Ijtimoiy psixologiya



Download 4,53 Mb.
bet53/73
Sana29.05.2022
Hajmi4,53 Mb.
#615787
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiya

Diskriminatsiya
Jamiyatdagi shaxslararo munosabatlarda ba’zi toifa vakillariga nisbatan diskriminatsiya asosida yondashish kuzatiladi.
Diskriminatsiya umumiy tushunchada tan olmaslikni maqsad qilgan yoki tenghuquqlilik hamda uni himoya qilishni rad etgan, tenghuquqiylik tamoyili va insoniylik qadr-qimmatini kamsituv- chi har qanday ajratish, tahqirlash, cheklash yoki afzal ko‘rishni bildiradi. Amerikalik psixolog Chaldinining fikriga ko‘ra, shaxslar orasida bir-biriga nisbatan diskriminatsiyaning yuzaga keltiruvchi sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin: «ijtimoiy, iqtisodiy, diniy, irqiy, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, jinsiy oriyentatsiyasi va boshqa diskriminatsiyalar».
Barcha ko‘rinishdagi cheklashlarni avtomatik tarzda inson huquqlarining buzilishi, ya’ni diskriminatsiya deb hisoblash mumkin. Agar ular mantiqan muvofiq va obyektiv kriteriyalarga asoslangan bo‘lsa, ushbu cheklashlar oqlanishi mumkin.
Diskriminatsiyaning o‘ziga xos bo‘lgan uchta elementi mavjud bo‘lib, biz diskriminatsiyaning barcha ko'rinishlari uchun ana shu asosiy elementlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
Harakat ~ ajratish, tahqirlash, cheklash yoki afzal ko'rish kabi diskriminatsiyalovchi harakatlarni kvalifikatsiya qilishni anglatadi.Sabablar — irqiy, tana rangi, kelib chiqishi, milliy, etnik kelib chiqishi, jinsi, yoshi, jismoniy barkamollik va boshqalar kabi shax- siy tavsif diskriminatsiya sabablari hisoblanadi.
Maqsad yoki oqibcit diskriminatsiya o‘zining maqsadiga ega bo‘lib, buning oqibatida jabrianuvchilar, qurbonlarning in- soniy huquqlari va asosiy erkinliklariga to'sqinliklar yaratilishi, qoilanilishi yoki amalga oshirilishi mumkin. Bu borada odamlar yoki ma’lum bir guruhlarga nisbatan subyekt tomonidan amalga oshirilmoqchi boigan (maqsadi bayon etilgan) bevosita diskrimi­natsiya va ko‘rinishidan neytral va/iyatga ega, choralar afzalligini haqiqatdan ham boshqalarga nisbatan solishtirganda bir odam, guruhga berilishiga sabab bo‘lgan oqibatlarga dahldor bo‘lgan bil- vosita diskriminatsiyani ajrata olish zarur.
Diskriminatsiyani tushunish uchun unga beriladigan qo‘shimcha tavsiflar mavjuddir. Bular:
Hukmronlik odatda ustunlik qiluvchi guruh diskriminatsi­yani kam sonii bo‘lgan yoki ta’sirga nisbatan kam qarshilik ko‘rsatuvchi odam va guruhlarga nisbatan amalga oshiradi. Jami­yatda odamlar yoki guruhlarning qaysidir jihatdan bir-biridan us­tunlik qilishi son jihatdan (ko‘pchilik kamchilikka nisbatan mu­nosabatlarda), hukmronlik jihatdan yitqori sinf» vakillari «quyi sinf» vakillariga nisbatan munosabatlarda) kuzatilishi mumkin. Ustunlik qilish orqali bir guruh ikkinchi guruhga nisbatan ular hech qanday ahamiyatga ega emasdek munosabatda bo'ladi, ak- sariyat hollarda bu guruhda asosiy inson huquqlarining chek- lanishlari kuzatiladi. Kolumbiya Universiteti professori B.A. Ri- chardsonning fikriga ko‘ra, «diskriminatsiya inson qadr-qimmati hcimda inson huquqlari amalga oshirilayotgan jarayonda ularning inkor etilishi hisoblanadi».
Pozitiv harakatlar pozitiv diskriminatsiya atamasining ilk bor kelib chiqishi AQSHda bo‘lib, u yana «pozitiv harakat» nomi bilan ham ataladi. U o'zida amaliy tenglik va diskriminatsiya- ning institutsiyalashgan shakliga erishish uchun yo‘naltirilgan vaqtinchalik maxsus choralarni ham aks ettiradi.
Institutsional diskriminatsiya — jamiyatda, tashkilot va idora- larda tizimli ravishda tengsizlik hamda diskriminatsiyaga olib keluvchi umumiy qabul qilingan qonunlar, siyosat, urf-odat va udumlarga taalluqli. Tajribaga asoslangan harakatlar har doim juda ham munozarali hisoblanadi. Ular boshqalariga nisbatan solishtirganda ma’lum guruhlarga avvalgi tengsizliklar uchun maqsadli guruhlar, masalan, ozchilikni tashkil qiladigan etnik kelib chiquvchi ayollar guruhiga o‘rnini qoplash-kompensatsiya to‘lash va shuningdek hozirgi paytda barcha asosiy erkinlik, ay­niqsa, ta’lim, mehnat qilish va biznesni boshqarishda amalga oshirishga teng imkoniyatlarni yaratishni bildiradi.
Bu kabi «pozitiv diskriminatsiya» ma’lum bir chegaralan- gan muddatlarda amalga oshirilib, bunday ko‘rinishdagi afzal ko‘rishga e’tibor qaratilishini diskriminatsiya deb hisoblanmas- ligini alohida ta’kidlash kerak.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish