Ijtimoiy psixologiya



Download 4,53 Mb.
bet31/73
Sana29.05.2022
Hajmi4,53 Mb.
#615787
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiya

Mehnat jamoaiari ham shaxs ijtimoiylashuvida katta ahami- yatga ega. Bu jamoaning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, shaxs bu jamoaga ancha aqli pishib, ma’lum tajribaga ega bo‘lib, hayot haqidagi tasavvurlari shakllanib qolgan paytda keladi, qola- versa, o‘quv yurtida egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va bilimlar ham juda muhim bo‘lib, shu muhitdagi ijtimoiy me’yorlar xarakteriga ta’sir qiladi. Lekin baribir shaxs­ning kimlar bilan, qanday o‘zaro munosabatlar muhiti ta’sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim me- zonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri — o‘sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‘zaro muno­sabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo‘lib, ko‘pincha oylik-maosh masalasi ana shulardan keyin o'rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog‘lom ma’naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o‘ynaydi.
Din — bolaning ijtimoiylashuvida jamiyatdagi diniy erkinlik- ning ham o‘rni o‘ziga xosdir. Bola mansub bo‘lgan jamiyat va oilada dinning ijobiy jihatlaridan uning tarbiyasi yo‘lida foyda- lanish yaxshi foyda beradi. Bolaning vatanparvar, insonparvar, mehribon, madaniyatli, to‘g‘riso‘z, vijdonli bo‘lib ijtimoiylashuvi uchun dinning roli kattadir.
OAY — ayni paytda bu sohaning shaxs ijtimoiylashuvi- ga koLrsatayotgan ta’siri juda katta ekanligi barchaga ma’lum. Ko‘rsatilayotgan, eshittirilayotgan, yozilayotgan barcha ma’- lumotlar kishilar ongiga juda tez va unumli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida jamoat tashkilotlari alo- hida ahamiyat kasb etadi. Ularning yuksak talablar qo‘yishi nati­jasida shaxsda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, tanqidiylik singari fazilatlar barqarorlashadi. Bunda inson sifatida jamiyat oldida o‘z burchini uddalay olish, jamiyatning turli sohalarida o‘zligini namoyon qilish va jami- yatdan qanoatlanish tuyg‘ularining kechishi bilan xarakterlanadi. Jamoatchilik tashkilotlaridagi ijtimoiy faoliyatda, jamoat ishlari- da shaxs o‘z xususiyatlarini namoyon etib boshqalarning ham ijti- moiylashuviga ko‘maklashadi.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor mu­nosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayo- nidan tashqari, oila muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo‘lib qolishi mumkin.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish