Ijtimoiy xo‘jalikning shakillari


Pul – hamma tovarlarni va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan umumiy ekvivalient. 2-chizma



Download 0,52 Mb.
bet6/16
Sana15.02.2022
Hajmi0,52 Mb.
#449633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.

Pul – hamma tovarlarni va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan umumiy ekvivalient.

2-chizma



Pulning vazifalari






Qiymat o’lchovi




Muomala vositasi




To’lov vositasi

Ma’lumki, mustaqil O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so’m 1994-yil 1-iyuldan muomalaga chiqarildi. Milliy valyuta – milliy iftihor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir. Yagona qonuniy to’lov vositasi bo’lgan so’mning barqarorligini ta’minlash va qadrini oshirish hozirgi vaqtda muhim ahamiyatga egadir.


Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u brogan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII-XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklari bo’lgan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Bozor iqtisodiyoti yer yuzidagi ko’pgina mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti asosida tovar – pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari-tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul muomlasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo’lishi, tovarning sifati va narxning muvofiqligi ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy sarfga keltirilishi kabi holatlarni bildiradi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “O’zbekiston-bozor munosabstlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” nomli kitobida: “Bozor iqtisodiyoti-umumbashariy hodisa bo’lib, jahon sivilizasiyasi rivojlanishi yo’lidagi muqarrar bosqichdir. Tartibli asosga qurilgan bozorgina hozir xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatini ro’yobga chiqarishga, tekinxo’rlikni tugatishga, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishga, manfaatdorlik va unutib yuborilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklashga qodirdir”, deb ta’kidlab o’tgan.
Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti, deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi tushunilidi. Bozor iqtisodiyoti g’oyat ko’p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. U erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, sotsial mo’ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib turiluvchi iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarining barcha sub’ektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchilar ham, pirovard iste’molchilar ham, ssuda kapitali egalari ham kiradi. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizm asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, raqobat, talab va taklif.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari:

  • Turli shakllardagi mulkchilikning mavjudligi;

  • Tadbirkorlik va tanlov erkinligi;

  • Raqobat kurashuvining mavjudligi;

  • Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;

  • Bozorning xaridor izmiga bo’ysunishi.

Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgilaridan biri iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakillari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tumanligi. Bunda turli shakllardagi mulklar erkin yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot bo’lib, faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning o’zining mulk ob’ekti bo’lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikga ega bo’lishidir. Har bir korxona, tashkilot, ayrim jismoniy shaxs o’z ixtiyoriga ko’ra o’ziga ma’qul bo’lgan ish ish bilan shug’ullanadi.
Xo’jalik yurituvchilar faoliyati bir-biridan alohidalashgan bo’ladi, chunki ular, birinchidan, mulk egalari, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har-xil ish bilan shug’ullanishadi.
Erkin bo’lganidan u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Iqtisodiy monopolizm – korxona, tashkilot yoxud davlatning umuman iqtisodiyot, yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishi. Monopoliya turg’unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusini chegaralaydi. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti u bilan chiqishmaydi – bozor iqtisodiyoti antimonopol yo’nalishga ega.
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi - narxlarining liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, balki narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor va sotuvchining savdolashuviga binoan, yuzaga keladi. Bozor munosabatlari sharoitlarida ko’proq kelishilgan narxlar xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat alohida o’rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabstlar ishtirokchilarining o’zaro bellashuvi, xususiy mulkdorlar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurashdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ularni samarali ishlatish, qo’llash va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi.
Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi vositadir. Raqobat iqtisodiyotni tartiblovchi va nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobatlashuvchi kuchlar muvozanatda bo’lib,ulardan birontasi ham monopol mavqega ega bo’lmaydi. Erkin raqobat cheklanmagan erkin iqtisodiy erkinlikni, xohlagan usulda kurashish, hatto monopoliya hosil etgan holda o’z bilganicha ish yuritishini bildirmaydi, chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi.
Klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyati bilan ajralib turadi:

  1. Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud.

  2. Jamiyatning barcha a’zolari xohlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin.

  3. Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi.

  4. Bozordagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatining qulayligi.

  5. Monopoliyalar yo’q, bozorda faoliyatga davlat aralashmasligi.

  6. Yakka (individual) xususiy mulkning hukmron bo’lishi.

  7. Odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga olib kelishi.

Bozor iqtisodiyotining hozirgi zamon ko’rinishining asosiy belgilari.

  1. Mulkchilikning turli shakllariga, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boahqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi.

  2. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning ma’lum darajada ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi.

  3. Xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanish, ya’ni biznes reja, marketing tizimi orqali boshqarish.

  4. Ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda har tomonlama aholini ijtimoiy himoya qilish, qo’llab quvvatlash.

Bozor iqtisodiyotining afzalliklarini yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda quyidagicha ko’rsatish mumkin.

  1. Resurslarni taq’simlashning samaradorligi.

Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi.

  1. Erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlikka ustuvorlik beradi. Erkin faoliyat yuritish shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikni o’stiradi.

  2. Bozor iqtisodiyotining ya’na bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporasiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki, xo’jasizlik, sustkashlik, beg’amlik har qanday xo’jalikni xonavayron qilishga olib keladi.

Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos kamchiliklari yoki zaif tomonlari bo’lib, ular faoliyat davomida amaliyotga ta’sir qiladi. Avvalo, bozor iqtisodiyoti ko’pchilikdan iborat ishlab chiqaruvchi va iste’molchidan iborat bo’lganidan unga tarqoqlik va xudbinlik (egoizm) xos. Jumladan u tabiatni muhofaza etish (ekologik muvozanatni ta’minlash)ni yuzaga chiqarmaydi. U jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin harajatlar qaytimi kam bo’lgan katta mablag’lar talab qiladigan inshoatlar va binolarning qurilishini rag’batlantirmaydi. Darhol foyda keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat kelajagi uchun muhim bo’lgan nazariy izlanishlarni ham rag’batlantirmaydi. Bozor iqtisodiyoti bir maromda rivojlanmaydi, unga skilli ravishda rivojlanish, iqtisodiy inqiroz kabilar xos. Jahon miqyosidagi inqiroz va notekis iqtisodiy rivojlanish har qanday mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir qilmay qolmaydi.
Bozor iqtisodiyoti qanchalik rivojlangan bo’lmasin, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishlarning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanmasligi mavjudligi yuz berishi mumkin. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalar muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. XXI asrning eng muhim iqtisodiy inqirozlaridan biri 2008-yilda boshlangan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bo’lib, u ko’p mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatdi.
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo'ja-likni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo'jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o'z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo'jalik ichki ehtiyojlari uchun mo'ljallangan. Iste'mol hajmi va tarkibi ko'pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog'lanishi bir xo'jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda
oson kechgan. Bunday munosabatlar. eng awalo. hamma zarur narsani o'zi uchun tayyorlagan ibtidoiy jamoada hukm surgan. Patriarxal dehqon xo'jaligi va feodal pomestyalari asosan natural xo'jalik bo'lgan. Natural ishlab chiqarish sharti
ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan edi. Bunday sharoitda biqiq yoki o'z ehtiyojlarini o'zi qondiradigan ishlab chiqarish
organizmlari paydo bo'lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xususiyatga ega bo'lgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo'jalik doirasida qat'iy cheklab qo'yadi, tashqi aloqalar uchun yul
ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo'jalikka juda qattiq biriktirib qo'yiladi va ko'chib yurish imkonidan muhrum bo'ladi. Natural xo'jalik shakllarining xuddi shu ko'rsatkichlari qishloq xo'jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo'lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural
xo'jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyat cheklab qo'yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga bo'ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sckinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o'tadi.Tovar ishlab chiqarish natural xo'jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o'sishi natijasida paydo
bo'ldi.Tovar ishlab chiqarish, ya’ni tovar xo'jaligida kishilar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati
mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo'ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan asosiy farqi shundaki, bunda tovar yoki xizmat o'zining iste'moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi.


Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o'rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o'lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o'ziga xos usulidir. Natural xo'jalikni siqib chiqarish va tovar
ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo'jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o'tish yo'li
bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o'rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo'yadi. Ixtisoslashuv esa, mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak, tovar
ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo'lib boradi. Vaqtni va moddiy resurslami tejash tovar xo'jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo'lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga loriiiadigan isiiia'u diiqaiuvc’ui'uu Lii-
biriga tobora ko‘proq bog'liq bo‘lib qola boshlaydi.Dastlabki davrlarda tovar xo'jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xo‘jaliklari o'rtasida aloqalar o‘rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va unuiman
jamiyatning rivojlanishi uchun qo'shimcha imkoniyatlar ochgan.
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat
iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab
oladi.
Tovar xo'jaligining va umuman ayirboshlash vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari qanday? Bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir, bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o'z navbatida. qiyosiy ustunlik tamoyili bo'yicha. ya'ni
mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jihatdan bir- biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o'z
mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish zarurligi va yaratilgan mahsulotlarni qayerda va kimga sot ish ni faqat ishlab chiqaruvchining o'zi hal qilishini bildiradi. Xuddi
shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo'yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa. Tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.Nihoyat. uchinchidan, bozor vujudga kelishining muhim
shart-sharoitlaridan biri - erkin ayirboshlash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik nima, qancha va kim uchun ishlab chiqarishni mustaqil aniqlash imkonini beradi.
Tovar ishlab chiqarish natural ishlab chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga, ishlab chiqarish samaradorligining o'sishiga ko'proq darajada imkon yaratadi. chunki:
— tovar ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslanib, mehnat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi;
— tovar ishlab chiqaruvchi katta daromadga ega bo‘lishi uchun mehnat unumdorligini o'stiruvchi hamda tovar ishlab chiqarish sarflarini qisqartiruvchi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini tatbiq etishi lozim;
— tovar ishlab chiqaruvchilar natural xo'jalik yurituvchilarga nisbatan ishlab chiqarish natijalaridan ko'proq manfaatdordirlar, agar ular daromad olmasalar xonavayron bo'ladilar;
— tovar ishlab chiqaruvchilar xonavayron boimasligi va daromad olishlari uchun o'z faoliyat lari ni xaridorlarga zarur bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarishga yo'naltira olishlari lozim, ular o'zlarining raqiblari ustidan g'alaba qozonishi uchun
tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo'lishlari kerak. Natural xo'jalik yurituvchilar oldida bunday vazifa mavjud emas;
— tovar ishlab chiqaruvchi uchun iste'molchini o'ziga jalb qilish, o'z tovarini sotib daromad olish imkoniga erishish vositasi bo'lib yangi, nisbatan sifatli va jozibador tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo'lgan tovarning
xususiyatlarini ко'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish