Insoniylik nuqtai nazaridan qaralganda nikoh - muqaddas ishdir. CHunki u halollik asosida
bo‘lajak farzandlarda, oilaning barakali bo‘lishida o‘z salbiy oqibatlarini ko‘rsatishi mumkin.
Qonun tilida nikoh bola tug‘ilishini qonunlashtiradigan alohida turdagi xususiy shartnomani
212
anglatadi. SHariat bo‘yicha nikoh shartnomaga o‘xshab ketsada, undan farq qilgan. U umurbodga
tuziladi. SHariat muddatli shartlarga yo‘l qo‘ymagan. Agar nikoh ahdida muddatli shartlarga
ma’lum hafta, oy yoki yilga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday nikoh haqiqiy emas deb sanalgan.
SHariat bo‘yicha nikohdan o‘tish uchun nikohdan o‘tuvchilardan bir qator shartlarga rioya qilish
talab etilgan. Ular: birinchidan-nikohdan o‘tuvchilarning o‘zaro roziligi; ikkinchidan-nikoh
yoshiga to‘lish; uchinchidan-nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; to‘rtinchidan-kelin uchun qalin
va mahr to‘lash; beshinchidan-diniy e’tiqod birligi; oltinchidannikohdan o‘tadiganlar yaqin qon
- qarindosh bo‘lmasligi; ettinchidan-tabaqa bo‘yicha tenglik; sakkizinchidan-nikohdan
o‘tivchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi lozim. Shariat bo‘yicha nikoh yoshi ug‘il bolalar
uchun 12 yosh, qizlar uchun 9 yosh belgilangan. Shunda o‘g‘il bolalar jinsiy jihatdan voyaga etgan
bo‘lishlari lozim. Amalda esa o‘g‘il bolalar-14, qizlar-12 yoshga to‘lganda nikoh tuzilgan. Shariat
bo‘yicha nikoh ahdini tuzish vaqtida albatta ikki kishi guvohlikka o‘tishi lozim. Guvohlikka
o‘tishga qo‘yilgan shaxslar nikoh ahdini tuzuvchilarning o‘zaro roziligini o‘zlari bir vaqtning
o‘zida eshitgan bo‘lishlari lozim edi. Shariat bo‘yicha nikoh ahdini tuzishning navbatdagi sharti
ajratilgan mahrni berishdan iborat bo‘lgan. Bu siz nikoh haqiqiy emas, deb sanalgan. Mahr kuyov
tomonidan kelinga berilib, uy-joy va sepdan iborat bo‘lgan. Har bir hududda mahr, qalin hajmlari
har-xil bo‘lgan. Shariat bo‘yicha, faqat islom diniga mansub bo‘lgan shaxslargina o‘zaro nikoh
tuza olgan. Agar ayol boshqa dindan islom diniga o‘tsa, u bilan nikoh qurish mumkin edi. Qur’oni
karimning “Niso” (4)-surasinin 22-24oyatlarida nikoh taqiqlangan hollar batafsil belgilab berilgan.
Nikoh ahdini tuzishda talab qilinadigan shartlardan biri tabaqa bo‘yicha tenglikdir. Nikoh haqiqiy
teng bo‘lishi uchun “kafalat” - nikohga kiruvchi shaxslar urug‘i, qarindoshligi bo‘yicha va
unvonlarda teng bo‘lishi lozim edi. Shariat bo‘yicha nikoh ahdini tuzuvchi tomonlar ruhiy jihatdan
sog‘lom bo‘lishi lozim. Aqldan ozgan shaxs bilan tuzilgan nikoh tuzilmaydi. SHariat bo‘yicha
erkaklar bir vaqtning o‘zida bir qancha xotin olishlari, ammo ularning soni to‘rttadan oshmasligi
lozim edi. Sababi agar bir erkak faqat bir ayolga uylanishi mumkin deyilsa, erkaklar sanog‘idan
ortib qolgan ayollarga zulm qilingan bo‘lur edi. Ya’ni, bu ayollar o‘zlarining turmush qurish va
ona bo‘lish huquqlaridan mahrum bo‘lib qolar edilar. Natijada jamiyatda nopoklik va maishiy
buzuqliklar yuzaga kelar edi. Shuning uchun Islom moddiy imkoniyatlari bor erkaklarga ko‘p
xotinlik bo‘lishga ruxsat beradi. Bunday holat Turkiston sharoitida ham mavjud bo‘lib, erkaklar
ikki va undan ortiq xotinlarga uylanib, ular bilan bir umumiy xo‘jalikni vujudga keltirganlar.
Musulmonalar nikoh tuzilishiga qadar bir qator diniy urfodatlarni bajarishlari lozim bo‘lgan. Bu
urf-odatlarning biri sovchilik bo‘lib, bo‘lajak kuyovning yaqin qarindoshlari kelinning ota-onasi
huzuriga borib, nikoh to‘g‘risida kelishib oladilar. Bu jarayon “fotiha qilish”, “unashtirish” deb
atalgan. Ikkinchidan, nikohni xalqqa e’lon qilish uchun ziyofat berish musulmonlar uchun sunnat
amallaridan biri hisoblangan. Uchinchidan, nikoh ahdini tuzish vaqtida ruhoniyat vakili bo‘lmish
mulla, ikki guvoh va kuyov kelinning uyiga, yoki kelin va kuyov guvohlari bilan masjidga boradi.
Mulla nikoh “xutba” sini o‘qishdan oldin er-xotinlik shartlari, er va xotinning burch va huquqlarini
tushuntiradi, kelin va kuyovning roziligini so‘raydi, tasdiqlovchi javobni eshitgan mulla nikoh
xutbasini o‘qiydi. Nikoh ahdi tuzilgandan so‘ng nikoh vasihasini olish vaqtida ikki taraf ham
mullaga yoki qoziga pul to‘lashi lozim edi. Bu vasiqa “nikoh pattasi”, to‘langan pul esa “nikoh
koma” deb nomlangan. Nikoh ahdi tuzilgandan e’tiboron kelin erining uyida bo‘lishi lozim. Kelin
erining uyiga asosan to‘ydan so‘ng borgan. Yuqorida ko‘rsatilgan nikoh ahdini tuzish vaqtida
bajarilishi lozim bo‘lgan holatlarni hisobga olib, qo‘yidagi xulosaga kelish mumkin: shariat
bo‘yicha nikoh tuzish o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, islom dini tomonidan belgilangan
talablar uning qonuniyligi va oshkoraligini ta’minlagan.
Nikohning qonuniy jihatlari. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston
Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan "Oila kodeksi"da batafsil bayon qilingan
bo’lib, ularning asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat,
213
ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir - biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha
a’zolarining mas’ulligi hissi asosida ko’rishdan, biron bir shaxsning oila masalalariga
o’zboshimchalik aralashishiga yo’l qo’ymaslik, oila a’zolari o’z huquqlariga to’sqinliksiz amalga
oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iborat. Oilaviy turmushda ota
- onalar quyidagi huquqlarga ega bo’ladi va bajarilishi ularning burchlari hisoblanadi: 1) bolalarga
ism - sharif va familiya qo’yish; 2) ularning fuqaroligini va millatini belgilash;
3) o’z bolalariga vakillik qilish, ya’ni ular xali huquqiy muomalaga layoqatsiz ekanlar, ularning
huquq va manfaatlarini himoya qilish; 4)o’z bolalarining istiqomat joylarini belgilash va ularni
qonunsiz ushlab turgan shaxslardan talab qilib olish; 5) o’z bolalarini tarbiyalash, ularga nafaqalar
berish va hokazo. Ota-ona o’z bolasiga qaramasa, tashlab ketsa, jinoyat yo’liga o’tib burchlarini
bajarmasa ular otalik, onalik huquqlaridan mahrum etilishi mumkin hamda ular keyinchalik
farzandlaridan nafaqa olish huquqlaridan ham mahrum bo’ladilar. O’z navbatida, farzandlar ham
ota - onalarining oldida o’z burchlarini bajarishlari shart bo’lib, bularga mehnat qobiliyatini
yo’qotganda, kasal bo’lganda, boquvchisiz qolgan ota - onalarga g’amxo’rlik qilish va hokazolar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: