Ijtimoiy va tadbiqiy psixologiya >>>>>> BuxDU Pedagogika fakulteti 4-4 PSI-21 guruh talabasi BAXTIGUL CHORIYEVA Guruh tuzishning determinantlari Reja: - 1 Sotsial fikr va sotsial kayfiyat – ommaviy sotsial jarayonlarning muhim xarakteristikasi.
- 2 Katta sotsial guruhlar psixologiyasining emotsional tomonini sotsial fikr va sotsial kayfiyat shakllanishidagi ahamiyati.
- Har bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruxlar sharoitida shu turli guruxlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyadan chetda qolgan yoki insonlar guruxiga umuman qo‘shilmaydigan individning o‘zi yo‘q.Inson jamiyatda yashar ekan, u doimo o‘xshash turli shaxslar bilan muloqotda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruxida ro‘y beradi.
- Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o‘rganish va guruxlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
- Psixologik ma’noda gurux, - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar guruxi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo‘lishi shart. Masalan, talabalar guruxi uchun umumiy narsalar ko‘p:o‘quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o‘spirin yoshlar), ma’lum o‘quv yurtida ta’lim olish istagi va xokazo. Ko‘chada biror tasodif ro‘y berganligi uchun to‘plangan kishilar uchun xam umumiy bo‘lgan narsa bor - bu qiziquvchanlik bo‘lib o‘tgan xodisaga guvoxlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruxni aloxida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir gurux psixologiyasi uni tashkil etuvchi aloxida, shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o‘ziga xos qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruxlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. - Guruxni aloxida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir gurux psixologiyasi uni tashkil etuvchi aloxida, shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o‘ziga xos qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruxlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
- Guruxlarning turlari ko‘p, shuning uchun xam ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreyeva “Ijtimoiy psixologiya” darsligidagi klassifikatsiya guruxlarning asosiy turlarini o‘z ichiga qamrab olgan. U xar qanday kishilar guruxini avvalo shartli va real guruhlarga bo‘ladi. Real guruxlar aniq tadqiqot maqsadlarda to‘plangan laboratoriya tipidagi xamda tabiiy guruxlarga bo‘linadi.
- Konkret faoliyat va odamlarning extiyojlari asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruxlarning o‘zi kishilarning soniga qarab katta,kichik guruhlarga bo‘linadi.Katta guruxlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbatida endi shakllanayotgan - diffuz xamda taraq- qiyotning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa, muxim xisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan xolda, bevosita katta guruxlarning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga o‘tamiz.
- Katta guruxlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadqiq qilish prinsiplari. Katta guruxlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni ko‘pchilikni tashkil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruxga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruxlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lib ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarining o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruxlarda ish olib borishni afzal ko‘radilar.Lekin katta guruxlar, odamlar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy axamiyatga ega.
- U soxadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek, ko‘pchilikni qamrab olishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, katta guruxlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga mo‘ljallangan maxsus metodikalar ijtimoiy psixologiyada xam, sotsiologiyada xam kam ishlab chiqilgan. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi o‘rganilishi kerak deylik. Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarda ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |