Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanilishi



Download 60,93 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi60,93 Kb.
#322400
Bog'liq
m22

Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanilishi

Reja:

  • 1. «Shaxs» tushunchasi .
  • 2. Ijtimoiy muhit .
  • 3. Shaxsga taalluqli bo‘lgan fazilatlar.
  • 4. “Shaxs” va “individ” tushunchalari .
  • 5. XULOSA.
  • 6. ADABIYOTLAR RO’YHATI

«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmagan.

Ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi.

Shaxs - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsulii, ongli faoliyatning sub’ekti bo‘lmish individdir. SHaxsga taaluqli bo‘lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’ekt, ham sub’ekt bo‘lishlikdir.

Shaxsga taalluqli bo‘lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob’ektni), so‘ngra shu ta’sirlarning sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanok «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o‘sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir.

shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib - qoidalarni qabul qiluvchi sub’ekt bo‘lsa, jamiyat - ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.

Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat kollektivlari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshk.) bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab, boshqa o‘quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi.

“Shaxs” va “individ” tushunchalari haqida etakchi rus psixologlari B.G.Ananaev, A.N.Leont’ev, B.F.Lomov, S.YA.Rubinshteyn kabilar o`z tadqiqotlarida alohida to`xtalganlar. A.N.Leont’ev shaxsan individ tomonidan egallab olingan alohida fazilat, inson munosabatlari to`lqinidagi sistemali “g`ayrihissiy” fazilatlar egasi ekanligini ta’kidlagan. Shaxs sifatida kamolga erishmagan individ bo`ladi.



1
    • Ijtimoiylik

2
    • Ongga ega bo’lish

3
    • Faollik

4
    • insonni falollikga undovchi narsa ehtiyojdir.

Individ bo`lib tug`ilgan insonni shaxsga aylanishi uchun nimalar zarur?

XULOSA

Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam tug’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik tug’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir.

SHaxsning belgisi va o‘zini anglashining mazmuni – uning biron maqsadni ko‘zlashi, shunga intilishidan iborat.

SHaxsning muhim xossasi shuki, u biron maqsadni ko‘zlaydi, shu maqsadga intiladi.

ADABIYOTLAR RO’YHATI

  • Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston kelajagining poydevori. T., 1997
  • Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., O’zbekiston, 1997 Levantuev P.I., Asqarxo’jaev A., CHudnovskiy V.E., Vohidov M.V.
  • Bolalar psixologiyasi ocherklari. T., “O’qituvchi”, 1994
  • Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik texnologiya. T., 2004
  • Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o’qituvchisi psixologiya. T., 1998
  • SHerbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum. T., 1991
  • Vohidov M.V. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. T., “O’qituvchi”, 2010
  • G’oziev E. Psixologiya. T., “O’qituvchi”, 2010
  • Goziev E. Ontogenez psixologiyasi. T. 2012
  • Karimova V. Va boshqalar. Mustaqil fikrlash. T., “SHarq”, 2000
  • Pedagogika / Yu.K.Babanskiy tahriri ostida. T., 1993.
  • Pedagogika tarixidan xrestomatiya / Tuzuv-mual. O.Xasanbaea. T., 1992.
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., 1992.

Download 60,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish