Ikkinchi dars “Аlpоmish ” dоstоnidan parchaning leksik-frazeologik tahlili



Download 72 Kb.
bet2/2
Sana18.02.2022
Hajmi72 Kb.
#451990
1   2
Bog'liq
Tah.o'qish.2-mavzu.2022

Savol va topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing.
2. Notanish so‘zlarni toping va izohlang.
Namuna: tabla – ot bog‘lanadigan joy, otxona; lo‘k – yuk tashiydigan tuya; norcha – yosh erkak tuya; bel – dovon; qaba – tartibsiz, o‘zgaruvchan.
3. Ikkinchi xatboshini husnixat bilan ko‘chiring.
4. Topshiriq. Matnda qo‘llanilgan shevaga xos so‘zlarni toping va ikki ustunda adabiy til varianti bilan yozing.
Namuna: tag‘i yana
kattakanining katta akaning
chechib yechinib…
5. Berilgan parchadan iboralarni toping va daftaringizga husnixat bilan ko‘chiring.
6. “zakot”, “mahram”,eliboy”, “qo‘ra” so‘zlarini sharhlang va ma’nodoshlarini keltiring.
Namuna: Zakot (arab. – tozalanish, sadaqa berish) – mol-mulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson. Islomning besh asosiy talablaridan biri. Shariatga muvofiq muayyan boylikka ega bo‘lgan katta yoshdagi musulmon zakot beradi. Zakot beruvchi kishining mablag‘i o‘zi va qaramog‘idagilarning zaruriy ehtiyojlaridan ortiqcha bo‘lishi lozim. Zakotning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatini chiqarmoqdir.
7. Topshiriq. Quyida berilgan gaplardagi tagiga chizilgan so‘zlarni leksik tahlil qiling.
Kishining moli zakotga yеtsa, zakot bеrsa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot bеrmasa, bul ham baxil ekan.
Leksik tahlil:

  1. So‘zning o‘z yoki o‘zlashgan qatlamga xosligini aniqlang;

  2. So‘zning o‘z yoki ko‘chma ma’nosini aniqlang;

  3. So‘zning bir yoki ko‘p ma’nolik xususiyatini aniqlang;

  4. So‘zning omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlarini aniqlang;

  5. So‘zning qaysi uslubga xosligi belgilang;

8. Topshiriq. Quyida berilgan matndagi iboralarni toping va frazeologik tahlil qiling.
“Biz akangdan kеlgan zakotchi bo‘lamiz, bugun bizlar sеning molingni zakot qilamiz. “Zakot qilinglar, bеrsa, zakotini olib kеlinglar”, dеb yuborgan”, — dеdi. Bu so‘zlarni mahramlardan eshitib, Boysari ko‘ngliga og‘ir olib, aytdi: “Ey, bizning molimiz shu vaqtgacha zakot bo‘lmagan, endi akamiz o‘g‘illi kishi bo‘lib, darrov bizning molimizni zakot qiladigan bo‘libdi-da”. Zakot dеgan gapni eshitib, bu gap botib kеtib, oldidagi o‘zining odamlariga buyurdi:
“Ushla, bachchag‘arlarni!” — dеdi.
Frazeologik tahlil:

  1. Matndan frazeologik birliklar ajratib ko‘rsating.

  2. Iboralarning frazeologik ma’nosi va uslubiy bo‘yog‘ini aniqlang.

  3. Frazeologizmlarning omonimlik, sinonimlik va antonimlik xususiyatlari aniqlang.

9. Matndagi antonim so‘zlarni ajrating.
Namuna:baxil-saxiy, …
10. Quyidagi parchada qo‘llanilgan ko‘chma ma’noli so‘zlarni toping:
Dardli qul dardimni kimga yoraman,
Ayriliq o‘tiga bag‘ri poraman,
Mina elda sig‘indi bo‘p turaman,
O‘z akama qanday zakot bеraman?!
11. Dam shu damdir, o‘zga damni dam dеma,
Boshing eson, davlatingni kam dеma,
Sеn kеtar bo‘lsang Qalmoq yurtiga,
Bul elatni qolar dеb ham g‘am yеma.
Qayga ko‘chsang, bizlar birga boramiz,
Bolalarni jahongashta qilamiz... Jumlalarining ma’nosini izohlang.
12. Dostonda keltirilgan epik qoliplar haqida fikr yuriting.
Epik qoliplar - dostonlarda an’anaviy uslubga xos belgilardan biri — dostondan dostonga ko‘chib yuruvchi, tayyor, qolip holiga kelib qolgan misralar, ikkiliklar, ifodalar—doimiy uslubiy shakllar ham muhim o‘rin tutadi. Masalan: ”Dam shu damdir o‘zga damni dam dema”, ”Kokillarim eshilgandir tol-tol”, “Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘ldimi, so‘lgan gulga bulbul kelib qo‘ndimi”, “Qiyg‘ir degan qush o‘ltirar qiyada”, “Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi, botimi ingratar nayza yarasi”, “Uchqur eding qanotingdan qayrilding, yugrug bo‘lsang tuyog‘ingdan toyrilding”, “Oshiqning fahmidir qorong‘i kecha”, “Yomg‘ir yog‘sa, halqob yerlar loylansin”, “Bahorda ochilgan bog‘ning gulisan”, “Qizil gul ochilar g‘unchadan g‘uncha”.
13. Aka-uka biylarning to‘yda izza qilinishi sababini izohlang. Izza bo‘lgan biylar qanday holatga tushdilar?
14. Zakot voqеasi tasviriga tayanib, Boybo‘ri bilan Boysari munosabatlarini izohlang. Bu aka-ukalarning xaraktеri va ichki dunyosini qanday baholaysiz?
15. Boysarining zakotni noto‘g‘ri tushunishi sababini sharhlang.
16. Yartiboy obrazi sizda qanday taassurot qoldirdi?
17. Doston tasviriga tayanib, eliboy qo‘ng‘irotlarning boyligi haqida qanday tasavvurga ega bo‘ldingiz?
18. O‘z yurtidan Qalmoqqa ko‘chib borayotgan Barchin, umuman, barcha eliboylarning kayfiyati, kеchinmalariga diqqat qiling.
19. Doston avvalida berilgan Dobonbiyning avlod shajarasini qaytib o‘qing, uni chizma shaklida ifodalang. Kattalar ko‘magida o‘zingiz mansub bo‘lgan ajdodlaringiz shajarasini tuzishga harakat qiling.
20. Uyga vazifa. Dostondan parcha yod oling.


Mustaqil ta’lim topshirig’i: O‘zbek xalq topishmoqlaridan 200 ta yod olish
Nazariy topshiriq: Doston janri. Xalq dostonlari va ularning turlari
Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish