Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich



Download 4,53 Mb.
bet53/99
Sana12.02.2022
Hajmi4,53 Mb.
#445337
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich
Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy ustanovkalarning olrganilishi uch bosqichli jarayonni boshidan kechirgan. Birinchi bosqich — XX asrning boshlariga tegishli bo‘lib, bu davrda fanga ijtimoiy ustanovka tushunchasi kiritildi hamda olimlar ijtimoiy ustanovka­larning mazmunini tushunish uchun nazariy va eksperimental tadqiqotlarni boshlab yuborishdi.
Bir-biriga ma'nodosh boigan ustanovka va attityud, bir vaqtning o‘zida ham bir xil, ham boshqa-boshqa xil ma'no va tushunchalarni anglatishi olimlarni bir qancha chalkashliklar- ga olib kelgan edi. Lekin amerikalik sotsiologlar U.Tomas va

  1. Znanetskiylarning «Polshalik dehqon Yevropa va Amerikada» deb nomlangan taniqli asari naslir (1918— 1920-yillar) qilingan- dan boshlab, attityud kategoriyasiga ijtimoiy psixologiyaning asosiy komponenti va shaxsning tavsifi sifatida qaray boshlandi. Shuning uchun «Ijtimoiy ustanovka» tushunchasining fanga ki- ritilishi amerikalik sotsiologlar U. Tomas va F. Znanetskiylar­ning yuqorida qayd etilgan asari bilan bogiiq, deb hisoblaniladi. Asarda Amerikaga muhojir bollib borgan polshalik dehqonlar- ning psixologiyasi va xulq-atvoridagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan ularning munosabatiga bogliq ekanligiga oid mulohazalar berilgan edi. Aynan mana shunday munosabatlar ijtimoiy ustanovkalar deb nomlandi. 1935- yilga kelib faqat amerika adabiyotlarining o‘zidagina ijtimoiy ustanovkalarning 20 ga yaqin ta’riflari vujudga kelgan edi.

Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqot- lar, ilmiy izlanishlar Birinchi Jahon urushi yillarida ham jadal- lik bilan rivojlandi. Chunki, «psixologik urush», ya’ni dushman tomonidagilarga psixologik ta’sir kolrsatish uchun olib boriladi- gan targ‘ibot va tashviqot ishlari aynan ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish bilan bog‘liq edi. Bunda dushmanga nisbatan qarama- qarshi tomondan ko‘rsatilayotgan psixologik ta’sirlar dushmanning ijtimoiy ustanovkalarini boshqacha yo‘nalishda shakllantirish, ta- komillashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan edi.
Demak, urush jarayonida insonning ijtimoiy ustanovka- laridan raqiblarni yengish maqsadida psixologik qurol sifatida foydalanilgan. Hozirgi kunda ham terroristik guruh a’zolari o‘zlarining qabih rejalarini amalga oshirish yo‘lida yoshlarning ongini zaharlashda ularning ijtimoiy ustanovkalaridan foyda- lanayotganligini hisobga olsak, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ham bu muammoning chuqur o‘rganilishi lozim- ligi ayon bo‘ladi.
Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida ikkinchi bosqich 1939— 1950-yillarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi Jahon urushi boshlarida va u tugagandan so‘ng ham ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish borasidagi tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmagan. Faqat 1950-yillarning oxirlaridan boshlab bu ishlar yana rivojlanib ketgan.
Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida uchinchi bosqich 1960- yildan hozirgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, ijtimoiy psixologiyaning ko‘pgina amaliy (masalan, reklama bi­lan bog‘liq) sohalari insonning ijtimoiy ustanovkalarini o‘rganish bilan qiziqmoqdalar. Ijtimoiy ustanovkalar to‘g‘risidagi ilmiy bi- limlarning bunday qollanishi tadqiqotning uchinchi bosqichini tashkil etmoqda.
D.N.Uznadze ham ustanovka va ijtimoiy ustanovka (attit- yud)ni bir-biridan ajratish lozimligini ta’kidlaydi. Ustanovka umumpsixologik jihatdan qaralib, ongning ma’lum bir reaksiyaga bo‘lgan tayyorgarligi, ongsiz fenomen deb ta’kidlanadi. Ijtimoiy ustanovka (attityud) esa quyidagini bildiradi: shaxs tomonidan ijtimoiy obyektlarning mazmun-mohiyatini psixologik boshdan kechirish.
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki anglanilmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Ustanovka (psixologi­yada) shaxsning muayyan faolligi (idrok, tafakkur, maqsadga mu- vofiq harakatlar va h.k.)ga kokra avvalgi tajribasi bilan belgilangan tayyorgarligi; shaxsni muayyan tarzda harakatga undovchi tay- yorgarlik shaklidir.
Ijtimoiy ustanovka (attityud) atrof-olamni umumlashgan holda baholash qobiliyatidir. Tajribalarda aniqlanishicha, ustanovkada ko‘pincha reallikka mos kelmaydigan tasavvudarning saqlanib qolishi kuzatiladi.
«Ijtimoiy ustanovka» atamasi psixologiyada bir necha ma’nolarga ega. Dastlab ijtimoiy ustanovka deganda insonning biron-bir masalani hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligi tushunilgan.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish