Ijtimoiy xayot va din


Takrorlash uchun savollar



Download 19,13 Mb.
bet69/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Takrorlash uchun savollar:

  1. Xristianlik qachon va qaerda paydo bo’lgan?

  2. O’zbekiston xududiga xristianlik dini qachon kirib kelgan.

  3. Hozirgi zamon xristian sektalari haqida nima bilasiz?


Adabiyotlar:

  1. Buddizm. Sirovochnik. – M.: Respublika, 1992.

  2. Vasilьev L.S. Istoriya relii Vostoka. 3-izd. – M.: 1998.

  3. Iz istorii drevnix kulьtur Sredney Azii. Xristianstvo.- T.:1994.

  4. Iso Jabborov, Ruhiy olam: jaholat va kamotlot. -T.: O’zbekiston, 1998.

  1. Dervish R.A., Levteva G., Musapaeva A. Pamyatniki istorii, religai i kulьturn v Uzbekistane. - T.: 1994.

  2. Osnovm religiovedeniya. Pod redaktsiey I.N. Yablokova.Izd. vtoroe.-M.: 1998.

  1. Frezer D.D. Zolotaya vetvь.-M.: Politizdat, 1986.

  2. Frezer D.D. Folklor v Vetxovom zavete.-M.: Politizdat, 1985.


12- Mavzu: Islom dinining paydo bo‘lishi
REJA:

  1. Arabiston yarim orolida islom vujudga kelgan davrdagi shart-sharoit va ma’naviy hayot.

  2. Islomning kelib chiqishi,shakllanishi va boshqa o`lkalarga tarqalishi

  3. Islom ta’limoti

  4. Johiliya davri mohiyati.

Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Hozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni qariyib 1 milliard 800 million kishini tashkil etadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda.
Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistonida) paydo bo`lgan. Islom- arabcha so`z bo`lib, mazmuni bo`ysunish, itoat etish, o`zini Olloh irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim”- “Islomni qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli” demakdir. Ko`pligi “musulmon” deb ataladi. Bu so`z hozir o`zbeklarda – musulmon, qirg‘iz va qozoqlarda – musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi.
Umumiy tarzda, Islom – Olloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo`ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan ihlos qilmoqlik va Olloh buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir.
Islomning paydo bo`lishi VI asr ohiri – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy ahvol va ma’naviy hayot bilan bog‘liq holda ro`y bergan.
Bu davr Arablar katta –kichik qabila va urug‘larga bo`linib ketgan bo`lib, ular o`rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro`y berib turadi.
Ikkinchidan bu davrda Arabistonda ko`p Hudolilik dinlari mavjud bo`lgan.Asosan fetishizm – turli sanamlarga sig‘inish hukmronlik qiladi. Har bir qabilaning o`z dini sanami bo`lib 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanadi. Ularni Arablar vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib turishgan. Uchinchidan bu davrda Arab qabilalari o`rtasida Johiliya – bilimsizlik holati, jaholat hukmronlik qilardi. Y’ani arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi.
Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, xatti- harkatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg‘usi yoqolgan edi. fohishalik bir kasbga aylangan edi. Ayollarga hayvonlardek muomala qilinardi. Go`dak qizlarni tiriklayin ko`mish odati kabi yomon illatlar bo`lgan.
Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, ahloqsizlik, zo`ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o`sha davrni haqli ravishda Johiliya davri deb atagan va undan qutilishning najot yo`li kerak edi.
Bunday holatlarga, ayniqsa bo`linib ketgan Arab qabilalari o`rtasidagi o`zaro nizo va urushlarga barham berish uchun siyosiy,iqtisodiy, ma’naviy jihatdan birlashgan yagona Arab davlatini vujudga keltirishni davr taqazo etmoqda edi. Bunga esa yagona Hudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bo`lar edi.
Bu davrda Islomning paydo bo`lishi uchun g‘oyaviy muhit ham yetilib borayotgan edi. Chunonchi haniflar – chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar diniy harakati bunga yaqqol misol bo`la oladi. Haniflar Arab qabilalarini birlashitirish jarayonining g‘oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka hudoga ishonishini va ko`p hudolikka e’tiqod qilishdan voz kechishni targ‘ib qilardilar. Haniflar o`z targ‘ibotlarida Arablarni og‘ir ahvoldan qutqarish uchun haloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida habar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini uqtirardilar.
Shunday qilib bu davrda Arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni vujudga keltirish, yakka hudolikka o`tishga hijoz arablari ma’lum ma’noda tayyor edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o`z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islom dinining asoschisi Muhammad (s.a.v.)dir. Muhammad (s.a.v.) har tomonlama barkamol inson bo`lganlari u zotning shahsiy fazilatlari tufayli hijozliklarning harakati o`ziga hos hususiyatlar kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch Islomning vujudga kelishini eng muhim tarihiy voqealaridan biriga aylantirildi.
Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o`lkalarga tarqalishi.
Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab qabilalarining yakka hudo – Olloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning o`gli Muhammad nomi bilan chambarchars bog‘liq.
Qur’oni karimda 25 nafar payg‘ambarning nomi zikr etilgan. Muahmmad Olloh tomonidan odamlar orasidan tanlangan so`nngi payg‘ambar sanaladi. Muhammad ibn Abdulloh (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. Otasi Abdulloh Muhammad tug‘ilmasdan ikki oy oldin 25 yoshida vafot etgan. Muhammad 6 yosh bo`lganida onasi Amina ham vafot etadi. Muhammadni bobosi Abd al-Mutallib o`z tarbiyasiga oladi. Ikki yildan so`ng bobosi ham vafot etadi. Sakkiz yoshli Muhammadni amakisi Abu Tolib o`z tarbiyasiga oladi. Abu Tolib tijorat ishlari bilan shug‘ullanardi. Muhammad ham amakisi bilan tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. 25 yoshda Yamanga o`sha davrning badavlat ayoli Hadicha bilan uning mollarini sotishda ko`maklashish uchun boradi. Bu hamkorlik Muhammad bilan Hadichaning oila qurishiiga sabab bo`ladi. Ular 6 nafar farzand- ikki o`g‘il va to`rt qiz ko`rganlar. Farzandlaridan faqat Fotima o`sib ulg‘aydi, qolgan farzandlari bevaqt vafot etgan.
Muhammad amakisi Abu Tolibga yordam bo`lsin deb uning kichik o`g‘li Alini o`z yoniga olgan va keyinchalik qizi Fotimani unga turmushga bergan.
Muhammad 40 yoshga borganida uning hayotida Payg‘ambarlik davri boshlangan. Y’ani unga ilk vahiy kela boshlagan. Ana shu davrdan Muhammad Ollohning rasuliga – elchisiga aylandi. Bu faoliyat 23 yil davom etdi. Uning bir qismi Makkada (610-622), ikkinchi qismi Madinada (622-632) o`tgan.
Adabiyotlarda qayd etilishicha dastlabki vahiy ramazon oyining 26-sidan 27-siga o`tar kechasi kelgan. Shuning uchun bu kunni musulmonlar qadr, y’ani ilohiy qudrat kechasi sifatida nishonlaydilar. Ramazon oyini esa muborak deb biladilar. Kelgan vahiy Muhammad Payg‘ambarni insonlarni johiliyadan qutqarish va Olloh ko`rsatgan to`g‘ri yo`lga chaqirishga da’vat etadi.
Muhammad(s.a.v.) Makkaliklarni but va sanamlarga sig‘inishdan qutqarish va yagona Olloh e’tiqodiga olib kirish uchun 3 yil yashirin ravishda harakat qildi. Bu davrda Islom diniga kirganlar 30 kishini tashkil etdi xolos. Birinchi bo`lib Bibi Hadicha , keyin amakivachchasining o`gli Haydar y’ani Ali, asrandi o`g‘li Zayd ibn Horis islomga kirdi. So`ng Abu Bakr, az-Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abd ar Rahmon ibn Avf, Usmon ibn Affon va boshqalar islomni qabul qildilar. Shu tariqa Makkaliklar ikkiga ajralishdi. Bular Ollohning yakkaligiga ishonganlar- mo`min-musulmonlar , ishonmaganlar – mushriklar edi. Mushriklar Ollohni yakka deb e’tirof etmay, uning sheriklari bor, y’ani hudolar ko`p deb , turli sanam, tosh va hakozolarga, ko`plab hudolarga sig‘indilar. Mushriklar 23 yil davomida Muhammad(s.a.v.) targ‘ibotlariga tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqdilar. Ular hatto Muhammad Payg‘ambarni jismonan yo`q qilmoq payiga tushganlar.
619 yilda avval amakisi Abu Tolib, keyin hotini Hadicha vafotidan so`ng mushriklar payg‘ambarga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. U zot o`zga yerlardan tarafdorlar izlashga majbur bo`ldilar.
Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko`chdi. 622 yilda Makka zodagonlari bilan raqobatlashib kelayotgan Yasrib(Madina) dagi Abs va Hazraj qabilalarining vakillari musulmon jamoasini o`ziga qabul qilish , Muhammad(s.a.v.) ni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo`lishdi. Shu tariqa 622 yilda musulmonlar jamoasi Makkadan Madinaga ko`chadi. Buni tarixda hijrat- ko`chish deb yuritiladi.Musulmon yili Hijriy yil hisobi shu yildan boshlanishi rasmiy tan olingan. Ko`chib kelgan kishilar muhojirlar (ko`chib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Bu yerda Muhammad(s.a.v.) qisqa vaqt ichida tarqoq arab qabilalarini muhojirlar bilan birlashtirib bir jamoa – ummani tashkil etdi. Bu jamoa qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylandi. Diniy, ma’muriy va harbiy hokimiyat butunlay Muhammad Payg‘ambar qo`liga o`tdi. Madina atrofidagi barcha arab qabilalari bo`ysundirildi. Ayni vaqtda Madina va Makka o`rtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi va Badr, Uhud, Handoq kabi janglar bo`lib o`tdi. Nihoyat Makka zodagonlari 628 yilda Muhammad(s.a.v.) bilan kelishishga majbur bo`ldilar. 630 yilda musulmonlar qo`shini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Ollohning elchisi deb e’tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. 632 yilda Muhammad oila a’zolari bilan birga Ka’baga birinchi marta haj ziyoratiga keldi. Mazkur Haj tarixda “vidolashuv haji” deb yuritilib, Muhammad hajga to`plangan 124 ming musulmonga qarata tuya ustida o`tirib nutq so`zlangan. Bu nutq tarihda – “vidolashuv hutbasi” deb yuritilib, u nafaqat yig‘ilgan musulmonlarga, balki butun insoniyatga qaratilganligi va insoniyat tarixida eng buyuk inqilob yasaganligi bilan ajralib turadi. Vidolashuv hutbasi jaholiyat davrining butun hurofatlarini, butun yomonliklarini, qon da’volarini, sudho`rlikni, qimor,fohishalikni, ayollarga nisbatan past nazar bilan qarashni o`rtadan barham toptirishda muhim rol o`ynaydi.
Muhammad Payg‘ambar aytgan va’zlarining qisqacha mazmuni quyidagicha:
“Ey insonlar! So`zlarimni diqqat bilan eshitingiz. Bilmayman, balki bu sanadan keyin Siz bilan bu yerda yana bir bor birga bo`lolmasman.
“Ey insonlar”! ..Bu kuningiz (qurbon kuni) qanday muqaddas bo`lsa, bu oyingiz qanday muqaddas bo`lsa, bu shahrimiz (Makka) qanday muqaddas bir shahar bo`lsa, bilingizki, jonlaringiz, mollaringiz ham shu kabi muqaddasdir. Bularga qilingan har qanday tajovuz haromdir.
Ashobim! Hushingizni yig‘ib oling! Bilingizki, zinhor-bazinhor mendan keyin eski adashuvga qaytib bir-biringizning bo`yningizni kesmang!
Ashobim! Eski Johiliyat davridan qolgan hamma qon da’volari batamom bekor qilindi.
Ashobim! Kimning yonida bir omonat bo`lsa, uni egasiga qaytarib bersin.
Ey Insonlar! Hotinlarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shavqat, mehr ila muomalada bo`lingiz. Ularning haqlari hususida Ollohdan qo`rqingiz! Hotinlar Sizga Tangrining omonatidir. Ular Ollox nomiga so`z berib oldingiz. Sizning hotinlar ustida haqlaringiz bo`lgani kabi, ularning ham Sizda haqlari bor. Sizning xotinlardagi haqlaringiz – hotinlarning oila sharafini Siz yoqtirmaydigan hech bir kimsaga oyoqosti qildirmasliklaridir. Xotinlaringizning har turli yeyish va kiyish ehtiyojlarini ta’minlashingiz esa, ularning Sizning ustingizdagi haqlaridir…Bir xotin erining ruhsatisiz uning molidan biror narsani birovga berishi halol emas.
Ey mo`minlar! So`zlarimni yaxshi eshitingiz : …Hech kimning boshqalardan ustunligi yo`qdir. Sharaf va ustunlik faqat fazilat iladir. Har bir musulmon musulmonning birodaridir. Haqsizlik qilmang! Haqsizlikka bo`yin ham egmang! Odamning haqlarini yemang. Bir-biringiz bilan bo`g‘ishmang! …
Ey Insonlar! Har bir jinoyatchi o`z aybiga faqat o`zi javobgardir. Hech bir jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi.
Ey mo`minlar! Sizga bir omonat qoldiryapman. Unga mahkam bog‘laningiz sari yo`lingizda hech adashmagaysiz. Bu omonat Ollohning kitobi – Qur’ondir.
Ey insonlar! Haddan oshishlikdan saqlaning…”
Muhammad Rasulluloh hajdan qaytgach 632 yil 8 iyunda kasallanib vafot etdi. Bu davrga kelib Arabiston yarim oroli to`la birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy , etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil bo`lib hizmat qildi.va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi.
Muhammad Rasululloh vafot etgach u barpo etgan davlatni uning o`rinbosarlari – halifalar boshqargan. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda “Arab halifaligi” deb nom olgan.
632-661 yillarda to`rt nafar halifa – Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar halifalikni boshqarib yer yuzining katta qismini halifalikka bo`ysundirganlar.
661-750 yillarda qariyib yuz yil Islom tarixida Ummaviylar sulolasi hukmronlik qilgan. Bu davrda arablar istilosi va Islomning boshqa halqlar orasida tarqalishining ikkinchi davri boshlanib Shimoliy Afrika, Ispaniya yerlari bosib olindi.
Arablar VIII asrda O`rta Osiyoni – Movarounnahrni bosib oldilar va qattiqqullik bilan islomlashtirish siyosatini olib bordilar. Bu jarayon o`ta qiyin kechgan. Chunonchi ular raqiblarni o`ldirdilar, Islomni qabul qilmaganlarni boshiga turli- tuman kulfatlarni tug‘dirdilar, har xil yo`llar bilan mahalliy halqlarga zulm va ho`rliklarni o`tkazdilar, katta soliqlar soldilar. Ayni paytda arab hukmdorlari islomni qabul qilganlari uchun turli imtiyozlar yaratdilar, jumladan, ularni juz’yadan, y’ani jon solig‘idan ozod qildilar.
Shunday qilib, bir asrdan kamroq vaqt davomida shimoliy Hitoydan Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo`lgan katta hudud zabt etildi va Islom dini keng hududda tarqaldi.
O`rta Osiyo aholisining arablarga qarshi olib borgan erk va ozodlik kurashi bir yarim asr uzluksiz davom etdi. Ularning bu intilishlari, harakatlari nihoyat IX asrning oxirlariga kelib mintaqada arab halifaligi hokimyatining qulashi bilan yakunlandi. O`rta Osiyoda IX-XI asrlar davomida markazlashgan mustaqil davlatlar vujudga keldi.
Bu – Somoniylar ,Qorahoniylar,G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Horazmshoxlar davlatidir.
Arab halifaligi 632 yildan to 1258 yilgacha , y’ani 627 yil davom etdi. Undan keyin Misr Abbosiy halifaligi 1261- yildan 1517 – yilgacha, Usmoniylar halifaligi esa 1517 yildan 1924 yilga qadar hukm suradi.
Shunday qilib, Islom halifaligi jami 1293 yil amal qilib , 1924 – yilda Turkiya jumhuriyatining rahbari Mustafo Kamol boshchiligidagi Milliy majlis Usmonlilar halifaligini bekor qilinishi bilan nihoyasiga yetdi.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish