Koreyashunoslik fakulteti
4-kurs talabasi Abdumalikova
Nasiba
«IKKI ESHIK ORASI» ROMANIDAN
«Ikki eshik orasi» romani 1986-yilda yozilgan bo‘lib, O‘tkir Hoshimov adabiy merosida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Romanda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligi zo‘r mahorat bilan tasvirlanadi. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni qoralaydi; uning g‘ayri-insoniy mohiyatiga urg‘u beradi.
Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran o‘rgangani uchun har bir epizod o‘quvchini ishontiradi,qalbiga jiddiy ta’sir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar, ularning diologlari, shuningdek, yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan to‘qqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bog‘laydi. Tasvir uchun tanlangan bunday poetik usul yozuvchidan yuksak mahorat talab qiladi, albatta. Aks holda, syujet zanjirida uzilish yuz berib, voqealar sochilib ketgan bo‘lar edi. Biroq romanning ta’sir quvvati, ichki intizomi o‘quvchida juda yaxshi taassurot qoldiradi.
«Ikki eshik orasi» romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlar o‘z individual qiyofasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlaydi. Unin g insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro‘-e’tibori, eng og‘ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch topishi bilan o‘quvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq- chuchugini tatib ko‘rgan o‘zbek qariyalariga o‘xshab har bir ishda tashabbuskorlikni o‘z qo‘liga oladi. Orif oqsoqol haqiqatgo‘yligi bois o‘zi anglab yetgan bor haqiqatni yuzga aytishdan cho‘chimaydi. Undagi jasorat va shijoat boshqalarga ilhom beradi. U odamlarga baho berganida xalqona ta’bir bilan «mard odamning belida belbog‘i bo‘lishi kerak» degan taomilga rioya qiladi. Atrofidagi odamlarning ruhiy butunligini, jo‘mardligi va odamiyligini sadoqat, va’daga vafo, ezgu amallar bilan o‘lchaydi. Ba’zan ayollarga ham shu o‘lchov bilan yondashadi.Romanda ayollar obrazi ham zo‘r mahorat bilan tasvirlangan bo‘lib, ular orasida Qora amma o‘ziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Qora amma obrazining aksariyat sifatlari romanning «Qora amma hikoyasi» qismida namoyon bo‘ladi. Qora amma – mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida urush davridagi o‘zbek onalarining siymosi mujassam topgan. U boshiga tushgan barcha ko‘rgiliklarni sabr-bardosh bilan yengib, o‘zida yashashga kuch-qudrat topadi. Ukasi Shomurodning xotini Ra’no eriga xiyonat qilib, Umar zakunchining hiyla-nayrangiga uchadi. Ukasining oilaviy tashvishlari ham Qora ammaning yelkasiga tushadi. Kelini Ra’noning qilmishlaridan norizo bo‘lgan Qora amma uni aslo kechira olmaydi. «Juvongina o‘lgur, noinsof! Bolaning uvoli tutgur imonsiz! Eringni birovdan kam joyi yo‘q edi-ku! Cho‘loq bo‘lsa devor oshib o‘g‘rilik qilib bo‘lmagandir! To‘rt yil qon kechib keldi-ku! Eri urushda o‘lgan qanchadan qancha gulday juvonlar yuribdi sabr qilib. Aqal li bolangni o‘ylasang bo‘lmasmidi, imonfurush!» – Qora amma shu zaylda yozg‘ira-di. Asarda Ra’noning taqdiri badbaxtlikka borib taqaladi, u baxtsiz bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |