Ikkilamchi tirqishdagi yorug‘likning difraktsiyasi. VideoCom yordamida qayd qilish va natijalarni tahlil qilish. Labоratоriya ishi Mavzu


VideoCom bilan intensivlik taqsimotini qayd qilish



Download 0,49 Mb.
bet2/4
Sana15.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#673403
1   2   3   4
Bog'liq
2 5195265825052825121

VideoCom bilan intensivlik taqsimotini qayd qilish
Tajribada di fraks ion tasvi rn i ng intensivlik taqsimoti I(α) VideoCom ning bir satrli ZBA kamerasi yordamida qayd qilinadi. Bunda difraksion tasvir 2048 pikselga ega bo‘lgan ZBAda (ZBA: zaryad bog‘lanishli asbob) aks etadi va ketmaketli interfeys orqali kompyuterga uzatiladi. VideoCom bilan bog‘langan kompyuter dasturi intensivlik taqsimotini I (α) ko‘rsatadi va bu esa (IV) tenglamaga asosan nazariya bo‘yicha kutilgan intensivlik taqsimoti bilan uni tez
va bevosita taqqoslashga imkon beradi.
Eslatma: Yustirovka bir oz qorong‘ulashtirilgan xonada bajarilishi kerak. Butun tajriba qurilmasi Rasm.2 da tasvirlangan. Fokus masofasi f = +5 mm bo‘lgan sferik linza L qutblangan lazer nurining kengayishini ta’minlaydi. Fokus masofasi f = +50mm bo‘lgan keyingi yig‘uvchi linza L1 shunday joylashtirilganki, uning markazi sferik linza markazidan bir oz pastda. Bu bilan lazer nuri bir oz kengayadi va optik o‘q bo‘yicha deyarli parallel tarqaladi. Prujinali qisqichli tutgichdagi H fokus masofasi f = +500 mm bo‘lgan yig‘uvchi linza L3 ortidagi VideoCom ning ZBA si namunasida yorqin difraksion tasvirni ta’minlaydi. Lazer nurlanishining intensivligi lazer bilan linza L orasidagi polyarizasion filtr P yordamida o‘zgartirilishi mumkin.
Optik qurilma

  • Optik reyderdan foydalanib, geliy-neonli lazerni optik stolga

  • Rasm.2 da keltirilgandek o‘rnating.

  • Shtativ va optik reyder yordamida optik stolning qaramaqarshi tomoni oxiriga

  • VideoCom ni joylashtiring.

  • Lazerni ulang va lazer bilan VideoCom ni shunday yustirovka qilingki, ular aniq optik o‘qda yotsin. Boshqa optik komponentlarni joylashtirishda optik o‘q saqlanishini tekshirib boring.




Rasm.2: Tirqishdan keyingi difraksiyani kuzatish tajriba qurilmasi (yuqorida) va nurning sxematik yo‘li (pastda)

L1: linza f = +5 mm


L2: linza f = +50 mm
L3: linza f = +500 mm
P: polyarizatsion filtr
H: prujinali qisqichli tutgich
S: kuzatish tekisligi (VideoCom ning ZBA kanali)



  • Fokus masofasi f=+5 mm bo‘lgan sferik linzani L1 lazer old tomonidan taxminan 20 sm masofada o‘rnating. ( lazer nuri VideoCom tuynugiga tushishi kerak)

  • Fokus masofasi f=+50 mm bo‘lgan yig‘uvchi linzani L2 sferik linza L1 orqasiga taxminan 6 sm masofada joylashtiring va uni to lazer nurining tasviri VideoCom ning ZBA kanalida keskin bo‘lmaguncha optik stol bo‘ylab, sferik linza L1 tomonga qarab, siljiting.

  • Yig‘uvchi linza L2 ni sferik linza L1 dan to ekrandagi lazer nurining diametri taxminan 6 mm gacha kengaymaguncha siljiting( bunda lazer nuri doimiy aylana kesimga ega bo‘lishi kerak)

  • Linza bilan ekran oralig‘ida nurning diametri doimiy qolishini aniqlash uchun, nur yo‘liga oq varaq tuting va optik o‘q bo‘yicha nurning kesimini tekshiring.

  • Fokus masofasi f=+500 mm bo‘lgan yig‘uvchi linzani L3 nurning yo‘liga VideoCom dan taxminan 50 sm da joylashtiring va uni lazer nurining tasviri VideoCom ning ZBA kanalida keskin bo‘ladigan qilib o‘rnating.

  • Uchta qo‘sh tirqishli diafragma bor prujinali siqib turuvchi tutgichni L2 bilan L3 oralig‘iga nurning yo‘liga joylashtiring.

  • VideoCom faqat kanaldagi intensivlikni o‘lchaydi. Shuning uchun, difraksion tasvir aniq ZBA kanaliga tushayotganini tekshirish kerak. Zarur bo‘lsa, VideoCom balandligini o‘zgartiring.

  • Polyarizasion filtrni P lazer bilan linza L1 oralig‘iga o‘rnating.

Ishning bajarilish tartibi:
a) 3 xil qo‘sh tirqishli diafragmada difraksiya (g = 0,25 mm):



  • F4 bilan eski o‘lchangan qiymatlarni o‘chiring.

  • b=0,10 kenglikdagi qo‘sh tirqish uchun intensivlik taqsimotini I() qayd qiling. Buning ychun oldin (256 piksel) tugmaga chertiladi yoki F8 klavishaga bosiladi va polyarizasion filtrning P optimal sozlanmasi tanlanadi.

  • Difraksion tasvirlarni qayd qilish uchun, F9 klavishani bosing.

  • F9 bilan o‘lchashlarni to‘xtating.

  • tugmaga chertib yoki F2 klavishani bosib natijalarni saqlang (o‘zingizga maqbul fayl nomi bilan).

  • yoki F4 bilan eski o‘lchangan qiymatlarni o‘chiring.

  • O‘lchashlarni b =0,15 мм ва b = 0,20 мм бўлган qo‘sh tirqishlar uchun takrorlang va har bir holat uchun natijalarni

  • yangi fayl nomi bilan saqlang.




  1. 4 xil qo‘sh tirqishli diafragmada difraksiya (g = 0,20mm):




  • Eski o‘lchangan qiymatlarni o‘chiring.

  • g =0,25 mm tirqishlar oralig‘i uchun intensivlik taqsimotini I (α) qayd qiling.

  • Natijanii saqlang(o‘zingizga maqbul fayl nomi bilan).

  • O‘lchashlarni g = 0,50 mm, g = 0,75 mm va g = 1,00 mm bo‘lgan qo‘sh tirqishlar uchun takrorlang va har bir holat

  • uchun natijalarni yangi fayl nomi bilan saqlang.



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish