Ijtimoiy psixologiya


D. Bassning  agressiya  kategoriyalari



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

D. Bassning  agressiya  kategoriyalari
Agressiya tipi
Misollar
Jismoniy-aktiv-
to‘g‘ri
O dam ni  sovuq  qurol  bilan jarohatlash,  uni  kaltak- 
lash  va  o‘qotar  qurol  bilan  yaralash
Jism oniy-aktiv-
egri
Q opqon-m inalarni  qo‘yish;  yollanma  qotil  bilan 
dushm anini  yo4q  qilish  uchun  til  biriktirish
Jismoniy-passiv-
tocg‘ri
O dam ning 
maqsadga 
erishishiga 
yoki 
ista- 
gan  faoliyati  bilan  shug'ullanishiga  (masaian, 
o‘tirib  o'tkaziladigan  namoyish)  jism onan  уо‘1 
q o^m aslikka  harakat  qilish
Jism oniy-aktiv-
egri
Z arur vazifalarni bajarishdan bosh tortish (masaian, 
o4irib  o4kaziladigan  namoyish  paytida  hududni 
bo'shatib  qo'yishdan  bosh  tortish)
Verbal-aktiv-
to bg‘ri
So‘z  bilan  haqoratlash  yoki  boshqa  odam ni  kamsi- 
tish
Verbal-aktiv-egri
Boshqa  odam ga  tuhm at  qilish  yoki  u  haqida  m ish- 
m ishlar  tarqatish
Verbal-passiv-
to ‘g4ri
Boshqa  odam   bilan  gaplashishdan,  uning  savol- 
lariga javob  berishdan  bosh  tortish  va  boshqalar
Verbal-passiv-
egri
Aniqlik  kiritishdan  va  tushuntirib  berishdan  bosh 
tortish  (masaian,  nohaq  tanqid  ostiga  olingan 
odam ni  himoyasi  uchun  biron-bir  gap  aytishdan 
bosh  tortish)
Agressiyaning  turli:  bevosita  jismoniy  kuch  ishlatishdan,  ra- 
qibni  so‘z  bilan  haqoratlab  unga  tahdid  qilishdan  tortib,  boshqa


bir  insonni  yashirincha  boshqarishga,  kelgusida  kutilayotgan 
noxushliklarga  shama  qiluvchi  bilvosita  ta’sir  ko‘rsatish  shakl- 
lari  kuzatiladi.  Shuningdek,  agressiyaning  ijtimoiylashuvga 
bo‘ysunmaydigan  dardmandlik darajasiga boruvchi  shakllari  ham 
ma’lum.  Psixologiyada  agressiv  xulq-atvor  quyidagicha  klassi- 
fikatsiya  qilinadi:
1.  Agressiyaning  dardmandlik  darajasidagi  alomatlari  (tutaqib 
ketish, jahl  kelganda  o‘zini  yo‘qotib  qo‘yish).
2.  Agressiyaning  jismoniy  og‘zaki  va  boshqa  butun  jamiyat 
uchun  nomaqbul  sanalgan  axloq  qonun-qoidalari  bilan  bog'liq 
shakllari  (odatda,  ular  ijtimoiylashuv  xususiyatlari,  aksilijti- 
moiy  xulq-atvor  me’yorlarining  mustahkamlanishi  bilan  bog‘liq 
bo‘ladi).
3.  Jamiyatda qabul qilingan axloq qonun-qoidalarini yetarlicha 
o‘zlashtirilmaganligi  yoki  xatti-harakatlarini  idora  qilish  imkoni- 
ni  beruvchi  xususiy  sifatlarni  to‘liq  shakllanganligi  bilan  bog‘liq 
agressiyaning  turli  ko£rinishlari  (ta’lim-tarbiya  kocrmaganlik).
4.  Ayrim  kuzatuvchilar  tomonidan  agressivlik  haq-huquqlari- 
ni  poymol  qilish,  birovga  ziyon  yetkazish  gumonini  paydo  qiladi- 
gan,  boshqa  bir kuzatuvchilar tomonidan  qat’iylik,  faollik  sifatida 
talqin  qilinadigan  barcha  xatti-harakatlar.
Agressiv  xulq-atvor  bu  inson  bilan  vaziyatning  o‘zaro  ta’siri 
natijasidir.  Agressivlik  sifat  va  miqdor  tavsiflariga  ega  bo'lib,  bar­
cha  xossalar  kabi  u  ham  turli  darajalarda  ifodalanadi.  Deyarli 
to‘liq  nomavjudlikdan  to  yetarlicha  rivojlangan  agressivlikkacha 
namoyon  boiadi.  Agressivlik  har  bir  shaxsda  m a’lum  miqdor- 
da  mavjud  bo‘ladi.  Agressivlik  darajasi  yuqori  bo‘lgan  kishilar 
boshqalarga  nisbatan  agressiv  reaksiyalarni  namoyon  etishga 
ko‘proq  moyil  bo‘ladilar.  Agressiv  reaksiyalarga  boshqa  odam- 
larni  qoralash,  haqoratlash yoki  ularga jismoniy zarar yetkazishga 
yo‘naltirilgan  reaksiyalarni  kiritishimiz  mumkin.
Agressiv  xulq-atvor  asosini  agressivlik  motivi  tashkil  etadi. 
Agressiv  xatti-harakatlar shaxsga  ma’naviy,  moddiy  yoki jismoniy 
zarar yetkazishi,  destruktiv xulq-atvorning  yuzaga  kelishiga  ta’sir


ko‘rsatishi  bilan  xarakterlanadi.  Bunday  xatti-harakatlarni  bar- 
taraf etishning  psixologik jihatdan  qiyin  tomoni  shundaki,  agres­
siv  xatti-harakat  qiluvchi  shaxs  o‘z  xatti-harakatlarini  oqlash 
uchun  turli  xil  dalillarni  keltiradi  va  o‘z  aybini  soqit  qilishga  uri- 
nadi.  Agressiyaning tez-tez  ifodalanishi  shaxsning emotsional  ho- 
lati  bo‘lib,  uning  asosini  quyidagilar  tashkil  etadi:
—  nerv-psixik  kasalliklar,  inson  nerv  sistemasining  nihoyatda 
charchaganligi;
—  oiladagi  psixologik  muhitning  nosogiomligi  va  ota-onalar- 
da  pedagogik-psixologik  bilimlarning  yetishmasligi;
—  shaxsning xarakter,  xislati,  ijtimoiy muhitning yomonlashu-
vi.
Agressivlikning 
m e ’y o r d a n  
ortishi  natijasida  shaxsda  asab tizi- 
mining  buzilishi,  nerv-psixik  kasalliklar,  kommunikativ  malaka- 
larning  pasayishi,  o‘z-o‘ziga  adekvat  baho  bera  olmaslik,  ishonch 
hissining  yo‘qolishi,  o‘z-o'zini  boshqara  olmaslik,  xavotirlanish 
darajasining  ortishi,  frustratsiya,  depressiya,  stress  kabi  salbiy 
oqibatlar  kuzatiladi.
Hozirgi  kunda  insonlarda  kuzatilayotgan  agressiv  xatti- 
harakatlarning  namoyon  bo‘lish  sabablarini  aniqlash,  destruktiv 
xulq-atvorni  oldini  olish  yoki  nazorat  qilish  muammolarini  il- 
miy  o‘rganish  shuni  ko‘rsatadiki,  inson  tabiatdagi  bu  ko‘rinishni 
chuqur  o‘rganish  psixologiya  fanining  bugungi  kun  talabiga  ay- 
lanmoqda.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish