Kurs ishining maqsadi.
Kurs ishining asosiy maqsadi mahoratli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning asarlarini yanada chuqur o‘rganib, yangi usul va metodlar yordamida tahlil etish va yosh o‘quvchi-kitobxonlar qalbiga yetkazib berish. Va yozuvchining asarlarining mutolaasini kengroq targ‘ib qilish hamda ularning mavzu ko‘lami, qaharamon va davr munosabatlari, asarning til xususiyatlari va mazmunini kengroq tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining ilmiy o‘rganilganlik darajasi.
O‘tkir Hoshimovning ijodi adabiyotshunoslar va tanqidchilar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Ushbu kurs ishida yozuvchi asarlarining yangi badiiy qirralari, kitobxon javobi nazariyasi, til xususiyatlari va badiiyatiga alohida e‘tibor qaratiladi.
I bob. “Ikki eshik orasi” romanida yuksak insoniy fazilatlar talqini.
O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani adibning eng salmoqli asarlaridan biri hisoblanadi. Romanda o`zbek xalqining fazilatlari - jumardligi, har qanday vaziyatda ham imonini yo`qotmasligi, mehridaryoligi, teran tuyg`ular, yorqin bo`yoqlarda tasvirlangan.Asarda adib qariyb qirq yillik davrni o`z ichiga olgan bir qancha murakkab taqdirlar misolida o`zbek xalqining urush davridagi hayoti, umr yo`lidagi chigalliklarni mahorat bilan qalamga olgan. Asarda zamonning tuganmas azob toshlariga uchragan, insoniy qadr-qimmatini yo`qotmagan insonlar, o`z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog`lagan xalq qismati tasvirlangan. Asarni o`qigan kitobxon ijodkorning o`sha davr ruhini asarda to`liq mujassam ettira olganligiga guvoh bo`ladi.1
Chunki badiiy asar millat sajiyasining ikkilamchi ko‘rinishi bo‘lib xarakter to‘laqonligini belgilaydigan hamda estetik mohiyatini yuzaga chiqaradigan tayanch nuqta hisoblanadi. Zero, muallif ijodiy niyatiga bo‘ysundirilgan qadriyatlarning ijtimoiy-falsafiy va madaniy-ma’rifiy sajiyasi hayotni poetik tadqiq etish ijodiy taomillarini belgilaydi. Ayni paytda milliy qadriyatlar barqarorligi hamda unga munosabat ijtimoiy tafakkur takomiliga ta’sir o‘tkazadi. Adib ijodida aks etgan milliy ma’naviyat ifodasi belgilari, bir tomondan ifoda shaklining hayotiyligini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, ijodkor uslubi va estetik ideal munosabatini sintezlashtiradi. Aynan ilg‘or milliy dastur va an’analar xalq ruhiy hayotining parallel chiziqlari ekanligini hisobga olsak, adabiyotning gumanistik mohiyati yanada to‘laroq in’ ikos etadi. Shuningdek, obrazliifodadagi diffuziya reallikni anglash hamda anglatish miqyoslarini sharhlaydi. Faktografik belgilar davomli izlanishlar natijasi o‘laroq mutaqil ma’no taraqqiyotidan uzilib ijodiy munosabat yaxlitligi hamda o‘ziga xosligini ta’minlashga yordam beradi. Xususan, O‘.Hoshimov asarlarida o‘zlikni anglash, milliy mushohada tarzini suvratlash,
unga g‘oyaviy-badiiy niyatni singdirish tonal ifodani shakllantiradi:
«Arava ichiga qalin qilib to‘shalgan ko‘rpachada paranji yopinib o‘tiribman. Bir tomonda oyim, bir tomonimda Fotima kelin. Xotinlar to‘xtovsiz yor-yor aytadi:
Tog‘da toychoq kishnaydi, ot bo‘ldim, deb yor-yor,
Uyda kelin yig‘ laydi, yot bo‘ ldim, deb yor-yor..»
Asarda to‘y marosimi bilan bog‘ liq tafsilotlarga keng o‘rin ajratilgan. Asrlar davomida shakllangan milliy an’ana uch qahramon tomonidan izohlanadi.
Bolakayning sodda, jozibali talqini, Robiyaning ruhiy tahlil teranligi saqlangan bayoni va Qora ammaning to‘y tashvishlariga yo‘naltirilgan kechinmalari marosimni turfa nuqtalardan yoritish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida xarakter qirralarini oydinlashtirish, milliy urf-odatlarning xalq hayotidagi salmog‘ ini kuzatishga yordam beradi. Nutqiy faoliyat vositasida kitobxon Muzaffarning bolalarcha soddaligi va tiniq samimiyati, Robiyaning ruhiy barkamolligi, Qora ammaga xos mehr-oqibat rishtalari bilan tanishadi. Bir tafsilotning uch talqini asar syujetini bog‘ lab turuvchi chiziq tarzida aniq tasavvurlar uyg‘otadi. Bu tasavvur xalq hayotining umumiy qonuniyatlarini ifodalab, insonlararo tipik manzaralar xarakter takomilidagi o‘sish-o‘zgarishlar hajmini uyg‘unlashtiradi. Bu mushtaraklik o‘z navbatida ham ijodkorning ijodiy tamoyillarini, ham ijtimoiylik belgilarini mujassam etgan. O‘z-o‘zidan ayonki, adib asarlarida milliy qadriyatlar va xalq ruhiyati xarakter tabiatini belgilaydi.
Aynan qahramonlar tafakkuri va faoliyatida ma’naviyat hamda e’tiqod ta’siri goh epik unsurlar, goh lirizm zalvori vositasida oydinlashadi. Kichkinagina to‘y detali bir necha obrazlar hayotini o‘zgartirib yuboradi. Binobarin, marosim Robiyaning orzu-istaklari, samimiy muhabbatini chegaralaydi. To‘g‘rirog‘i, hayotiy zaruriyatuni o‘z izmiga bo‘ysundiradi. Tabiiy ehtiyoj (Muzaffar qismati) Qora ammaga hamkuchli ruhiy zarba beradi. Negaki, Robiyaning Shomurodga uzatilishi Kimsan uchun ochilgan aza bilan barobar edi. Zahmatkash ona qalbida doimiy va davomiy ravishda umid, ilinj hamda ishonch tuyg‘usi yashashini e’tiborga olsak, psixologik kolliziyalarning tasvir markaziga ko‘tarilgani ayonlashadi.
Ma’lumki, milliy urf-odatlar va an’analar xalq tiynati kabi soddaligi, qabariqligi, yorqinligi va ustuvorligi bilan ajralib turadi. Shu boisdan ham mentalitetga xos atributlar tinglovchi ongiga tez etib boradi. Bu xususiyat, bir tomondan, tushuncha, tasavvur hamda tafsilotlarning qayta-qayta ishlanganligi sayqal topganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan motivizatsiya zamirida qayta hayotiy tajribalar, falsafiy umumlashmalar vositasida izohlanadi. Demak, O‘.Hoshimov o‘z ijodida sharqona mifo-poetik qarashlardan foydalanar ekan, birinchi navbatda, aqidaning umuminsoniy mohiyatiga e’tiborni qaratadi.
Asarda fojiaviy Onalar obrazidan biri, shubhasiz, Bashoratdir. “Dunyoning ishlari” va “Ikki eshik orasi” asarlarida erkakshoda ayollarning bir nechtasi ishtirok etadi. Jumladan, Zebi, Bashorat, Parcha obrazlari bo‘lib, ular ko‘p jihatdan bir biriga o‘xshash. Adib ijtimoiy davr talabi tufayli erkak singari ishlashga majbur bo’lgan fojiaviy ayollar qismatini ochadi. Zebi, Bashorat, Robiya, Zuhralar traktor minib, kechani kecha, kunduzni kunduz demay dalalarda tinim bilmaydi. Nozik yelkalarga ulkan mas’uliyat oladi, natijada Bashorat shaxsiy hayotida juda ko’p yo’qotishlar qiladi. Fojiaviy taqdirlar Bashorat shaxsiy hayotida juda ko’p yo’qotishlar qiladi. Fojiaviy taqdirlar roman sahifalari bo’ylab kengayib, bo’rtib boradi. “Ikki eshik orasi” romani keng planli, keng tarmoqli, ko’povozli polifonik asar hisoblanadi.
- Mening xo‘jayinim «Kobra»mas, shu! - Safar aka qovog‘ini uyib menga imo qildi. Xo‘rsinib qo‘ydi. Bir nima esiga tushdi shekilli, yana qo‘lini paxsa qildi. - Oltita bolam eyman, ichaman deb turibdi. To‘rttasi maktabga boradi. Onangni emgurni bolalariga bittadan papka oberishgayam yetmaydi-ku, bu qizitaloq! - u jahl bilan kissasiga shapatiladi. - U yog‘ini so‘rasang, kichik qayinsinglim boshqa vaqt qurib qolgandek tug‘ib berdi yaqinda! Uni beshik to‘yisiyam meni gardanimda! Qaysi biriga yetkazay!
- Obbo! Ja, olasan-da, senam. Xotin kishi erga tekkanidan keyin tug‘adi-da. Sendan so‘rab o‘tirarmidi, - Ikrom aka do‘stining elkasiga shapatiladi. - Qo‘y endi, tudovoy-sudovoy gaplarni. Kalta-ko‘toh plitaniyamab qo‘ysak, Xudo ko‘rsatmasin, ertaga bir bechorani bosib qolsa, xursand bo‘larmiding?
- Bosmaydi! - Safar aka asabiylik bilan yelkasidan Ikrom akaning qo‘lini siltab tashladi. - Shu kungachabosib qolganini eshitganim yo'q. o‘zim béton quyib, yamab tashlardim...o‘lganimning kunidan iljaydim.
- Béton quygan bilan ish bitmaydi. Safar aka, axir shu uydayam siz bilan menga o‘xshagan odamlar...
- E, bor-e! - u shiddat bilan burildi. - Har kuni o‘nmartadan qulog‘ingni qoqib qoiingga beradigan xotining bo‘lmasa, yo‘lingga termulib turgan bolalaring bo‘lmasa, gapni kim qo‘yibdi senga!
- Hoy xuvori, - Ikrom aka lapanglab ketayotgan o‘rtog‘ining ketidan yugurdi. Besh-olti qadam narida yetib olib, yana yelkasiga qo‘l tashlagan edi, Safar aka tag‘in siltab yubordi. Ikrom aka qaytib keldi.
- Ko‘nglingga olma, ukam, - dedi xijolatdan iljayib. - Safarni endi ko‘rayotganing yo‘q-ku. Hozir tudovoy-sudovoy deydi-da, birpasdan keyin esidan chiqadi... U yog‘ini so‘rasang, mendayam beshtasi bor.
Ko‘rgansan-ku. Hammasi churvaqa.2
Ushbu parchada Muzaffarning ish jamoasida yuz bergan odatiy holatlardan biri. Ishchilardan birining ya’ni Safar akaning maoshi kam chiqqanidan jahli chiqib, alamini Muzaffardan olmoqchi bo‘ladi. Chunki u jamoaga ish boshqaruvchi edi-da. Nobop plitalarni ishlatishga ruxsat bermaganligi uchun ish kechikkan va ishchilar bekor qolib ketgandi.
Shu sababdan maosh ham ko‘ngildagidek chiqmagan. Yana bir hamkasbi Ikrom aka Muzaffarni yupatmoqchi bo‘ldi-yu, ammo uning ham dardi ichida. Besh nafar farzandi bor. Qolaversa, ro’zg’or deganlaridek…
Muzaffar esa har doimgidek ishga sidqidildan yondashganligi, ne-ne begunoh insonlar hayoti xavfsizligini o’ylagani uchun uni turtkilashyapti. Axir, u bechora nima qilsin!.. Maoshni orqasidan mas‘uliyatsizlikka yo‘l qo‘ya olmasa.
Asarda O‘tkir Hoshimov qahramonlar xarakterini ochishda xalqona qadriyatlarni yanada kengroq va chuqurroq tasvirlashga kirishadi. Milliy qadriyatlarning berilishidagi bunday izchillik asardagi voqealarni bir-biriga bog‘lash hamda badiiy talqinga milliy ruh bag‘ishlash vazifasini ham bajaradi.
Agar asarda suyunchi so‘rash tasviri bo‘lmasa, bolaning tug‘ilishi, dadasini juda yaxshi ko‘radigan Muzaffarning ichki dunyosi, atrofdagilarning unga bo‘lgan barcha munosabatlari mavhum bo‘lib qolaverar edi. Shuning uchun ham voqealar bola tilidan hikoya qilingan bo‘lib, badiiy tasvirda voqelikka bolalarcha munosabat o‘z ifodasini topgan.
Bolalarcha tasavvur va tafakkurga asoslangan voqealar tafsiloti asosida adibning o‘ziga xos bayon uslubi hosil bo‘lgan.
Yozuvchining bu asarni yozishida xalq ijodi an‘analari nechog‘lik muhim o‘rin tutganligini bilish uchun uning badiiy ijod tabiati va unda folklorning ahamiyati haqida bayon qilgan quyidagi mulohazalarini e‘tiborga olish lozim:
“Badiiy ijod shunday bir daraxtki, uning shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi milliy zaminda yotadi. O‘z xalqi milliy va ma‘naviy boyligini dunyoga ko‘rsatish uchun ijodkor milliy adabiyotini, qadriyatlarini yaxshi bilishi lozim”.3
Taniqli o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani avval ham o‘qib chiqqandim. Yaqinda mazkur kitobning 1993 yilda “Umr savdosi” ostida nashr qilingan varianti qo‘limga tushib qoldi. Yozuvchining turli yillarda yaratgan eng sara hikoyalari, hajviy asarlari mazkur kitobdan joy olgan. Yozuvchi asarlarida asosan inson taqdiri birinchi o‘rinda turadi. Hayot sinovlari, mashaqqatlari oldida bosh egmaslik, taqdirning baland-pasti-yu, o‘nqir-cho‘nqirlariga sabrli bo‘lib o‘zida ko‘nikma hosilni bir necha misollar orqali kitobxonga tushunarli sodda tilda keng yoritilib beriladi. “Umr savdosi” nomli kitob adib tomonidan 1997 yil “Xumson” sanatoriysida do‘stimning yaqin kishisiga sovg‘a qilingan. Ikkinchi marotaba yangicha ishtiyoq va diqqat bilan o‘qib chiqdim. Roman shu qadar ravon tushunarli tilda yozilganki o‘qiganing sari beixtiyor asardagi qahramonlar bilan birga yashaysiz. Shaxsan kaminada shunday holatlar juda ko‘p bor ro‘y berdi. Kimsan urushda bedarak ketganda Robiyaga qo‘shilib iztirob chekdim, o‘kindim.
Ota - onasi bilan birgalikda dard chekdim. Shomurod aka vatan uchun xalq uchun janggohlarda qon kechib jang qilayotganda. Xotini Ra’noning xiyonatidan mening ham qalbimda muhabbatga nafrat uyg‘ondi. Bundan tashqari asarda toptalgan ishonch, nafsning sabrdan ustun kelishi. Yo‘qlik – yupunlik, hayotning mashaqqatlari-yu, taqdirning ayovsiz sinovlariga sabr kuchi bilan shukronalik qilib yashayotganlarning taqdiriga guvoh bo‘lasiz.Asardagi voqealar asosan ikkinchi jahon urushi, uning og‘ir va zalvorli kunlaridan so‘zlaydi.Zolim rahbarning zulmi, front ortida xizmat qilayotgan oddiy xalqning taqdirida urushning iztirobi alamli xotiralar qay darajada aks etganligini ko‘rishimiz mumkin. Asarni o‘qish davomida qahramonlarning hayotiy kechinmalaridan ba’zan kuch - ibrat olsam ba’zida esa bugungi kunlarimga shukrona keltirdim.
Umuman olganda romanda uchraydigan har bir qahramonning turmush tarzi, ko‘ngil kechinmalari o‘z tilidan bayon qilingan. Bu esa kitobxonni asar voqealariga yanada sho‘ng‘ib ketishini ta’minlaydi.
Ha, Oʻtkir Hoshimovning har bir asari – kattami-kichikmi, bir marta oʻqishga arziydigan oldi-qochdi, yengil asarlar emas. Ularning gʻoyaviy yuki nihoyatda ogʻir, badiiy saviyasi yuksak, qahramonlari sogʻlom va salobatli (garchi salbiy boʻlsa-da), manzaralari ishonarli, soʻzlari rangli va taʼsirchandir. Taniqli adabiyotshunos Ibrohim Gʻafurov bundan 40 yil oldin “Oʻtkirning qalami soʻzning rangini ocha biladi. U soʻzga qut va mehr bagʻishlashday noyob tuygʻuga ega” ekanini taʼkidlagan edi. Vaholanki, bu paytda Oʻtkir Hoshimov endigina ikkita qissayu oʻnga yaqin hikoya yozgan edi, xolos. Zukko adabiyotshunos bashorat qilgan ekan: bora-bora adibning bu xususiyati barcha asarlarini nurlantirib turuvchi bosh uslubga aylandi. Hozir u yaratgan tasvirdagi har bir soʻz gavhardek, anglashilayotgan fikr esa olmos singari tovlanib turadi.
Badiiy asarni oʻqishda muallif mahorati, uslubini kuzataman, qalam bilan kerakli oʻrinlarni belgilab qoʻyaman. Asarni asar sifatida vujudga keltirgan gʻoyani anglashga intilaman. Hech qachon zerikishdan, vaqtni oʻtkazish uchun, yoʻliga kitob varaqlamayman. Kitob oʻqish uchun ham tayyorlanib, eʼtiborni bir yerga toʻplab olish zarur. Xayoling boshqa joyda boʻlib, tushkun holda, mingta tashvish bilan kitob varaqlagandan koʻra, uni oʻqimay qoʻygan maʼqul. Sevimli asarlarim qatorida birinchi navbatda Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini tilga olaman. Chingiz Aytmatov, Odil Yoqubov, Said Ahmad, Oʻtkir Hoshimov kitoblari ham hamisha meni oʻziga maftun qiladi. “Ufq” trilogiyasi mutolaasini ayni damda oʻqiyotgan asarlarim yakunidan soʻng amalga oshirmoqchiman.
Tajribali yozuvchi roman voqealarini teran o‘rgangani uchun har bir epizod o‘quvchini ishontiradi, qalbiga jiddiy ta‘sir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar, ularning dialoglari, shuningdek, yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan to‘qqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bog‘laydi. Tasvir uchun tanlangan bunday poetic usul yozuvchidan yuksak mahorat talab qiladi, albatta. Aks holda , syujet zanjirida uzilish yuz berib, voqealar sochilib ketgan bo‘lar edi. Biroq, romanning ta‘sir quvvati, ichki intizomi o‘quvchida juda yaxshi taassurot qoldiradi.
“Ikki eshik orasi” romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlar o‘z individual qiyofasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlaydi. Uning insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro‘-e‘tibori, eng og‘ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch topishi bilan o‘quvchi xotirasiga muhrlanadi.
“Ikki eshik orasi” romanida o’z davrining muhim muammolari qalamga olindi, o’sha yillar voqea-hodisalariga munosabat bildirdi. Romanning asosiy qahramonlari ikkinchi jahon urushi og’irliklarini yelkasida ko’targan, unda mardona g’olib chiqqan kishilardir. Umuman olganda, romanda butun jamiyat kishilarining urush davridagi fidokorligi o’zining badiiy ifodasini topgan. Roman qahramonlaridan bir Muzaffar – urush davrida muayyan qiyinchiliklarni boshidan kechigan, 70-yillarga kelib farovon turmushga erishgan yoshlarning timsoli tarzida beriladi. Romanning sarlavhasidan tortib, deyarli butun mazmunigacha yozuvchi jiddiy falsafiy ma’no yuklashga intilgan.Xususan, u “Ikki eshik orasida” deganda inson umrini, ya’ni tug’ilgandan o’lgunicha bosib yo’lni ko’zda tutadi. Muallifning g’oyaviy falsafasiga ko’ra bu yo’l juda murakkab va ziddiyatli bo’lib, uni muvofaqqiyat bilan bosib o’tishi uchun insondan katta matonat, iroda bilim va jasorat talab qilinadi. Asardagi ko’pchili qahramonlar, xususan, Oqsoqol, Qora amma, Robiya, Shomurod, Kimsan xuddi shunday jasoratli va ruhan boy kishilar bo’lib, ko’p jihatdan yozuvchining g’oyaviy maqsadini ta’sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Muallif falsafasiga ko’ra o’z umrini sharaf bilan bosib o’tmog’i uchun insondan katta matonat va jasorat talab qilinishining sababi shundaki, u o’z hayoti davomida og’ir kurashlar girdobidan, yengib bo’lmas to’siqlardan o’tishga majbur bo’ladi. Asarda xuddi shunday inson hayotining to’siqlari, illatlari sifatida Umar zakonchi, Ra’no, Zuhra kabi shaxslar timsoli yaratilgan bo’lib, ular romandagi kurashlar, to’qnashuvlar va ma’naviy ixtiloflar kesginligi, tarangligini oshirishga imkon tug’dirgan.
Har qanday yozuvchining ijodiy kamolotga erishuvi, eng avvalo, uning milliy g`oya va qadriyatlarga sadoqati hamda ularni o`z ijodida lingvopoetik jihatidan nechog`lik mahorat bilan yuksak darajada ifodalay olish imkoniyatiga bog`liq. Har qanday fikr nutqda ifodalanar ekan, so’zlovchi faqat muayyan axborotni tinglovchiga yetkazishnigina emas, balki bu fikrning tinglovchiga qay darajada ta’sir etishini ham deyarli hamisha e’tiborda tutadi. Shuning uchun nutqning ifodaliligi, ta’sirchanligini, ya’ni ekspressivligini ta’minlovchi vositalarga malakali so’zlovchi yozuvchi doimo diqqat bilan qaraydi. Ma’lumki, til ekspressivlikni ifodalashning xilma-xil imkoniyatlariga ega. Bunday imkoniyatlarning kenglik darajasi tilning boyligini ham ko’rsatadigan o’ziga xos o’lchovlardandir. Tilshunoslikda ekspressivlikni til taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchidir degan fikr ham mavjud. Til haqidagi fanda tilning kommunikativ va yana boshqa vazifalari qatorida uning ekspressiv vazifasi ham alohida ajratiladi. Albatta, buvazifa, ayniqsa, badiiy matnda yanada katta ahamiyat kasb etadi
O’tkir Hoshimov asarlarida ekspressivlikni ifodalashda sintaktik birliklarning ham maxsus o’rni bor. Masalan, asarlarida adib ritorik so’roq gaplardan unumli foydalangan.Yozuvchilar odatda tasvir maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo`llash bilangina kifoyalanib qolmaydilar.Balki, qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarziga moslab o`zgartiradi va qayta ishlaydi.
Darhaqiqat, yozuvchi o`zi yaratayotgan qahramonning o`ziga xos xarakter-xususiyatlarini ochib berish jarayonida, tabiatan qanday shaxs ekanligini to`liqroq tasvirlashda iboralardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |