Ijtimoiy sohadagi islohotlar ni rivojlantirish


Ijtimoiy sohadagi qayta oʻzgartirishlar



Download 30,81 Kb.
bet3/8
Sana30.08.2021
Hajmi30,81 Kb.
#159973
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLAR NI RIVOJLANTIRISH

Ijtimoiy sohadagi qayta oʻzgartirishlar diqqat-eʼtibor markazida turibdi. Ayniqsa, qishloq joylarda va chekka hududlarda aholining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, kompleks infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosi taʼminlanmoqda. Koʻrilayotgan chora-tadbirlar respublika aholisi turli toifalarining moddiy farovonligi, hayot darajasi va sifati oshishiga muayyan darajada koʻmaklashdi.

Shu bilan birga, mamlakatni yanada jadal rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining amaldagi yondashuvlari va ish usullarini qayta koʻrib chiqish zarurligini, uning faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi va innovatsion usullarini joriy etishni, davlat siyosati amalga oshirilishi va biriktirilgan sohalarda aniq natijalarga erishish uchun idoralar rahbarlarining mustaqilligini oshirishni taqozo etadi.

Hukumatning tashkiliy-shtat tuzilmasini tubdan qayta koʻrib chiqish, hujjatlar ekspertizasi tartibotlarini jiddiy ravishda soddalashtirish, qarorlar qabul qilishning tezkorligini taʼminlash, chet elda keng qoʻllaniladigan aniq koʻrsatkichlarga erishishga va maqsadli indikatorlarga asoslangan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlari faoliyatini baholash tizimini joriy etish talab etiladi.

Hukumat ishini tashkil etishni tubdan takomillashtirish, ijro etuvchi hokimiyat organlarining zamonaviy talablarga javob beradigan sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining shaxsan eʼtibori mavjud kamchiliklarning qatʼiyatlik bilan bartaraf etilishi zarurligiga, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsip oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirilishiga qaratilsin.

2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi/Hukumat) faoliyatini tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali ijro etilishida Hukumat aʼzolari, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlari rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlarning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida mustaqilligini oshirish;

aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlash;

hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;

davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki tartibi va darajasini aniq reglamentlash orqali iqtisodiyot tarmoqlariga maʼmuriy taʼsir koʻrsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, “xufiyona iqtisodiyot”ning oldini olish, pasaytirish va tizimli qarshi kurashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

komplekslar, Bosh vazir oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasining apparati, eng avvalo, uning asosiy boʻgʻini — axborot-tahlil departamentlari tuzilmasini takomillashtirish va ixchamlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi sifatini yaxshilash, ijro intizomi darajasini oshirish, koʻp sonli yigʻilishlar, ortiqcha yozishmalar va samarasiz xizmat safarlari amaliyotiga chek qoʻyish;

ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini ixchamlashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish.

3. 2019 yil 1 apreldan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanishi;


Download 30,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish