O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O’RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI
NIZОMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT DАVLАT PЕDАGОGIKА UNIVЕRSITЕTI
“TАSDIQLАNDI”
O`quv ishlari bo`yicha prorektor
_________ D.U.Ergashev
2018-yil “___” ________
|
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA. KONFLIKTOLOGIYA.
FАNINING ISHCHI O‘QUV DАSTURI
(3- kurs uchun)
Bilim sohasi:
Ta'lim sohasi:
Ta`lim yo`nalishi:
|
100000 –
110000 –
5110900 –
|
Gumanitar
Pеdagogika
Pedagogika va psixologiya
|
№
|
Mashg‘ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
IV
|
V
|
1
|
Nazariy (ma`ruza)
|
52
|
30
|
22
|
2
|
Seminar
|
42
|
36
|
6
|
3
|
Amaliy mashg‘uloti
|
20
|
10
|
10
|
4
|
Mustaqil ta`lim soati
|
76
|
40
|
36
|
Jami auditoriya soati
|
114
|
76
|
38
|
Umumiy o‘quv soati
|
190
|
116
|
74
|
TОSHKЕNT – 2018
Fan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi 2017 yil “28” iyundagi 434 - sonli buyrug‘i bilan (buyruqning 1- ilovasi) tasdiqlangan “Ijtimoiy psixologiya. Konfliktologiya” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitet kengashining 201___ yil “____” ____dagi “_____” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
|
N.G. Kamilova -
| Nizomiy nomidagi TDPU, Psixologiya kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent |
|
|
|
|
N.Z. Ismoilova -
D.U.Abdullayeva -
|
Nizomiy nomidagi TDPU, Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Nizomiy nomidagi TDPU, Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
|
|
|
|
Tаqrizchilаr:
|
M.Xolnazarova –
|
Guliston Davlat Universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
|
|
I.U.Xasanova
|
Chilonzor pedagogika kolleji o`qituvchisi
|
Nizomiy nomidagi TDPU
Pedagogika fakulteti dekani: __________
Psixologiya kafedrasi mudiri: __________ Xalilova N.I.
1.O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
“Ijtimoiy psixologiya. Konfliktologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida bakalavr talaba:
- kurs davomida o‘zlashtirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini bo‘lg`usi pedagogik faoliyatida aniq va samarali qo‘llashi, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantira olishi, bunda konfliktlarni vujudga kelish sabablari, konfliktlarni vujudga kelishining ob`ektiv sabablari, konfliktlarni tashkiliy-boshqaruvchilik sabablari, konfliktlarning ijtimoiy-psixologik sabablari, konfliktlarning shaxsiy sabablarini bilgan holda psixolog va pedagoglarga aniq va asosli maslahatlar bera olishni bilishi kerak;
-talaba konflikt borasidagi tadqiqotlarning metodologik asoslari va tamoyillari, konfliktologiyada psixologik metodlarning qo‘llanilishi, konfliktlarni laboratoriya usulida o‘rganish, konfliktlarni tabiiy sharoitda o‘rganish, konfliktlarni o‘rganishning so‘rov usullarihaqida olgan bilimlarini amaliyotda joriy etgan holda, o‘quvchilarda nizoli vaziyatda hamkorlik sifatlarni tarbiyalash va ijtimoiy psixologik treninglar o‘tkaza olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.
-talaba konfliktlarni boshqarish tajribalari, konfliktlarni o‘rganishdan ularni hal etishga o‘tish, konfliktlarni boshqarish amaliyotininng boshlanishi, konfliktlarni boshqarishning asosiy tushunchalari va usullarni bilishi va guruhiy munosabatlar jarayonida sodir bo‘ladigan shaxslararo ziddiyatlarning oldini olish bilan birgalikda ijtimoiy psixologiyaning tadbiqiy sohalari (maktab, oila, ishlab chiqarish)da psixologik xizmat ko‘rsatish faoliyat ko‘rsatish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |