Ijtimoiy xayot va din


Taraqqiyotning hozirgi bosqichi va islom ma’naviyati rivojiga e’tiborning kuchayishi



Download 19,13 Mb.
bet95/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Taraqqiyotning hozirgi bosqichi va islom ma’naviyati rivojiga e’tiborning kuchayishi. Milliy istiqol va ijtimoiy – iqtisodiy, ma’naviy tarqqiyoti yo’lidan borayotgan o’zbek xalqida milliy ongning o’sib borayotganligi tufayli o’z o’tmishiga qiziqish tobora kuchaymoqda. Bu, qonuniydir. O’z milliy madaniyatini qadrlash, o’z tarixini shonli sahifalarini e’zozlash, o’z ona-yurti bilan faxrlanish muayyan millat, elat, xalqqa mansublikni anglashning muhim jihatlaridir.
Ma’naviy madaniyatga bunday qarashda din bilan qiziqish ham tabiiy tarzda yuzaga keladi. CHunki bunday madaniyat ilgari dinning muayyan shakli bilan mustahkam bog’langan, bir- biriga singib ketgan. Buning boisi shuki, etnik va diniy elementlarning xalqlar ijtimoiy taraqqiyotida asrlar davomida o’zaro ta’sir etib kelayotganligi natijasida diniy e’tiqod xalqlar milliy psixologiyasiga singib ketgan. SHu tarzda u odamlarga xos ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi barcha sohalarni - siyosat, madaniyat, oila-nikoh munosabatlarini, an’ana va urf-odatlarni, hatto turmush tarzini ham qamrab olgan.
Kishilarni o’tmishga, undagi qadriyatlarga, ma’naviy madaniyatga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash ularga shaxsiy va ijtimoiy hayotda to’g’ri yo’l topishda yordam beradi. Bunday yo’l topa olmagan kishilar o’zlarini qiyin ahvolga solib qo’yadilar. Haddan tashqari chetga chiqishlar esa ko’pincha haqiqatning ayon bo’lmay qolishiga olib keladi.
Ilgarilari o’tmish haqida, jumladan dinning, ayniqsa islomning qadriyatlari to’g’risida yozadigan, gapiradigan bo’lsak, darhol o’tmishni ideallashtirish, dinga tilyoqlamalik qilish degan yorliq yopishtirishardi. Ular bilmasdilarki, biz havoda muallaq yashay olmas edik; hozirgi kunimiz o’tmish poydevoriga qurilganligini bilib, bilmaslikka olardilar. Natijada xalqimiz diniy qadriyatlardan uzoqlashib ketgan edi. Endi adolat tantana qilmoqda.
Dinda umuminsoniy qadriyatlar juda ko’p. Hozirgi zamon ruhoniylari ham dahriylar kabi unutgan bu qadriyatlarni tiklamoqdalar; zamona ehtiyoji va manfaatlariga xizmat qiladiganlarini qayta tilga kirgizmoqdalar. Biz ularga bu xayrli ishda ittifoqchi va xayrixohmiz.
Hozirgi diniy uyushmalar rahbariyatining xalq ommasi, jumladan oddiy dindorlar orasida hurmat va obro’ga tobora ko’proq ega bo’lib borayotganligining o’z sabablari bor. Bulardan biri, ular dunyoviy bilim, ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat, e’tiqod va imonni tan olib, e’tirof etmoqdalar.
Hozir oliy islom o’quv yurtlarida 19-20 turdagi fanlardan dars o’tilib, imtihon olinadi. Bu o’quv predmetlarining yarmidan ko’pi dunyoviy bilimlar ekanligi hammamizga ma’lum. Bu hol hozirgi zamon ruhoniylarining ilm-fandan iborat qadriyatlarga har qachongidan ham katta e’tibor berayotganliklarining ishonchli, diqqatga sazovor dalilidir. Yana bu – Muhammad (s.a.v.)ning “Ilmga nisbatan go’yo cho’pon kabi posbon bo’linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo’lmanglar”, “Ilm o’rganish har bir mo’min uchun farzdir”, “SHahid qonidan ko’ra olimning siyohi muqaddasdir”, “Ilm ibodatdan afzaldir” - degan da’vatu hikmatlariga hozirgi zamon din axllari sobitqadamlik bilan amal qilmoqdalar. Biz ham ularni targ’ib qilamiz.
Islomning muhim talablaridan biri har bir inson imonli, e’tiqodli bo’lishi lozimligidir.
Biz xalqimizning diniy e’tiqodini endi g’oyat hurmat qilamiz, uni umuminsoniy ma’naviy madaniyatning uzviy qismi, deb qadrlaymiz. CHunki hozirgi diniy ta’limotda birinchi navbatda insoniy elementlar ustun turadi.
Imom Termiziyning “Jome’” deb nomlangan, Ismoil Buxoriyning “as-Sahih al-Buxoriy”, “al-adab al-Mufrad” degan hadislar to’plamlarida boshqa masalalar bilan birga odob, pand-nasihat, o’gitlarga alohida e’tibor berilgan.
Bu masalalarga Termiziyning “SHamoili nabaviya” degan kitobida ham katta o’rin berilgan. Bu asar islom qadriyatlarigagina emas, umuminsoniy qadriyatlarga ham g’oyat boydir.
Buxoriy va Termiziy to’plagan, sharhlagan hadislardagi hikmatlarning xushaxloqlilik, odoblilik, halollik, poklikdan beradigan saboqining manbai, aslida diniy targ’ibot orqali xalq ommasining bitmas-tuganmas, purhikmat ijodiy bulog’ida, teran aql-zakovati, buloqdek jo’sh urib turgan iste’dodlariga suyanadi. Bu merosdan to’la bahramand bo’lmaganimiz uchun ham ulardan uzoqlashganmiz.
Endi, shukurlar bo’lsinkim, ahvol o’zgardi. Hatto olim, mashhur yozuvchi ham dinga xos qadriyatlarga xolisona baho bermoqdalar. Masalan, CHingiz Aytmatovning yubileyida undan xorijiy mehmonlar keyingi asarlaringizda din homiylari, uning arboblarini madh eta boshlaganligingizning sabablari nimada, deb so’raganlarida, hozirgi davrni tasvirlab, bunday javob bergan ekan: “SHunday bir davrda din odamlar o’rtasidagi axloq-odobni, mehr-shafqatni barqaror etar ekan, nega undan yuz o’girish kerak? Nega hech bo’lmaganda dinning yaxshi jihatlarini olib, undan foydalanish mumkin emas?... Odamlarni din yaxshilikka chorlar ekan, men tarafdori bo’laman. Asarlarimda dindorlarga, din arboblariga murojaat etaveraman”30.
Bu gaplarda haqiqat durdonalari bor. Din ma’naviy madaniyatning bir elementi ekan, unda dunyoviy, g’oya, bilim, insoniy tafakkur durdonalari bor ekan, undan yuz o’girishda hech bir ma’no yo’q. Unda ajdodlarimiz ijodining mahsullari to’lib-toshib yotibdi. Buni CHingiz Aytmatov ham yaxshi biladi. Uning “Kunda” (Plaxa) romanida din va din arboblari haqida izhor qilingan fikrlaridan bilishimizcha, ular ham bunday ijod mahsulidan foydalanayotgan ekan.
Hadislardagi da’vat, pand-nasihatlarning hozirgi zamon bilan hamohang bo’lgani, ayniqsa mamlakatimizdagi turli millatlar orasida totuvlik, do’stlikni rivojlanishiga xizmat qiladi. Hadislarning birida “Salomlashib yuringlar, odamlarga taom yediringlar... o’zaro birodar bo’linglar” deyilgan. Ularning yana birida, “Mo’minlar o’zaro do’stlashishda, rahm-shafqatda va mehru oqibatda go’yoki bir tananing a’zolaridir. Uning biror a’zosi og’risa, unga qo’shilib qolgan a’zolari ham bedorlik va og’riq bilan alam chekadi”.
Hadislarda jaranglab eshitilgan yuqoridagi da’vatlar dindorlarga ham, dinga ishonmaydiganlarga ham ma’qul, kerakli, foydalidir. Faqat, bu “Hizbi-tahrir al-islomiy” degan sun’iy, o’rinsiz uyushma tuzmoqchi bo’lgan kimsalarga yoqmayapti. Ular barcha millat, elat, xalqlar do’stligi uchun jon kuydirish ham farz, ham qarz bo’lgan hozirgi davrda bular orasiga nifoq, raxna solishga urinmoqdalar. Ular haqiqiy musulmon ham emas, sobitqadam dahriy ham emas. Aksincha, bu g’alamislar musulmonlarning dushmani, dinsizlarning kushandasidir.
Hadislarda xayriya, ya’ni saxovat, muruvvat, shafqat, hadya, xayru sadaqa kabi masalalarga juda ko’p o’rin va e’tibor berilgan. Ularning birida “sadaqa va xayru ehson qilish yo’li bilan rizqu nasibalaringizga baraka tilanglar”, deyilsa, ikkinchisida, “Tangri ham-tashvishli odamlarga yordam beradiganlarni do’st tutadi” deb ta’kidlanadi; uchinchisida “ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko’ring va hojatmandning hojatini chiqaring” deyiladi. Yana birida “bir-biringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi g’amliklarni yo’qotadi”, degan da’vatlar, hikmatlar olg’a suriladi.
Yuqoridagi va unga ma’nodosh bo’lgan hadislarda musulmonlar payg’ambar mo’minlarni insonparvarlikka chaqirgan, bu da’vatlar musulmonlarda islomga nisbatan ishonchni, hurmatni benihoya oshirgani yurtimizda amal qilayotgan islom, ilk islom an’analarini qayta tiriltirayotgani yaqqol bilinib turibdi. Afsuski, o’rta asrlarda, hozirgi SHarqdagi feodal-teokratik mamlakatlarda bu qadriyatlardan nomu nishon ko’rinmaydi. Bu qadriyatlar demokratiya, erkin fikr yuritish, insonparvarlik, mustaqillik davrida yuzaga chiqayotir.
SHuni e’tirof etishimiz kerakki, dingina emas, balki ilm-fanning birgina o’ziyoq insonni yuksak fazilatli qilishga qodir emas. Buning uchun ijtimoiy tuzum, moddiy omil, iqtisodiy zamin, axloqiy tarbiya, boy ma’naviy hayot va hokazolar mavjud bo’lishi kerak. Bunda dinning real qadriyatlari ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish