Ijtimoiy psixologiya


IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA  SHAXS  MUAMMOSI



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA  SHAXS  MUAMMOSI
Shaxsni  o‘rganishning  ijtimoiy  psixologiya 
uchun  o‘ziga  xosligi
Shaxs  u  yoki  bu  xildagi  hayot  tarzini  tanlash  imkoniga  ega 
bo‘lgan  ongli  va  faol  insondir.  Ijtimoiy  psixologiyada  shaxsning 
shaxsiy  va  psixologik  sifatlarini  o‘rganishga  katta  e’tibor  berila- 
di,  chunki  bunday  m a’lumotlarni  bilish  va  shaxslararo  munosa­
batlarda  hisobga  olish juda  muhimdir.  Inson  shaxsi  jamiyatning 
a’zosi  sifatida  turli  xil  o‘zaro  munosabatlar  doirasida  faoliyat  yu- 
ritadi.  Shaxsning  shakllanish jarayoniga  shaxslararo  munosabat- 
lardan tashqari jamiyatdagi  mavjud siyosiy doiralar va  mafkuraviy 
qarashlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi.  Masalan, mafkuraviy qarash- 
lar jamiyatdagi  m a’lum  bir  g‘oyalar  tizimi  sifatida  shaxsga  ta’sir 
ko‘rsatib,  uning  psixologiyasi,  dunyoqarashi,  shaxsiy  va  ijtimoiy 
ustanovkalarining  rivojlanishiga  o‘z  hissasini  qo‘shadi.
Shaxs  psixologiyasining  shakllanishiga  u  mansub  bo‘lgan 
ma’lum  bir  ijtimoiy guruhlarning  munosabatlari  ham  o‘z  ta’sirini 
ko‘rsatadi.  Bunday  o‘zaro  ta’sir  va  muloqot  jarayonida  shaxs- 
larning  bir-biriga  ta’siri  sodir  bo‘lishi  bilan  birgalikda,  jamiyat­
ga,  mehnatga,  odamlarga,  o‘zining  shaxsiy  sifatlariga  nisbatan 
o‘z  qarashlariga,  ijtimoiy  ustanovkalariga  ta’sir  o‘tkazishi  sodir 
bo‘ladi.  Ma’lum  bir  ijtimoiy  muhitda  yashar  ekan,  shaxs  u  yerda 
o‘ziga  xos  o‘ringa,  obro‘ga,  rolga  ega  bo‘ladi.
Shaxs  —  ijtimoiy  munosabatlarning  obyektigina  emas,  balki 
uning  subyekti  va  faol  ishtirokchisi  hamdir.  Shaxs  —  bu  konk- 
ret  inson,  ma’lum  bir  davlatning,  jamiyatning,  guruhning  (bu 
guruh  ijtimoiy,  etnik,  diniy,  siyosiy,  yoshga  oid  va  h.k.  bolishi 
mumkin)  vakili,  o‘z  atrofidagilar  bilan  ongli  munosabat  o‘rnata 
oladigan,  ongli  ravishda  faoliyat  yurita  oladigan,  barcha  m uno­
sabatlarda  o‘ziga  xos  insoniy  qiyofani  namoyon  qila  oladigan, 
shuningdek,  o‘ziga  xos  individual  va  ijtimoiy  xususiyatlarga  ega 
bo‘lgan  kishidir.


Hozirgi  zamon  ijtimoiy  psixologiyasi  sohasida  shaxsni 
o‘rganish  ustida  olib  borilayotgan  tadqiqotlar  masalasi,  ay­
niqsa  bu  boradagi  amaliy  vazifalar  ijtimoiy  psixologiya  fani- 
ning  markazida  turuvchi  psixologik  va  sotsiologik  yondashuv 
yo'nalishlari  asosida  hal  qilinmoqda.  Masalan,  Amerika  va 
boshqa  barcha  g‘arb  davlatlarida  shaxsni  o‘rganishga  nisbatan 
ikki  xil  ijtimoiy  psixologiya  —  «psixologik  ijtimoiy  psixologiya» 
va  «sotsiologik  ijtimoiy  psixologiya»  mavjud.  Bu  yo‘nalishIar 
bir-biriga  o‘xshasada,  ularning  bir-biridan  farqli  jihatlari  ham 
mavjud.  Ya’ni  psixologik  ijtimoiy  psixologiya  shaxs  va  faoliyat, 
muomala,  shaxslararo  munosabat,  shaxsning  ijtimoiy-psixologik 
tuzilishi,  shaxsning  kognitiv,  konativ,  xulq-atvor imkoniyatlarini 
o‘z  ichiga  olgan  ijtimoiy  ustanovkalar,  shaxs  va  jamoaning  ijti- 
moiy-ruhiy  kechinmalari  kabi  muammolar  ustida  tadqiqot  olib 
borishni  maqsad  qilib  olgan  bo‘lsa,  sotsiologik  ijtimoiy  psixo- 
logiyada  esa  ko‘pincha  jamiyatning  ijtimoiy  qatlamlarini  tahlil 
qilish,  xalqlar  psixologiyasi,  ommaviy  hodisalar  psixologiyasi, 
sinflar,  guruhlar,  gumanistik psixologiya kabilarga  alohida  urg‘u 
beriladi.
Ijtimoiy  psixologiyada  shaxsni  o‘rganishning  o‘ziga  xosligini 
tushuntirish  va  ko‘rsatish  maqsadida  bu  sohada  ish  olib  bora- 
yotgan  barcha  olimlar  o‘z  qarashlarini  o‘ziga  xos  tarzda  ifodalay 
olgan.  Shulardan  biri  D. Mayers  ijtimoiy  psixologiyada  shaxsni 
o‘rganishning o‘ziga xosligini tahlil qilish uchun barchaga ma’lum 
bo'lgan  bir  ertakdan  foydalanadi.
Bu  ertak yoqimtoy  Zolushka  haqidagi  ertak bo‘lib,  unda  quyi­
dagi cha  mazmun  aks  ettiriladi:
Taqdir  taqozosi  bilan  Zolushka  shahzoda  uyushtirgan  katta 
bal  (qadimda  boy  xonadonlar  tomonidan  maxsus  uyushtiriladi- 
gan  raqs  kechasi)ga  tushib  qoladi  va  shahzodaning  e’tiboriga  sa- 
zovor bo‘ladi.  Zolushkani  qattiq  sevib  qolgan  shahzoda  uni  izlab 
kelib,  o‘gay  onaning  xonadonida  ko‘rganida  avvaliga  tanimaydi. 
Nega?


Bu  ertak  shaxs  va  uning  atrofidagi  muhit  munosabatlari- 
ni  tushunib  olish  uchun  juda  sodda  misoldir.  Zolushka  shah- 
zoda  huzuridagi  balda  go‘zal,  xushchaqchaq,  jozibali  ko£ringan 
bo‘lsa,  o‘gay ona huzurida butunlay boshqacha ko‘rinadi va  o‘zini 
boshqacha  tutadi.  Balda  u  o‘ziga  nisbatan  ijobiy  munosabatlar 
doirasida  o‘zini  go‘zal  va  ajoyib  qiz  ekanligiga  ishonib  aloqaga 
kirishgan  boisa,  o‘gay  onasining  uyida  unga  nisbatan  salbiy  mu­
nosabatlar  ta’sirida  o‘ziga  nisbatan  past  baho  berishi  natijasida 
o‘zini  tortinchoq,  kamgap  tutadi.
Fransuz  filosofi  Jan-Pol  Sartrning  ta’kidlashicha,  Zolushka 
bilan  sodir boigan voqeada hech  qanday hayratlanarli  narsa yo‘q, 
uning  fikricha,  biz  odamlar  «hamisha  vaziyatlarga  bogliqmiz. 
Bizni  vaziyatlardan  ajratib  bolm aydi,  vaziyatlar  shaxs  sifatida 
bizni  va  bizning  imkoniyatlarimizni  shakllantiradi».
Ijtimoiy  psixologiya  shaxsga  turli  xil  vaziyatlarning  ta’sirini 
o‘rganib,  kishilar  bir-birlariga  qanday  ta’sir  ko'rsatishini  va  ular 
bir-birlarini  qanday  idrok  etishlarini  o‘rganadigan  fan  sifatida 
qiziqarlidir.  Shuningdek,  uning tadqiqot doirasiga barchani birdek 
qiziqtiradigan  quyidagi  savollar ham  kiradi:
—  Kishilar  bir-birlari  haqida  nimalarni  o‘ylaydilar?  Biz­
ning  o‘zimiz  haqimizdagi  tasavvurlarimiz  qanchalik  to‘g‘ri? 
Do‘stlarimiz  haqidagisi-chi?  Notanishlar  haqidagi  fikrlari- 
miz-chi?  Bizning  fikrlarimiz  va  harakatlarimiz  orasidagi  aloqa 
qanchalik  ahamiyatga  ega?
—  Odamlar  bir-birlariga  qanday  va  qay  darajada  ta’sir 
o‘tkazadilar?  Ijtimoiy  muhit  ta’siriga  qanday  qarshilik  ko‘rsatish 
mumkin?
—  Nima  uchun  odamlar  ba’zida  bir-birlarini  xafa  qiladilar, 
ba’zi  paytlarda  yordam  beradilar?
Bu  savollarning  barchasi  o‘zaro  bogliq  boiib,  ijtimoiy  psi­
xologiya  ana  shu  savollarga  javob  topish  bilan  shug‘ullanadi. 
Qisqasini  aytganda,  ijtimoiy  psixologiyada  shaxsni  o‘rganishning 

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish