Birinchi bosqich — mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha yosli davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shun- daki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol
ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi. Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, av- valgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatda, shaxslararo munosabatlarda namoyon etadi. Bu davrda kasbga ega bolish, aniq havot volini tanlash, turmush qurish, kelgusi avlodni tarbiyalash kabi shaxsning barcha ijtimoiy fazilatlari shu davrda shakllanadi. Nihovat, uchinchi bosqich — mehnat faolivatidan ke- yingi davr boiib, bunga asosan mehnat faoliyatidan so'nggi qari- lik gashtini surayotganlar kiradilar. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs tuzilishida ham xususiy olzgarishlar rokv beradi. Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning o‘ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya jarayoni aniqroq, sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam nafaqat tashqi ta’sirlarni o‘ziashtiradi, balki o‘zidagi iqtidor, malaka, hayotiy tajribasi bilan boshqalarga ham tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatadi, amalda yoshlarga shaxsiy o‘rnak ko'rsatish imkoniyatiga ega boladi. Shu nuqtayi nazar- dan, qarilikning ijtimoiy mohiyati shundaki, ota-bobolarimiz asosan o'ziaridagi mavjud ijtimoiy tajribani boshqalarga (farzandlar, nabi- ralar, mahalladagi yoshlar va hokazo) uzatish bilan shug‘ullanadilar va bu narsa ayniqsa, Sharq xalqlarida juda e’zozlanadi. Xalqimizda- gi «qari bilganni pari bilmas» degan naql ham bobolar va momolar o‘gitlarining tarbiyalovchi mohiyatini aks ettiradi. Shu sababli ham mustaqil vurtimizda qariyalar e'zozlanadi, mahallaning boshqaruv roli kun sayin oshirilmoqda, oila tarbiyaning bosh o‘chog‘i sifatida davlat himoyasida boiib kelmoqda. Bu mustaqil davlat voshlarida yangicha tafakkur va ongning shakllanishiga, yurtga sadoqat, va- tanparvarlikning rivojiga olz hissasini qo’shadi.
Tayanch tushunchalar:
Ijtimoiylashuv — bizning jamiyatga qo‘shilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud boigan ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishimizdan iborat boigan jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |