Siyosiy jarayonlarning globallashuvi. Siyosiy sohada bu jarayon davlatning ishtirokisiz kechmasligi tushunarli. O‘tmish an’anaviy-agrar jamiyatlardagi o‘z-o‘zicha chegaralangan, bir-biridan ajratilgan ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, masalan, qabilalar, ularning davlat birlashmalari, shuningdek, keyinroq paydo bo‘lgan milliy maqomdagi davlatning o‘zaro aloqalari bulardagi o‘z-o‘zicha yetarlilikdan farqli o‘laroq industrial jamiyatlarda mintaqadagi kuchli mamlakat tevarak-atrofga belgilovchi ta’sir ko‘rsatib muayyan davlat birlashmalarini vujudga keltiradi. shu yo‘l bilan savdo, keltiriladigan xomashyo ustidan nazorat o‘rnatadi. hamda tegishli tarzda foyda qiladi.
Globalizatsiya bu sohada muayyan iqtisodiy manfaatlar tashvishlarining doirasini ifodalaydi. ayni vaqtda, mamlakat xizmati va xalqaro tashkilotlar ham bularning talablariga binoan ish ko‘rishi lozim. milliy hukumatning vazifalari hududiy-davlat chegaralaridan tashqariga chiqadi. xalqaro tashkilotlar, o‘z navbatida, masalalarni hal qilishda ba’zi o‘rinlarda hukumat darajalarida ish ko‘radilar.Siyosiy globallashuv hozirgi maqomini xx asrning o‘rtalaridan oladi. bu vaqtda bir tomondan texnologik inqilob yuz berib moddiy ishlab chiqarish, transport, informatika va telekommunikatsiya vositalari rivojlanishiga turtki bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotning o‘zini milliy chegaradan tashqariga chiqishi sodir bo‘lgan. Shundan e’tiboran davlatning avvalgi monopol holati kuchsizlanib bormoqda, deyish mumkin. endi xalqaro munosabatlarning to‘la qonli subyekttlari bo‘lib transmilliy kompaniyalar bilan bir qator nohukumat tashkilotlari, alohida hududlar va, hatto, alohida fuqarolar ham hisoblanadi.
1.2. Ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, institutlarning turli xil mafkuraviy maqsadlar bilan aloqadorligi
Hozirgi kunda til, madaniyat, urf-odatlardagi umumiylik, boshqacha aytganda, etnik birlikka asoslangan holda yagona mafkuraviy maydonni yuzaga keltirish borasidagi qarashlar ham mavjud. Bunday qarashlarning shakllanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda ularning har biri dunyoning mafkuraviy manzarasida muayyan o‘rinni egallashga urinmoqda. Panslavizm, panturkizm, paneronizm kabi g‘oyalar shular jumlasidan. Bugun dunyo turli qarashlar, g`oyalar, nuqtai-nazarlarning tamomila yangicha rivojlanish pallasiga kirib, bu unda yashovchi xalqlarning turmush tarzi, g`oya va mafkuralariga ham birdek katta ta`sir ko`rsatmoqda. Aslida, turli jamiyat a`zolari munosabatlarining o`zaro integratsiyasi sifatida tanilgan globallashuv jarayoni vaqt o`tishi bilan, uning faoliyat yo`nalishi “traektoriya” si ham o`zgarib bormoqda. Atoqli siyosatchi Karl YAspersning “har bir davr o`zicha bir tahdiddir” degan so`zlari bugun yana bir bor isbotini topayotgandek go`yo. Inson oliy mavjudot ammo bu-uni xatolardan holi ekanligini bildirmaydi. Jamiyatda insonlarning hatti- harakatlari va xulq-atvorlarini tartibga solish, ularning o`zaro aloqalarga asoslangan munosabatlarini shakllantirish-insonlarning o`zlari tomonidan turli institutlar, ya`ni, tom ma`nodagi “tartibga solish qurilmalari” tashkil etilgan.
Jamiyatda siyosiy institutlarining globallashuvning aynan “xavfi” sharoitida qanday muhim ahamiyat kasb etadi? Globallashuv jarayonining XX asrning oxiri ayniqsa, XXI boshlaridagi umumiy manzarasi-“asr vabosi” sifatida baholanayotgan terrorizm, narkobiznes va giyohvandlik, shuningdek, zamonaviy “manqurtlar”ni tarbiyalash va shu yordamida davlatlar siyosiy tuzumini ag`darish kabi maqsadlar sari yo`g`rilgan latent, ya`ni, yashirin yohud bunyodkor shiorlar ostidagi g`oyalar va mafkuralar xilma-xilligi asosida kechmoqda. Globallashuvning yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan “ko`rinishlari” turli davlatlarga turlicha ta`sir ko`rsatishini alohida ta`kidlab o`tish joiz. Ammo, an`anaviy mamlakatlarning zamonaviylashtirish qonuniyatlari bilan moslasha olmasligi, yoinki umuman qabul qilmasligi globallashuvning “salbiy” xususiyatlari uchun ayni muddaolik kasb etmoqda. Ma`lumki, har bir jamiyat xoh u totalitar, xoh u demokratik yoki monarxiya boshqaruvi bo`lsin, shu siyosiy tuzumning manfaatlarini ifoda etishga xizmat qiluvchi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy institutlariga ega bo`ladi. Bu institutlar jamiyatning ma`lum qatlamlarini o`zida birlashtirgan holda, shu jamiyat taraqqiyoti va albatta xavfsizligi uchun xizmat qiladi.
Odatda, siyosiy institutlar deyilganda, insonlarning siyosat doirasida manfaatlarini ifoda etuvchi institutlar yoki davlatni o`zini tushuniladi xolos. Ammo siyosiy institutlar bugun hayotning turli jabhalarini tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi, xavfsizligi uchun ham javobgarlik ma`suliyatini ham o`zida mujassamlashtiradi. Masalan, XVII asrning eng qudratli Usmonlilar sulolasining birdaniga tanazzuli sabablarini Turkiyada birinchi matbuot asoschisi, Ibrohim Mutafarrika o`zining “Ummatlarni boshqarishda aql-zakovat bilan ish yuritish” asarida institutlarni, xususan siyosiy va harbiy institutlarni eskirib qolganligi, shuningdek, har qanday yangiliklarga qarshilik harakatlari bilan ifodalangan institutlarining jamiyat butun taraqqiyotiga g`ov ekanligini ko`rsatib bergan edi. Globallashuv aslida salbiy tushuncha emas. Balki, bu jarayon ishtirokchilari va uni amalga oshirish g`oyalarining umuminsoniy tamoyillardan ortga chekinishi va “yakka” ya`ni, ma`lum bir guruh maqsadlariga tayanishi oqibatida salbiy xususiyatlar kasb etadi xolos.
Siyosiy institutlarning asosiy vazifasi sifatida individlarni siyosiy jarayonlarda manfaatlarini ifoda etish, siyosiy tuzumning barqarorlligini ta`minlash bilan bir qatorda, o`ziga xos ravishda yangi elitalarni, xususan, yosh avlod tarbiyasida etakchi mazmun kasb etadi. Bugun “tamaddunlar to`qnashuvi” (S.Xantington) muqarrar ko`zga tashlanayotgan bir davrda, globallashuvning salbiy sahna ko`rinishining asosiy “aktyorlari” sifatida yoshlarni tanlab olinayotganligida ham o`ziga xos maqsadlar yotadi. Birinchidan, keksa aholi passiv va introspektsiya- ya`ni o`z-o`zini kuzatishga, o`zi haqida qayg`urishga, yoshlar esa serg`ayrat va milliy-siyosiy qat`iyatlilikni qo`llab-quvvatlashga moyil bo`lishadi. Bu esa o`z navbatida, ijobiy maqsadlar bilan bir qatorda, buzg`unchi, yot g`oyalar “natijaviyligi” uchun katta kuchni taqdim etadi. Masalan, Gitler siyosiy tuzumining 12 yil davomidagi (1933-1945) nufuzi “Gitleryugend” yoshlar tashkilotining, YAponiyada zamonaviy “manqurtlar” tayyorlash markazi “Aum Senrikyo” yoki Xitoydagi “Stalini” Mao Szedun tuzumi “himoyachilari” sifatida tuzilgan “Xunveybinlar” harakati a`zolari ham aynan yoshlar ekanligi fikrimizning yaqqol isbotidir.Jamiyatdagi siyosiy institutlarning taraqqiyoti avvalo, jalb etish g`oyasi va mafkurasi bilan bevosita bog`liqdir va mafkuraning kuchliligi, ma`lum manfaatlarga ifodalanishi, a`zolarni ortishiga ham olib keladi. Siyosiy institutlarning davlat, parlament, partiya, konservatizm, neokonservatizm, lobbizm va hatto ommaviy axborot vositalari kabi ko`rinishlari aholi turli qatlamlarini o`zida mujassamlashtirgan holda, katta siyosiy boshqaruv mexanizmlari sifatida namoyon bo`lmoqda.Globallashuv jarayoni o`z navbatida salbiy ahamiyat kasb etishi va buni tamaddunlar taraqqiyotiga ta`sirini hisobga olib, bu jarayonda siyosiy institutlarning faoliyati darajasi bizning fikrimizcha, quyidagi asosiy omillar asosida isloh qilinishi maqsadga muvofiq:
Siyosiy institutlarning eng asosiysi sifatida davlat namoyon bo`lar ekan, avvalo, u rahnomoligida aholi turli qatlamlari va guruhlarining jamoviy va shaxsiy manfaatlarini aniqlash, hisobga olish-davlatning barqarorligini asosiy shartidir. Zero, yagona maqsad asosida birlashgan guruh bilan turli mazmundagi xavf-xatarlarni oldini olish oson kechadi.
Ikkinchidan, siyosiy institutlarning sotsiolizatsiya, ya`ni, ijtimoiylashtirish, ishontirish tamoyillari asosida aholi turli qatlamlari siyosiy ongi va madaniyatini oshirishi-har qanday ko`rinishdagi g`oyalarga qarshi kuchli bunyodkor g`oya asosida javob qaytarish xususiyatini shaklantirib berishi ularning o`ziga xos va asosiy belgisi hisoblanadi.
Uchinchidan, siyosiy institutlar jamiyatning asosiy barqarorligi sharti ham hisoblanib, bugungi kunda davlat siyosiy tuzumining asosiy “saqlovchisi” vazifasini bajarishi, o`z navbatida turli ijodkor, g`ayratli, shijoatkor qatlami, ya`ni, yoshlarni o`zida birlashtirishi yuqoridagi omillarni amaliyligi va albatta davomiyligini ta`minlab beradi. Zero, yosh avlod, keyingi avlodga etkazib berish kuchlari hamdir.
Siyosiy institutlarning globallashuv jarayonidagi eng muhim ahamiyatga ega tomoni ham mavjud bo`lib, aynan u yoki bu turdagi siyosiy institut o`z g`oyasi orqali ma`lum bir aholi qatlamini o`zida birlashtirar ekan, globallashuv “soyasi” da kirib kelayotgan turli yot g`oyalarga qarshi kurashish kuchiga ega ekanligini alohida eslatib o`tish lozim.
Siyosiy institutlar har qanday jamiyat modernizatsiyalashuv jarayoni uchun asosiy tayanch sifatida namoyon bo`lishi va bu omilni mustahkamlashda aholi siyosiy madaniyati va ongini oshirish jarayoni bilan chambarchas bog`lashda asosiy nuqtadir.Taniqli siyosatshunos S.Xantington “tartibotsiz (bu erda siyosiy tuzum nazarda tutilmoqda) ozodlik bo`lishi mumkin, ammo ozodlik tartibotsiz bo`lishi mumkin emas”. Bu erda ko`rinib turganidek, siyosiy institutlar avvalo ichki munosabatlarni tartibga solish, aholi siyosiy ongi va madaniyatini oshirish yo`li bilan shu davlatga xavfi mavjud bo`lgan turli jarayonlarga fikrlarni shakllantirish vazifasini ham bajarib berar ekan. Fikrlar xilma–xilligi, mafkuralar, g`oyalar turli-tumanligi muhiti aslida jamiyatlar va davlatlar manfaati uchun o`ta zararli emas. Ammo shu g`oyalar va mafkuralardan “niqob” sifatida foydalanayotgan ayrim kuchlar “demokratiya posponlari” yohud “demokratiya fabrikalari” vakillari sifatida aholi kayfiyatini manipulatsiya qilishda va shu orqali davlatlar siyosiy boshqaruviga ham salbiy ta`sir ko`rsatmoqdalar va hatto bu kuchlar turli “ranglar inqiloblari” (Ukraina, Qirg`iziston va Gruziya)ni ham yasashga erishdilar.
Jamiyat ijtimoiy institutlari ichida eng muhim ahamiyatga ega bo`lgani bu aynan siyosiy institutlar ekani, bugun jamiyatda taraqqiyotga ega mamlakatlar misolida ko`rishimiz mumkin. Siyosiy institutlar faqatgina siyosiy manfaatlar va kuchlarni birlashtirib qolmasdan, avvalo, o`z a`zolarini boshqarish va shuningdek, o`z obyekti bo`lgan davlatning yagona birligi, xavfsizligiga doir barcha masalalarda ma`sul, etakchi boshqaruv tizimlari birligi sifatida namoyon bo`ladi. Jamiyat davlat munosabatlari integratsiyasi mavjud ekan, demak, globallashuv ham to`xtovsiz jarayon. Bu munosabatlarning davriy holati esa u yoki bu davlat aholisi manfaatlari asosi, ya`ni, etakchi siyosiy institutlari belgilab beradi. B.Juvenel` “Jamiyatning ichida o`zaro ishonch munosabatlarini shakllantirilganligi davlat, jamiyat olg`a intilishi uchun mezon va bu siyosiy institutlar tomonidan shakllantiriladi” degan edi.
Bizga ma`lumki, XX asr oxiri va XXI asr boshida dunyo bir-biriga bog`liq elementlardan iborat bo`lgan yaxlit tizimga aylanib bordi. Bu esa globallashuv jarayonini jahon siyosati va xalqaro munosabatlarda asosiy omilga aylantirdi hamda ushbu fenomen jahon siyosati fanida bosh paradigma sifatida qabul qilindi. Demak, yuqorida qayd etilgan davrlarda globallashuv har qanday rivojlanishning asosiy omili va tendentsiyasiga aylandi. Sababi har bir davrning rivojlanish qonuniyatlari va asosiy tendentsiyalari bo`lgani singari biz yashayotgan informatsion jamiyatning ham rivojlanish qonuniyati globallashuv hodisasidir.
Buning mohiyati shundaki, bugungi kunda hech bir davlat biqiq holatda avtarkiya sharoitida tashqi dunyodan uzilgan holatda yashay olmaydi, ya`ni bunday davlat progressga erishishi mumkin emas. SHuningdek ayrim dolzarb muammolar borki, ularni bir yoki ikkta davlat miqyosida hal etib bo`lmaydi. U jahon hamjamiyati e`tiboriga muhtoj. Bu esa davlatlarning tabiiy ravishda globallashuv jarayoniga tortilishiga olib keladi. Ko`rinib turibdiki qonuniyatni o`zgartirish mumkin emas.
. AQSHdan keyin iqtisodiy va harbiy jihatdan eng qudratli davlatlar ham Evroosiyoda joylashgan. Mintaqada etakchilik qilishga va global ta`sir ko`rsatishga intilayotgan, eng ko`p aholiga ega davlat ham shu qit`ada joylashgan. Evroosiyo umumiy kuch-qudrati va iqtisodiy salohiyati jihatidan hatto AQSHni ortda qoldirayotgani bu mintaqa imkoniyatlaridan dalolat beradi. SHu bois iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli davlatlar, jumladan, AQSH siyosatida bu hudud ustuvor ahamiyat kasb etayotgani bejiz emas. YA`ni, AQSH bu qit`ada o`z manfaatlariga putur etkazishi mumkin bo`lgan har qanday voqea yoki hodisaga nisbatan zudlik va qat`iyatlik bilan munosabat bildiradi. Xususan, so`nggi besh yil ichida Afg`oniston va Iroqda amalga oshirilgan va hozirgi vaqtda ham davom etayotgan harbiy harakatlar bunga yaqqol misol bo`la oladi. SHu bilan birga, bu masalada Rossiya ham o`z manfaatlarini qat`iy himoya qilishi (ayniqsa, so`ngi yillarda) tabiiy holdir.
Mutaxassislar Markaziy Osiyo hududida sodir bo`layotgan voqealar sur`atining jadallashayotganini ta`kidlamoqda. Darhaqiqat, bugungi siyosiy voqelikni sobiq Ittifoq parchalangan 90-yillardagi vaziyat bilan qiyoslab bo`l-maydi. Gap shundaki, mazkur mintaqa ko`pgina yirik qudratli davlatlar man -faatlari to`qnashayotgan hududga aylanib borayotgani bundagi geosiyosiy vaziyatni chigallashtirishni, uning Farb va SHarq o`rtasidagi notinch “bufer zona”ga aylanib qolish xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, Fors ko`rfazidagi yoqilg`i zaxirasining kamayib, mintaqadagi vaziyat keskinlashib borayotgani beqiyos tabiiy boylik, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega bo`lgan Markaziy Osiyo davlatlari geostrategik o`rni va ahamiyati ortib bormoqda. Keyingi yillarda Vashington ma`muriyatining milliy xavfsizlik strategiyasi Kavkaz va Markaziy Osiyoga ustuvor ahamiyat qaratilishi, birinchi navbatda, iqtisodiy manfaatlar, xususan, energoresurslarga egalik qilish va Farbga tashib ketishni nazarda tutadi.
Masalaning yangi bir jihati shundan iboratki, ayrim yirik davlatlarning xalqaro munosabatlarni boshqarish va tartibga solish borasida hech kim bilan hisoblashmasdan, hech kimning manfaatini hisobga olmasdan o`zboshimcha siyosat yuritishi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Bu siyosat go`yo butun dunyoda yagona, faqat bitta kuch markazi bo`lishi kerak degan aqidaga tayanadi. Bu markaz Dunyo-dagi barcha jarayonlarni qat`iy nazorat qilish va unga itoat etmaganlarni jazolashga intilmoqda. Bu o`ta xatarli siyosiy, ya`ni dunyo xaritasini yangidan bo`lib olib boshqarish, xalqlar va davlatlar ustidan hukmronlik qilishga intilishni YUgoslaviyaning parchalab yuborilishi, Iroqdagi harbiy harakatlar, Kavkazorti davlatlarida amalga oshirilayotgan xunrezliklarda kuzatish mumkin.
Bir vaqtlar AQSH quruqlik qo`shinlari rezervining psixologik amaliyotlar bo`linmasi rahbari bo`lgan, hozir esa vitse-prezident CHeynining ishonchli tashviqotchilaridan biri sifatida tanilgan general Pol` Velleli 80-yillarning oxirida yana bir olim bilan hammualliflikda “Psixologik amaliyotlardan psixologik urushga: psixologiyaning g`alabasi” deb nomlangan maqola e`lon qilgandi. Agressiv, quyushqonga sig`maydigan fikirlarga to`la bu maqolada muallif raqib mamlakatni ruhiy bosim va xurujlar orqali engish mumkinligi va zarurligini ta`kidlaydi. “Strategik jihatdan – deb yozgandi Velleli, - mazkur qurol do`stlar, dushmanlar va betaraflardan qat`iy nazar, dunyodagi barchaga qaratilmog`i hamda har joyga tashlab ketiladigan oddiy varaqalar, maxsus tashviqot otryadlarining karnaylari, psixotronika-ning zaif, noaniq va tor yo`nalishlari orqali emas, balki AQSH ega bo`lgan va Er sayyorasidagi istalgan odamga etib bora oladigan vositalar yordamida qo`llanilishi kerak. Albatta, bu vosita – elektron OAV, matbuot, televidenie va radiodir. Sputnik orqali aloqa, video-yozuvlar va boshqa texnologiyalarning bugungi rivoji insonlar ongiga biz ilgari tasavvur ham qila olmaydigan darajada kirib borish imkonini berdi. Biz mo``jizaviy Ekskalibur (qirol Arturning qilichi) – ni qo`lga olsak kifoya va u bizga butun dunyoni bo`ysundirib beradi. Faqat bizda hamma mamlakatlarni shunday vositalarga ko`mib tashlash uchun etarlicha jur`at va qat`iyat bo`lsa bas. Ushbu qilichsiz bizning ahloqiy normalarimizni boshqa madaniyatlarga singdirish qiyin kechadi”.
Amerikaning gegemonlikka intilishi dastlab Ikkinchi jahon urushi yakun topganidan so`ng toboro yaqqolroq ko`ga tashlana boshladi. Buning uchun etarli omillar bor edi, albatta. Avvalo, urushda qatnashayotgan o`nlab davlatlarning harbiy buyurtmalari evaziga AQSH dunyoning boshqa barcha mamlakatlaridan farqli o`laroq, Jahon urushida juda katta foyda ko`rdi. Urush tugagandan keyin tuzilgan Yevropani qayta tiklash rejasida ham birinchi navbatda Amerika manfaatlari ko`zda tutilgan edi. O`tgan asrning ikkinchi yarmiga kelib, Qo`shma SHtatlar G`arbiy Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi hamda Atlantika okeani havzasida turli yo`llar o`z yakka ustunligini o`rnatish uchun faol harakatlarni boshla` yuborgandi. Va bu harakatlar o`z natijasini berdi ham. AQSHni aksariyat hollarda harbiy, iqtisodiy, siyosiy hamda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sohalarida yakkahokimlik o`rnatishga ochiqdan-ochiq intilishi uchun tanqid qilishadi. qayd etish lozimki, bugungi kunga kelib butun dunyoda “antiamerikanizm” deb ataluvchi harakat yuzaga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |