Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet433/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI  

   


259  

  

«Epos»  atamasi  qadimgi  yunonchadan  olingan  bo‘lib,    so‘z,  hikoya,  qissa  ma’nolarini 



anglatadi.  Unda  muallifning  o‘zi  aralashmagan  holda  voqeanavislik    qilishi,  ya’ni 

ijodkorsub’ektdan voqelik-ob’ekt alohidalik tabiatiga egaligi eng muhim belgi hisoblanadi.   

“Lirika” eposdan ko‘pincha qat’iy syujet chiziqlariga ega emasligi, voqelikni ob’ektda emas, 

sub’ektda berilishi, bevosita muallifning «aralashuvi» bilan shartlanganligi tufayli ajralib turadi. 

Ayni paytda ko‘lam  nuqtai nazaridan ham uni  farqlash  mumkin;  lirikadagi  voqelik  muallifning  

hissiyotlari  prizmasidan  o‘tib,  idrok  etuvchiga  etib  boradi;  unda  hajm  eposdagidek  katta  ham 

bo‘lishi mumkin, lekin miqyos, ko‘lam sub’ektlashtirilgan ob’ekt tarzida, sub’ektning bir qismi 

sifatida nisbatan torayadi va kichrayadi.   

“Drama”  (yunonchada-harakat  degani)  sahnada  ijro  etishga  mo‘ljallangan,  matni 

qatnashuvchilarning 

dialog 

va 


monologlari 

asosiga 


qurilgan, 

voqelikdagi 

hayotiy 

qaramaqarshiliklarni  zididiyat  holati  (konflikt)  orqali  ifodalaydigan,  san’atning  nisbatan  «sof» 

adabiy  xili.  Dramada  lirikadagi  sub’ektivlashish  hodisasi  yo‘q,  eposdagi  voqeanavislikni  ham 

uchratmaymiz:  hamma  narsani  ishtirok  etuvchilarning  xatti-harakatlari  va  nutqlari  hal  qiladi. 

SHuningdek, unda eposdagi «og‘ir karvonlikni», lirikadagi «oniy kayfiyatni» ham ko‘rmaymiz: 

qahramonlar taqdiri dinamik tarzda rivojlanib boradigan fojeaviy azob-uqubatlar, og‘ir ko‘rgiliklar 

yoki tanqidiy kulgi vositasidagi echim bilan nihoya topadi.   

YUqoridagi fikrlarimiz san’atni xillash bilan bog‘liq qarashlar edi. Endigi mulohazalarimiz 

san’at turlari xususida bo‘ladi.  

 Mazkur  mulohazalarni  hisobga  olgan  holda,  biz,  san’atning  mavjudlik  shartidan,  ya’ni 

uning ma’naviy borliq sifatida namoyon bo‘lish holatidan kelib chiqib, ko‘pchilik tomonidan qabul 

qilingan makon (me’morlik, haykaltaroshlik v.h.), zamon (badiiy adabiyot, musiqa v.h.) va makon-

zamon (teatr, sirk v.h.) bo‘yicha tasniflashtirishni ma’qul deb hisoblaymiz. Biroq san’at tarixiy 

hodisa ekanini, u  qadimdan tadrijiy  rivojlanib kelganini, taraqqiyoti mobaynida o‘zgarishlarga 

uchraganini  va  ma’lum  bir  tarixiy  davrda  muayyan  san’at  turi  faol,  etakchi  bo‘lganini  nazarda 

tutib,  ayni  paytda  yuqoridagi  birgina  turkumlashtirish  hamma  tomonni  qamrab  olomasligini 

hisobga  olib,  masalaga  tarixiylik  tamoyili  asosida  yondashuvni    ham  maqsadga  muvofiq  deb 

o‘ylaymiz. SHundan kelib chiqqan holda, biz taklif etayotgan tasnif san’at turlarini uch turkumga 

bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Bular:   

1.

 



Arxaik  -  endilikda  tarixga  aylangan,  hozirga  paytda  real  hayotda  amalda 

bo‘lmagan.   

2.

 

An’anaviy  -  qadimdan  hozirgi  kungacha  o‘z  o‘rnini  va  ahamiyatini  yo‘qotmay 



kelayotgan.   

3.

 



Zamonaviy – ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida vujudga kelgan «texnikaviy», yangi 

san’at turlari.  

Ushbu  tasnifga  ko‘ra,  arxaik  san’at  turlari  –an’anaviy  san’at  turlari  –  badiiy  adabiyot, 

baxshilik,  me’morlik,  ko‘rgazmali  amaliy  san’at,  haykaltaroshlik,  rangtasvir,  grafika,  musiqa, 

teatr, raqs, qo‘shiqchilik, estrada, sirk va askiyani; zamonaviy san’at turlari  – fotosan’at (badiiy 

suratkashlik), kino, televidenieni o‘z ichiga oladi.  

Mazkur  ikki  yo‘nalishdagi  turkumlashtirish  ma’lum  ma’noda  san’at  turlarini 

tasniflashtirishni estetik boshqotirmaga aylanib ketishdan saqlashga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.   




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish