1997.

6. Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.-T. “O’zbekiston”,1998.

7. Karimov I.A.Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida.-T. “O’zbekiston”,1998.

8. Karimov I.A. Biz kelajakni o’z qo’limiz bilan quramiz,--T. “O’zbekiston ”, 1999.

9. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. T: 2000.

10. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farafon hayot pirovard maqsadimiz. 8—jild—T.: “O’zbekiston”, 2000.

11. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’ulmiz. 9—jild.—T. “O’zbekiston”, 2001.

12. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uvhun kurashmoq kerak. 10-jild. T.: “O’zbekiston”, 2002.

13. Lafasov M.F. O’zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalar.-- T. “O’zbekiston”, 1995.

14. Kabirov A. Jahon tarixi ( eng qadimgi davrlardan milodning V asrgacha ) 6—sinf uchun garslik. T.: “O’qituvchi” , 2001.

15. Hidoyatov G.A. Jahon tarixi. 10—sinf uchun darslik. T. “Sharq”, 1999.

16. Hidoyatov G.A. Jahon tarixi. 11—sinf uchun darslik. T.: “Sharq”, 2001.

17. Lafasov M.F.U. Jo’rayev. Jahon tarixi Akademik letseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. T.: “Turon—iqbol” 2005



Aim.uz


Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish