Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar


-seminar mashg‘ulot. (2 soat)



Download 0,9 Mb.
bet16/20
Sana07.05.2023
Hajmi0,9 Mb.
#936136
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Gs5IxGRkBGs48eXg4vai

12-seminar mashg‘ulot. (2 soat)
SANOAT IQTISODIYOTI” FANIGA KIRISH


Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. А. Ортиқов. «Саноат иқтисодиёти» (Дарслик). — Т.: ТДИУ, 2009, 320 б.
2. https://mineconomy.uz/uz/node/1234
Ishning mazmuni:
Sanoatning ta’rifi va tavsifi
Bugungi kunda O‘zbekiston jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatdir. Davlatimiz rahbariyati tomonidan tanlab olingan taraqqiyot strategiyasi raqobatdosh, eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, u sanoatning barqaror va mutanosib ravishda o‘sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Har qanday fan o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega bo‘ladi. Shunday ob’ektning bo‘lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muxim shartidir. «Sanoat iktisodiyoti» ham o‘z
ob’ektiga ega. Uning ob’ekti umuman sanoat, xususan, Uzbekiston sanoati xisoblanadi. Shu bois eng avvalo, ushbu fanning ob’ekti hisoblangan sanoat
haqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati tugiladi.Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv
reallik (borliq)ning in’ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida
tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo‘lib yuzaga
kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji
bilan tarixiy jihatdan bog‘liqdir. Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim
hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun
va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum mikdor va sifatlarga, zarurat va
imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham bo‘lgan.
Uzbekiston sanoati ham o‘z taraqqiyoti jarayonida qator bosqichlarni bosib
o‘tgan. Eng avvalo, uy sanoati ("Ona qornidagi sanoat"), so‘ngra,
hunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi
shakllari yuzaga kalgan. Bu yerda: hunarmandchilikning juda kup turlari, ya’ni
kulolchilik, duradgorchilik, toshtaroshlik, binokorlik, o‘ymakorlik,
kashtaduzlik, ko‘nchilik, tukuvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo‘zlik, bo‘yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan. Xunarmandchilik («xonaki sanoat») bronza asrida dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi Uzbekiston hududida anchagina xunarmandchilik markazlari tashkil topgan.IX—X asrlarda ip, mato, gilam bo‘yicha Xiva va Shosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo‘yicha Farg‘ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII—XIII asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan xunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarkand, Xiva, Toshkent, Shaxrisabz kabi shaxarlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alohida
ahamiyat kasb etgan. XVIII asrning 60-70-yillarida Angliyada ro‘y bergan sanoat
to‘ntarilishidan keyin Uzbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga o‘tish boshlandi. Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash, ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi.
XIX asr oxiriga kelib, Uzbekistonda xunarmandchilikning 30 ga yaqin turi rivojlangan. XX asr boshlarida esa xunarmandchilikning asosiy kismi artellarga, keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan. XX asrda O’zbekiston sanoatida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar asr boshlarida sanoat maxsulotining eng muxim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom ipak, o‘simlik moyi, uzum vinosi, g‘isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, asr oxiriga kelib yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog‘idir. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqei ko‘tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan yangilashda ishchilarning avangardlik roli to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, faqat ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuvi, jipslashuvi va istiqlolni himoya qilish,
mustahkamlash va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish mumkin. Ana shu fikrni O’zbekiston voqealigi kun sayin tasdiqlamokda. O’zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy maxsuloti, milliy daromadning asosiy qismini bunyod etmokda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishda faol ishtirok etayotir. O’zbekiston Respublikasi ishchilari kiyofasida xam barcha rivojlangan mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnatkash va insonlar
munosabatining yuksak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror toptiruvchi, yangi hayot uchun ilgor kurashchi xislatlari bir butun bo‘lib mujassamlashgan. Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat
xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasi o‘sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir. O’zbekiston mehnatkashlarining bilim va ko‘nikmasi, ishlab chiqarish malakasi va mahorati, madaniy va ma’rifiy saviyasini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda xam sanoatning yuqori urin tutishini ko‘rish mumkin. Sanoat — mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va barqarorlikni saqlashning muxim omili, qo‘shni mamlakatlar mustakilligini, hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim soxadir. O’zbekiston davlati mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebaxodir. Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va
tashkiliy intilishlari, ularning xo‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida o‘z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan-texnikaning barcha yutuklaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari yuzaga keladi. Sanoat, ayniqsa, og‘ir sanoat — butun ijtimoiy ishlab chiqarishni idustrlashtirish muammolarini hal etish kalitidir. Shu sababli jamiyatning moddiy-texnika asosini qaytadan qurish ishini o‘zbek halqi Prezident
rahbarligida umuman sanoat, xususan, uning eng muxim soxalarini rivojlantirishdan boshladi. Chunki bu soxalar O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy qudrati, xalq farovonligini yanada oshirishning poydevori hisoblanar edi, bundan keyin xam shunday bo‘lib qolaveradi. Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi — konkentratsiyaning yuqori darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg‘unlashtirish
asosida ijtimoiy ishlab chikarishni uyushtirishning ilg‘or usullari—
ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va maxalliylashtirish ham sanoat
soxasida hukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tarakkiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk
harakatlantiruvchi kuch — raqobat, ya’ni bellashuv, rakiblar kurashi ham sanoat
sohasida rivoj topadi. Ilgor texnika va texnologiyalardan foydalanish,
materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish,
ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning rakobatbardoshligini yuqori darajaga
ko‘tarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini ko‘tarish uchun
harakat va boshka mehnat an’analari ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi
va kelmokda.
Mustaqillikning afzalliklari va davlatning iktisodiy siyosati
sanoatning yetakchi o‘rnini yanada oshirmokda. Islohotlarning asosiy
yo‘nalishlari va ularning yechimini topish dastavval sanoat sohasida amalga
oshirilmokda va yaxshi samara bermoqda.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish