Ijtimoiy tizimlarning turlari Ijtimoiy menejment muammolar Ijtimoiy menejmentning asosiy qonunlari



Download 223,82 Kb.
bet2/2
Sana21.07.2022
Hajmi223,82 Kb.
#833673
1   2
Bog'liq
ijtimoiy menejment muammolarini orga

aniq - tarixiy. Bu ijtimoiy boshqaruv munosabatlarini ularga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirida o’zgarish va rivojlanish holatida bo’lgan jarayonlar sifatida o’rganishga imkon beradi;
- majmuaviy. Bu boshqaruv munosabatlarini o’rganishda iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy - psixologik va boshqaruv munosabatlari tahliliga boshqa yondashuvlar o’zaro aloqadorligini nazarda tutadi;
- jihatli. Bu biror bir maxsus fan (falsafa, siyosiy iqtisod, sotsiologiya, psixologiya va h.k.) tomonidan maxsus tadqiqot qilinadigan munosabatlar ostida namoyon bo’ladigan boshqaruv munosabatlarining bir tomoni, bir xususiyatini o’rganishga imkon beradi;
- tizimli. Bu ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi tizimchalarni umumiy maqsadli elementlar bilan birlashgan yagona majmua sifatida qarashga, tizimnmng xususiyatlari, uning ichki va tashqi aloqalarini aniqlashga imkon beradi.
    • Uslubiy tadqiqotlarning asosiy maqsadi hodisalar, tizimlar va boshqaruv jarayonlari haqida bilim olish uchun yanada samarali yo’llar, yondashuvlar va usullarni ishlab chiqishdan iborat.

Ijtimoiy menejmentning samarali usullariga modellashtirish (turli ko’rinishdagi modellar qo’llaniladi: fizik, grafik, matematik va boshqalar), tajriba-sotsiologik va psixologik (so’rovlar, testlar, kuzatuvlar va boshqalar), shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy usullar (dasturlash, o’yinlar nazariyasi, axborot nazariyasi va boshqalar) kiradi.
Boshqaruv munosabatlari quyidagilarga bo’linadi:
- boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar, ya’ni bevosita ijtimoiy boshqaruv ob’ekti va sub’ekti o’rtasidagi munosabatlar;
- boshqaruvchi tizim ichidagi boshqaruv munosabatlari: boshqaruv pog’onalari, darajalari o’rtasida (vertikal aloqa); har bir pog’onaning boshqaruv bo’g’inlari o’rtasida (gorizontal aloqa);
- rahbar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar: har bir boshqaruv zvenosida, turli boshqaruv bo’g’inlaridagi munosabatlar.
Undan tashqari, ijtimoiy boshqaruv munosabatlari quyidagilarga bo’linadi:
- soha, mintaqa, sohalararo, hududiy - sohaviy, hududlararo;
- tashqi (atrof-muhit bilan munosabatlar) va ichki (tizim elementlari hamkorligi munosabatlari);
- tizimlararo va aralash, shuningdek, jamoaviy va individual;
- vaqtinchalik va doimiy, bevosita va bilvosita;
- chiziqli, funksional va aralash.
Ijtimoiy boshqaruv qonunlari tizimida insonlar xohishiga bog’liq bo’lmagan ijtimoiy va iqtisodiy qonunlar yetakchi rol o’ynaydi. Ularning harakati faqat kishilar faoliyatida namoyon bo’ladi. Boshqaruvchi tizim kishilar mehnatini birlashtirib, maqsadni aniqlash, uni amalga oshirish yo’llarini izlash, erishilgan natijalarni baholashda namoyon bo’ladigan ijtimoiy va iqtisodiy qonunlar talablariga qat’iy rioya qilishi lozim. Masalan, asosiy ijtimoiy qonunlarga ijtimoiy rivojlanish qonunlari, ijtimoiy stratifikasiya qonunlari va boshqalar kiradi.
    • «Qonun» tushunchasi ham, «qonuniyat» tushunchasi tegishli bo’lgan guruhga kiradi. Ham qonun, ham qonuniyatlar o’rganilayotgan hodisalar o’rtasidagi umumiy va kerakli aloqalarni o’rnatadi. Menejment nazariyasida «qonuniyat» tushunchasi qonunning nazariy tadqiqot boshidagi dastlabki shakli sifatida qaraladi.

Ijtimoiy menejmentning asosiy qonunlariga quyidagilar kiradi:
- jamiyat rivojlanishining madaniy, siyosiy va iqtisodiy omillar bilan shartlashtirilgan ijtimoiy boshqaruv tizimining birligi. Bu uzluksiz boshqaruv munosabatlari zanjirida menejmentning asosiy vazifa va uslublari qorishmasida namoyon bo’ladi;
- ijtimoiy tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim-chalari nisbati. Bu shu tizimchalarning samarali amalga oshishini ta’minlash maqsadida ular orasidagi oqilona nisbatni nazarda tutadi;
- ijtimoiy boshqaruv vazifalari markazlashuvida optimal munosabat. Boshqaruvning markazlashish darajasi jamiyat rivojlanishi jarayonida o’zgaradi va bu o’zgarish ijtimoiy boshqaruv qonuni hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichi uchun markazlashishning o’z maqbul darajasi bo’lishi lozim;
- aholi turli qatlamlarining ijtimoiy boshqaruv, uning samaradorligi va mas’uliyatini oshirishda ishtirok etishi. Chunki moddiy va ma’naviy ne’matlarning jamiyat ishlab chiqarishi aholi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga bo’ysundirilgan.
Ijtimoiy menejment tamoyillari quyidagicha bo’lishi lozim:
    • jamiyat rivojlanish qonunlari, uning ijtimoiy qonunlari va menejment qonunlarida asoslangan bo’lishi;
    • ijtimoiy menejment maqsadlariga mos kelishi, menejmentning asosiy xususiyatlari, aloqa va munosabatlarini aks ettirishi;
    • ijtimoiy boshqaruv jarayonlarining vaqtinchalik va hududiy jihatlarini hisobga olishi;
    • huquqiy rasmiylikka ega bo’lishi, ya’ni turli me’yoriy hujjatlarda mustahkamlangan bo’lishi.

Ijtimoiy menejmentning asosiy tamoyillari quyidagilar:
- qaror qabul qilishda birlik va uni muhokama qilishda jamoaviylik tamoyili;
- davlat - ma’muriy, xo’jalik va ijtimoiy - madaniy menejmentning birdamlik tamoyili;
- soha va hududiy ijtimoiy boshqaruvning aralashma tamoyili;
- ijtimoiy boshqaruvning ilmiyligi tamoyili;
- ijtimoiy boshqaruvni bashorat qilish tamoyili;
- mehnatni rag’batlantirish tamoyili;
-ijtimoiy boshqaruv natijalari uchun mas’uliyat tamoyili;
-kadrlarni oqilona tanlash, ularni tayyorlash, joylashtirish va ishlatish tamoyili;
-boshqaruvning tejamkorlik va samarador tamoyili;
-tizimlilik tamoyili;
-ierarxlik tamoyili;
-zaruriy turli-tumanlik tamoyili;
-qaytma aloqaning majburiyligi tamoyili.
Boshqaruvning bu tamoyillari ijtimoiy boshqaruv va jamiyat jarayonlarining rivojlanishi natijasida o’zgarib boradi.
Ijtimoiy boshqaruvning tamoyillari butunlay yo’qolib ketmaydi, chunki bu tamoyillar menejment tamoyillari bilan ifodalanadi.
Download 223,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish