Ai
âi
5.1-rasm. RUT qurilmalaridagi signallarning vaqt diagrammalari
Uzatkichda odatda modulyasiyalovchi signal impulslarining kerakli shaklini olish uchun maxsus qurilmalar ko‘zda tutiladi. Bunda kanal simvollari oqimi tashqi polosali nurlanishlar yo‘l qo‘yiladigan qiymatga ega bo‘ladi.
Qabullagichning asosiy elementi demodulyator bo‘lib, u har bir qabul qilinadigan signalni eng yaxshi tarzda baholaydi. Buning uchun qabullash joyida ma’lumm bo‘lgan kanal simvolining shakli emas, balki uning t nomeri muhim. Uzatilgan signalga nisbatan qayta tiklangan signalning kechikishi ham radioto‘lqinlarning o‘zini tarqalishi, ham bu signalarni shakllantirish va ularni ishlov berilishini ta’minlaydigan uzatish tizimi elementlarida elektr signallarni qo‘shimcha kechikishlari bilan shartlanadi.
Uzatish kanalidagi halaqitlarni qabullagich elementlarining issiqlik shovqinlari va tabiy va sun’iy kelib chiqishdagi tashqi nurlanishlar manbalari keltirib chiqaradi. Ayniqsa, tashqi polosali nurlanishlari uzatish tizimining chastotalar polosasiga tushadigan qo‘shni chastotalar kanallarida ishlaydigan uzatkichlarning nurlanishlarini ta’kidlash zarur. Bu halaqitlarni qo‘shni kanal halaqitlari deb atash qabul qilingan.
Zamonaviy RUTlarda tashqi polosali nurlanishlar darajasiga (sathiga) yetarlicha qat’iy talablar qo‘yilgan, ularni raqamli qurilmalar yordamida maxsus ko‘rinishdagi kanal simvollarini murakkab generasiyalash usullarini qo‘llash bilan bajarishga erishiladi. O‘sha chastotada ishlaydigan, lekin boshqa kanal simvollarini ishlatadigan uzatkichlardan ham halaqitlar bo‘lishi mumkin. Bunday halaqitlar ichki tizim halaqitlari deyiladi.
Shovqinlar va halaqitlarning bo‘lishi navbatdagi vaqt intervalida M kanal simvollaridan qaysi biri uzatiliganini haqida qabullagichga to‘g‘ri yechimlarni qabul qilishni qiyinlashtiradi. Halaqitlarning past sathida va katta signal-shovqin nisbatida qabullagichning demodulyatori juda kam xato qiladi, ya’ni bitta simvolni qabul qilishdagi xatolik ehtimolligi 10–3 va undan kamni tashkil etadi. Natijada RUT katta signal-shovqin nisbatlarda qabullash joyida uzatilgan bitlarning deyarli aniq qayta tiklanishini ta’minlaydi. Bu dastlabki signalning deyarli aniq qayta tiklanishini bildiradi, bu analog uzatish tizimlaridan foydalanishda mumkin emas.
Agar SSHN uncha katta bo‘lmasa, u holda qabullagichning demodulyatori tez-tez xato qiladi, noto‘g‘ri qabul qilingan simvollar paydo bo‘ladi. Raqamli uzatish tizimining sifat xarakteristikasi uchun ko‘p ishlatiladigan foydali parametr bitta simvolni qabul qilishdagi xatolik ehtimolligi hisoblanadi:
rs = R { sn simvol qabul qilindi | sm simvol uzatildi}, n ≠ t , (5.2)
yoki bitga xatolik ehtimolligi hisoblanadi.
rb = R { d qiymatli bit qabul qilindi | ye qiymatli bit uzatildi},
d {0,1}, e {0,l} va d≠e (5.3)
Zamonaviy simsiz aloqa tizimlari uzatiladigan ma’lumotlarning bir bitiga bitta xatolikning bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi, bunda bu holda bitta bitni qabul qilishdagi yo‘l qo‘yiladigan xatolik ehtimolligi 10–3ga teng bo‘ladi. Bunda insonning insonning qulog‘i abonentning tovushini identifikasiyalay oladi, ya’ni eshituvchi so‘zlovchini taniydi. Shu bilan bir vaqtda ko‘plab axborot tizimlari uzatishda faqat 100 000 000 bitga bitta xatolikka, ya’ni rb = 10–8 ga yo‘l qo‘yilishi bilan raqamli tizimlarga sezilarli qat’iy talablarni qo‘yadi.
Yuqorida ta’kidalanganidek, modulyasiyalovchi (manipulyasiyalovchi) ssignalning M darajalari (sathlari) soniga bog‘liq ravishda ikki sathli (ikkilik) va ko‘p sathli manipulyasiyalashga bo‘linadi.
Raqamli radiokanalning umumlashtirilgan tuzilish sxemasi 5.2-rasmda keltirilgan.
5.2-rasm. Raqamli radiokanalning umumlashtirilgan tuzilish sxemasi
Bu yerda quyidagi belgilashlar qabul qilingan:
U(t) – uzatiladigan raqamli signalning kuchlanishi;
KD –modulyatorning koderi;
UM – modulyasiyalash qurilmasi;
D – detektor;
R – regenerator;
DK – demodulyasiyalash qurilmasi;
V(t) – qayta kodlangan raqamli signal.
RUTda qo‘llaniladigan ko‘plab manipulyasiyalash turlari uchun uzatiladigan dastlabki U(t) ikkilik signaldan tuzilmasi bo‘yicha farqlanadigan V(t) manipulyasiyalovchi signallarni ishlatish zarur bo‘ladi. Bunday qayta kodlash uchun modulyator koderi, teskari o‘zgartirish uchun esa demodulyator dekoderi ishlatiladi. Boshqa qurilmalarni ishlatilishi tushuntirishni talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |