Ijtimoiy sheriklik-yetuklik mezoni


Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni iqtisodiy o’sishga ta’sirini baholashning dolzarb masalalari



Download 36,47 Kb.
bet5/8
Sana15.07.2022
Hajmi36,47 Kb.
#802167
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Узб ривож стр-2022

2. Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni iqtisodiy o’sishga ta’sirini baholashning dolzarb masalalari.
Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni iqtisodiy o’sishga ta’sirini baholashda quyidagilarni amalga oshirish muhim sanaladi:
1. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarning tasnifi, tarkibiy o'zgarishlarning integral miqdoriy va sifat xususiyatlari va parametrlari shakllantirish, iqtisodiyotning tarkibiy o'zgarishlarini boshlaydigan iqtisodiy omillar, shuningdek, ularni yanada rivojlantirishning imkoni bo’lgan yo'nalishlari aniqlash;
2. Tarkibiy o'zgarish mexanizmining ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy elementlarini rivojlantirishga ta'siri aniqlash;
3. Tizimli nomutanosibliklarni kuchaytirishning asosiy sabablarini aniqlash bilan islohotlar jarayonida iqtisodiyotining o'zgarishi oqibatlarini tahlil qilish;
4. Yalpi ichki mahsulotining tarkibiy tahlili amalga oshirish. Aholi daromadlari va sanoat tuzilmasining prognozi bo’yicha taqsimot tuzilishi prognozi amalga oshirish;
5. Yalpi ichki mahsulotining tizimli tahlili o’tkazish va yalpi ichki mahsulotining prognozini hisoblashni amalga oshirish;
6. Milliy iqtisodiyot tarmoqlarining tarkibiy nomutanosibligini makroiqtisodiy tahlil qilishni takomillashtirish yo’nalishlari ishlab chiqish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy vazifalariga erishishga qaratilgan amaliy tavsiyalar va yondashuvlar taklif etish.Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar jarayonida va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida tarkibiy o’zgarishlarni o’rganish va iqtisodiy o’sish ehtimoli qo’shimcha ravishda tekshirilishi kerak bo’lgan bir qator sohalarni aniqlashni talab etadi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning yo’nalishini o’rganish, iqtisodiyotda tarmoq tarkibi o’zgarishining endogen va ekzogen sabablarini o’rganish, shuningdek tizimli o’zgarishlarning samaradorligini baholash, iqtisodiyotning o’zgarishi va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tuzilmasining milliy iqtisodiyotga xos xususiyatlarni aniqlash uchun turli vaqt oralig’ida qiyosiy tahlil qilish, strukturaviy o’zgarishlarni tadqiq qilish uchun nazariy va matematik modellashtirish usullarini ishlab chiqishni talab etadi. Milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarnig iqtisodiy o’sishga ta’sirini tahlil etishda quyidagilar e’tibor qaratish lozim:
a) Trend sifatida real yalpi ichki mahsulotni olish zarur
b) Iqtisodiy o’sish uzoq muddatli xarakterga ega jarayondir. Shu sababdan eng kamida 10 yillik davrni tahlil etish lozim.
g) Iqtisodiy o’sish bilan bir qatorda aholi turmush farovonligini ifodalovchi ko’rsatkichlarni ham tahlil etish lozim.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatadigan taqsimot omillari mamlakatning tarmoqlari, korxonalari va hududlari bo’yicha ishlab chiqarish resurslarini taqsimlashning amaldagi tuzilmasi, shuningdek, xo’jalik faoliyati subyektlari o’rtasida daromadlarni taqsimlashning amaldagi tartibi hisoblanadi. Bu omillar iqtisodiy tizimning qobiliyatiga, o’sish va uning samaradorligi ham ta’sir qiladi. Iqtisodiy o’sish turlarini ajratish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri o’sish omillari mavjud.Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, iqtisodiy o’sish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) yer va tabiiy boylik;
2) mehnat unumdorligi;
4) ilmiy-texnologik taraqqiyot;
5) iqtisodiy integratsiya;
6) ijtimoiy-iqtisodiy omillar guruhi.
Nazariy jihatdan barqaror iqtisodiy rivojlanishning yangi konsepsiyasini shakllantirish, amaliy jihatdan – makroiqtisodiy siyosatni yuqori iqtisodiy o’sishga yo’nalgan infratuzilmani yaratishdan iborat.Tarkibiy o’zgarishlar natijasidagi Iqtisodiy o’sish uch turdagi maqsadlarga erishish zarurligini nazarda tutadi:
- iqtisodiy maqsadlar (iqtisodiy o’sish samaradorligi va barqarorligi);
- ijtimoiy maqsadlar (ehtiyojlarni qondirish darajasi, madaniy an’analarni saqlab qolish, qaror qabul qilishda ishtirok etish uchun jamiyatning turli qatlamlari huquqlarining tengligi);
- ekologik maqsadlar (atrof-muhit obyektlarining barcha xilma-xilligi tufayli turli avlodlarning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish).



Download 36,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish