Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy  me’yor  turlari  va  ularning  shaxs  xususiyatlarini



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiy  me’yor  turlari  va  ularning  shaxs  xususiyatlarini 
shakllantirishda  tutgan  o‘rni
Shaxs  tomonidan  qo‘llaniluvchi  barcha  me’yorlar  2  guruhga 
bo‘linadi:
1.  Ijtimoiy  texnik  (noijtimoiy)  me’yorlar.
2.  Ijtimoiy  me’yorlar.
Ular  orasidagi  farq  nazorat  predmetiga  ko‘ra  aniqlanadi.  Ay- 
taylik,  ijtimoiy  me’yorlar  insonlar  va  ular  o‘rtasidagi  munosabat- 
ni  nazorat  qilsa,  texnik  me’yorlar  inson  va  tashqi  dunyo,  tabiat, 
texnika  vositalari  o‘rtasidagi  munosabatni  nazorat  qiladi.  Bular: 
«inson  —  mashina»,  «inson  —  mehnat  quroli»,  «inson  —  ishlab 
chiqarish»  kabi  munosabatlar.


1.  NOIJTIMOIY  M E’YORLARni  bajarish  odamga  o‘z  faoli- 
yatida texnika yutuqlaridan,  tabiiy va  sun’iy obyektlardan  foydala- 
nishga imkon yaratadi va shu bilan birga buni nazorat qiladi. Ularga 
texnika,  qishloq  xo‘jaligi,  iqlim  bilan  bog‘liq,  fiziologik,  biologik, 
fizik,  ximik,  sanitar-gigiyenik  kabi  me’yorlar  taalluqli.  Texnik  va 
boshqa  noijtimoiy  me’yorlarga  rioya  etmaslik  tabiat  kuchi  yoki 
moddiy obyektlar tomonidan  odamlarning aniq qilmishlari uchun 
negativ,  ya’ni  yomon  oqibatlarga  olib  keladi.  Masaian,  agrotexnik 
qoidalarini  buzish  hosildorlikning  tushib  ketishiga  sabab  bo‘ladi. 
Agar texnikaviy me’yorlar bajarilmasa,  Chernobl  atom elektr stan- 
siyasidagi  kabi  falokat  sodir  bo‘lishi  mumkin.
2.  IJTIMOIY  M E’YORLAR  insonlar  o‘rtasidagi  munosa­
batlarni  boshqaruvchi  harakatlar  qoidasidir.  Bu  o‘z  navbatida 
shunday  tusdagi  barcha  vaziyatlarda  keng  qo‘llaniladigan  va 
ta’riflangan  vaziyatga  tushib  qolganlarning  hammasi  bo‘ysunishi 
shart  bo‘lgan,  bir  odamning  boshqa  odamga  nisbatan  o‘zini  tu- 
tish  qoidalarining  masshtab,  namuna  va  standartidir.
Me’yorlarning  turlari.
Ijtimoiy  me’yorlarni  3  asosga  ko‘ra  tasniflash  mumkin:
1)  jamoatchilik  munosabatlarini  nazorat  qilish  sohasi  bo‘- 
yicha;
2)  kelib  chiqish  usuliga  ko‘ra;
3)  mustahkamlanish  usuliga  ko'ra.
Jamoatchilik  munosabatlarini  nazorat  qilish  sohasi  bo‘yicha 
ijtimoiy  me’yorlar  quyidagi  turlarga  bo‘linadi:  udum,  marosim, 
odat,  urf-odat,  huquqiy,  axloqiy  me’yorlar,  koorporativ  me’yorlar, 
siyosiy me’yorlar,  diniy tashkilot  me’yorlari,  talabalar yotoqxonasi 
me’yorlari,  estetik  me’yorlar,  etiket  me’yorlari  kabilar.
Odatiy  meyorlar  bu  muhrlanib  qolgan,  ma’lum  faoliyat  jara- 
yonida  ko‘p va takroran  qo‘llanilishi  natijasida  shakllangan o‘zini 
tutish qoidalaridir.  Odatga aylanayotgan u yoki bu me’yor o‘zining 
baholovchilik  xarakterini  yo‘qotadi,  uning  bajarilishi  asosida  yo- 
tuvchi  darajalar esa  uning  mavjudligi  va  odatiyligi  oldida  2-dara- 
jali  boiib  qoladi.


Urf-odat  m e’yorlari  odat  me’yorlarining  bir  qismi  boiib,  bu 
oilaviy,  milliy  va  shu  kabi  qoidalarni  saqlab  qolish  bilan  bog‘liq 
boigan,  tarixan  rivojlangan  va  nasldan  naslga  o‘tuvchi  umum- 
lashgan  qoidalardir.
Diniy  m e’yorlar  —  dindorlarning  xudoga,  machitga,  cher- 
kovga,  bir-biriga  munosabatini,  diniy  birlashmalarni  tashkil 
qilish  va  ularga  amal  qilishini  tartibga  soluvchi  xulq-atvor  qoi- 
dalaridir.
Siyosiy  m e’yorlar —  qoiga  olish,  ushlab  turish  va  ommaviy  si- 
yosiy boshqarishni qoilash bilan siyosiy guruhlardagi  munosabat- 
larni  nazorat  qiluvchi  axloqiy me’yorlardir.  Siyosiy me’yorlar xalq 
va  ijtimoiy guruhlarning  davlat  boshqaruvida,  davlat  tashkilotlari 
hamda  jamiyatning  boshqa  siyosiy  tizimidagi  tashkilotlar  bilan 
munosabatlaridagi  ishtirokini  nazorat  qiladi.
Iqtisodiy m e’yorlar —  ishlab  chiqarish,  moddiy boylik taqsimoti 
va  iste’moli  bilan  bogiiq  boigan  ommaviy  munosabatlarni  na­
zorat  qiluvchi  axloqiy  qoidalar.
Huquqiy  m e’yorlar  (ichki  va  xalqaro)  —  barchaga  majburiy 
boigan,  maxsus  davlat  organlari  tomonidan  ishlab  chiqiladigan, 
shakllanadigan,  tasdiqlanadigan  va  davlat  tomonidan  nazorat 
qilinadigan  shaxslarning  o‘zini  tutish  qoidalari.  Ular  qonunlar, 
farmoyishlar,  ustavlarda  e’tirof  etiladi  va  me’yoriy  aktlarda  aks 
etadi.
Koorporativ  m e’yorlar —  turli  tashkilotlar  o‘rtasidagi,  tashkilot 
a’zolari  o'rtasidagi  munosabatlarni  nazorat  qiluvchi  axloqiy  qoi­
dalar.
Axloqiy  m e’yorlar  — jamoatchilikda  odamlarning  yaxshihk  va 
yomonlik,  adolat  va  adolatsizlik,  majburiyat,  g‘urur,  qadr-qim- 
mat  kabi  axloqiy  tushunchalarga  muvofiqlikda  o‘rnatiluvchi  odob 
me’yorlaridir.  Axloqiy  me’yorlarni  buzishdagi  sanksiyalar  vijdon- 
ning  qiynalishi  va  qilgan  ishidan  afsuslanishi.  Lekin jamoatchilik 
tomonidan qabul  qilingan axloqiy me’yorlarni buzganlarga ular to ­
monidan jazo berilishi mumkin. Axloqda me’yor va qarash o‘rtasida 
aniq  farq  mavjud  emas.  Bir  odam  uchun  xatti-harakatlar  qoidasi


hisoblangan  hodisa  — boshqasi  uchun  majburiy  bo‘lmagan,  ammo 
imkoniyat  darajasida  bajarish  mumkin  bo'lgan  qarashdir.  Shunday 
bo‘lsa  ham,  jamoatchilikka  xos  axloq  qoidalari  ham  mavjud.  U 
keng  tarqalgan  va  butun jamiyat  uchun  zarur  bo‘lgan  me’yorlarni 
o‘z  ichiga oladi.
IJTIMOIY  ME’YOR
Jamoatchilik  mu- 
nosabatlarini  na­
zorat  qilish  sohasi
Shakllanish usuliga 
ko‘ra
Mustahkamlanish 
usuliga  ko'ra
i


Bu eng avvalo odamlarning boshqalarga nisbatan ijtimoiy sifat- 
larining  namoyon  bo‘Jishi  — gumanizm,  rahm-shafqatlilik,  xay- 
rixohlik,  rostgo‘ylik,  mehnatsevarlik,  adolatlilik me’yorlaridir.  Bu 
m e’yorlar o‘zida  axloqiy  qadriyatlarni  namoyon  etadi  va  ularning 
himoyasi jamiyatning  ko‘p  a’zolarini  birlashtiradi.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish