Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 

 

KATEGORIYALARI 

 

 

  



65  

 

(masalan: ahloq, din, huquq va shu kabilar) jamiyatni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi asosiy 



kuchlardir, degan  g‘oyani ilgari suradilar.  

Nihoyat, rivojlanish to‘g‘risidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida bir butun taraqqiyot 

nazariyasi  faqat  nemis  klassik  falsafasidagina  paydo  bo‘ldi.  Bu  falsafaning  asoschilaridan  biri 

Immanuil Kant

 rivojlanish  g‘oyasini quyosh sistemasi va barcha yulduzlar dunyosini izohlashga 

tatbiq etib, uni hatto insonning ijtimoiy rivojlanishiga, xususan, insonning ahloqiy rivojlanishiga 

ham  joriy  etishga urinadi.  Kantning shogirdi Gerder  esa rivojlanish g‘oyasini  butun  xalqlarning 

tarixi taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo‘lib tatbiq etadi. Bu davrga 

kelganda, dialektika tushunchasi endi rivojlanish  g‘oyasini ifodalay boshlaydi.  

Dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun jihatdan boy va chuqur ta’limot 

sifatida  birinchi  marta  nemis  klassik  falsafasining  buyuk  vakili  Gegel  ishlab  chiqdi.  Gegelning 

ulug‘ xizmati shu bo‘ldiki, u birinchi bo‘lib, butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir jarayon 

shaklida,  ya’ni  uzluksiz  harakat  qilib,  o‘zgarib,  qaytadan  tuzilib,  taraqqiy  qilib  turadigan  holda 

ko‘rsatdi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bog‘lanishini ochib berishga urindi. Natijada, 

insoniyat tarixi insoniyatning o‘zining taraqqiyot jarayoni sifatida maydonga chiqdi va endilikda 

tafakkurning vazifasi bu jarayonning barcha yanglishib yurishlari ichida uning izchil bosqichlarini 

kuzatib  borish  va  zohiriy  tasodiflar  orasida  bu  jarayonning  ichki  qonuniyatlarini  isbot  etishdan 

iborat bo‘lib qoldi.  

Gegelning taraqqiyot to‘g‘risidagi bu qarashi dialektika haqidagi falsafiy ta’limotni yanada 

boyitadi. Gegel birinchi bo‘lib dialektikaning barcha kategoriyalari va qonunlarini ta’riflab bergan 

edi. Lekin dialektika Gegelda mistiklashtirilgan, bir tomonlama, boshi bilan turgan dialektika edi. 

Chunki  Gegelning  fikricha,  dialektika  «fikrning  har  qanday  ilmiy  kengaytirilishining 

harakatlantiruvchi jonidir va u shunday bir prinsipdan iboratdirki, bu prinsip yolg‘iz o‘zi fanning 

mazmuniga immanent aloqa va zaruriyat kiritadi».  

Keyingi davrlarda  fan va amaliyot rivoji  natijasida dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur 

taraqqiyotining, ulardagi aloqadorlik  va  bog‘lanishlarning eng umumiy qonunlari  haqidagi  fan; 

voqelikdagi narsa va hodisalar, ularning fikriy in’ikoslari o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi 

prinsiplar, ularni doimo o‘zgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai 

«o‘z harakati»da, deb qaraydigan bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga to‘la tarixiy 

taraqqiyot haqidagi ta’limot sifatida maydonga chiqadi.  

Bu  dialektika  bir  butun  borliqning  eng  umumiy  aloqadorligi,  o‘zgarishi  va  taraqqiyoti 

to‘g‘risidagi ta’limot sifatida ham  moddiy dunyoga, ham uning  in’ikosi bo‘lgan  inson bilishiga 

xos  ta’limotdir.  Shunga  ko‘ra  bu  dialektika  o‘z  ichiga  ob’ektiv  va  sub’ektiv  dialektikani  oladi. 

Bunda moddiy dunyoning, undagi narsa va hodisalarning aloqadorlik va bog‘lanishlari, ularning 

harakati, o‘zgarish va rivojlanishlari ob’ektiv dialektikani tashkil etadi. Moddiy dunyoning inson 

miyasidagi in’ikosiga xos bo‘lgan bilish jarayonining dialektikasi sub’ektiv dialektika — ob’ektiv 

dialektikaning  kishilar  miyasidagi  in’ikosidir.  Demak,  ob’ektiv  dialektika  —  bu  narsalar, 

buyumlar dialektikasidir; sub’ektiv dialektika esa, ob’ektiv dialektikaning inson ongidagi in’ikosi 

— ya’ni, tafakkur dialektikasidir.  

Ob’ektiv  dialektika  sub’ektiv  dialektikani  vujudga  keltiradi.  Bu  jihatdan  dialektikaga 

yangicha  yondoshish  Gegel  dialektikasidan  tubdan  farq  qiladi.  Gegel  dialektikasiga  ko‘ra  fikr, 

tafakkur dialektikasi narsalar, buyumlar dialektikasini yaratadi, ya’ni sub’ektiv dialektika ob’ektiv 

dialektikani tug‘diradi. Boshqa faylasuflarning ta’limotiga ko‘ra esa, aksincha, narsalar, buyumlar 

dialektikasi fikr, tafakkur dialektikasini yaratadi.  

Dialektika  borliq,  ya’ni  tabiat,  jamiyat  va  inson  tafakkuridagi  aloqadorliklar  va 

rivojlanishlarning  umumiy  qonuniyatlari  haqida  bizga  to‘g‘ri  yo‘nalish  berib,  dunyoni 

o‘zlashtirish  va  o‘zgartirish  yo‘llarini  ko‘rsatib  beruvchi  nazariyadir,  usuldir.  Dialektika 

dunyoning  haqiqiy  ilmiy  manzarasini  yaratib,  kishilarda  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirishga 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish