uning mexanizmlari. O'sma paydo boiishi va rivojlanishi uchun faqat
sababchi omil borligiyu kantserogenez mexanizmlarining ishga tushishi
kifoya qilm aydi, bunda organizm ning an tib lasto m rezistentligi
(qarshiligi) ham susayishi kerak,
Antiblastom rezistentlik borligi qator omillar orqali tasdiqlanadi:
1. Kantserogen moddalar bilan bevosita aloqada boigan ko'pchilik
odamlarning o'smalar bilan og'rimasligi.
2. O'smasi bo'lgan bemorning o 'z-o 'zid an sog'ayishi (10 000
bemordan 1 tasi);
3. Autopsiyada turli a ’zolarda yashirin (latent) rak tugunlarining
(90 yoshga borgan erkaklarning 80 foizida prostatada, 20 foizida
qalqonsimon bezda) topilishi.
Antiblastom rezistentlik mexanizmlarini kantserogenez bosqichlari
va omillariga qarab uch asosiy turga bo‘lish mumkin:
a) antikantserogen - kantserogen omillaming hujayra, organellalar,
makromolekulalar bilan o'zaro ta’siri bosqichlariga qaratilgan;
b) antitransformatsion - normal hujayraning o'sma hujayrasiga
transformatsiyasi bosqichiga qaratilgan;
v) antitsellyulyar - alohida o'sma hujayralarining hujayra koloniyasi
o'smaga aylanish bosqichiga qaratilgan.
Antiblastom rezistentlikning antikantserogen mexanizmlari
I. Kimyoviy kantserogenlarga ta ’sir etuvchi antikantserogen
mexanizmlar.
1. Kimyoviy kantserogenlarni inaktivatsiya qiladigan reaksiyalar:
a) m ik ro so m alarn in g n o sp etsifik oksidazalari y ordam ida
oksidlanish;
b) mikrosomalar reduktazalari yordamida qaytarilishi-tiklanishi
(aminoazot bo'yoqlarning reaksiyalari);
v) autooksidlanish tizimi yordamida fermentativ va nofermentativ
dimetillanish;
g) glyukuron yoki sulfat kislotasi yordamida kon’yugatsiyalash
(aromatik aminlami). Ammo shuni aytib o'tish kerakki, ayrim hollarda
yuqoridagi reaksiyalar natijasida prokantserogenlar kantserogenga
aylanishi ham mumkin.
2. Ekzo- va en d o k an tsero g en larn i o 't, siydik, ax lat orq ali
organizmdan chiqarilishi.
3. K an tsero g en ag en tlarn i p in o tsito z va fagotsitoz orqali
zararsizlantirish.
4. Kantserogenlarga qarshi antitana (antitelo) laming paydo bo'lishi.
5. Erkin radikallarni antioksidantlar yordamida ingibitsiya qilish.
II. Biologik omillar - onkogen viruslarga qarshi antikantserogen
mexanizmlar.
1. Interferon ta ’sirida onkogen viruslarni nospetsifik ingibitsiya
qilish. Interferon viruslar replikatsiyasini to'xtatadi. Virusning nuklein
kislotasi uning sintezini boshlab beradi - initsiatsiya qiladi. Leykotsitlar
- fibroblastlar, T-limfotsitlar (immun) - interferonni sintezlaydi. Ular
hayvon turi va hujayralarga nisbatan o'ziga xos emas, ya’ni nospetsifikdir.
Uning antivirus ta ’siri mexanizmida virus RNKsi transkriptsiyasini
ingibitsiya qilib, ribosomalar bilan birikishini qamal qilishi va natijada
virus orqali sintezining buzilishi yotadi.
2. Onkogen viruslarni o'ziga xos antitanalar bilan neytrallash.
Antitanalar viruslarning hujayraga kirishining oldini oladi.
III. Fizik k an tsero g en lar - ionlashgan nurlanishga qarshi
antikantserogen mexanizmlar. Shulardan eng muhimlari - erkin
radikallar hosil b o'lishini tormozlaydigan va ularning faolligini
pasaytiradigan reaksiyalar - antiradikal reaksiyalar;
Do'stlaringiz bilan baham: |