Ijtimoiy pedogogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida


Ijtimoiy pedagogika prinsiplari



Download 2,06 Mb.
bet2/2
Sana10.03.2022
Hajmi2,06 Mb.
#488301
1   2
Bog'liq
11 ijtimoiy pedogogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida

Ijtimoiy pedagogika prinsiplari.
«Prinsip» so‘zi lotincha «rshklrgit» so‘zidan hosil bo‘lgan «asos», «boshlanish» ni bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayyan kirganlardan kelib chiqadigan o‘z prinsiplari mavjud. Fanlar prinsip va kiradilar bizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat fonda balki ham zararli bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi, tabiiyki o‘z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Pedagogikadagi prinsiplar shaxs ta’lim tarbiyasining umumiy yo‘nalishini byeradi va aniq pedagogik vazifalar hal etish uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Biroq, shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Har kim olimlar u yoki bu prinsiplarni olg‘a suradi yoki yangicha ma’lumotlarni izohlaydi. Bu borada ijtimoiy pedagogikada yanada ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, ammo uning dunyoviy balog‘at yoshiga (100 yildan ortiq) qaramay O‘zbekistonda bu fan endi o‘zining birinchi qadamlarini qo‘ymoqda. Biz 3 ta prinsipni ko‘plab chiqamiz tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi prinsip, tarbiyaning madaniy uyg‘un bo‘lishi prinsipi va gumanizm prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga va o‘ziga xos xususiyatiga ega.
A) Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi - ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagok o‘z amaliy faoliyatida bolaning tibbiy holda rivojlanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyaga uyg‘un bo‘lish prinsipi ilk bor slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592 - 1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Komenskiy, inson tabiatining bir qismi va u tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Komenskiy nafaqat tabiyatning uslubiy qonunlariga. Bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bollar o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayangan holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va ko‘radi. Komenskiydan ancha ilgari sharq uyg‘onish davri buyuk olimi ensiklopediyachisi va mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o‘z asarlarida tarbiyaning tabiatta uyg‘un bo‘lish haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro‘zg‘or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. «Yolg‘on hislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqsiz insonni tarbiyalomoqchi bo‘lsa unda u uni har tomonlama o‘rganishi insonning tabiati qoidalarini bilishi kerak.
Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar tomonidan o‘z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari ko‘rish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransuz falsafachisi Jan Jak Russo hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozadiki, «bolalar katta bo‘lishidan ilgari bola bo‘lishi kerak». Shettsar pedagogi Iagon Genrix Pestalossi yetim va qarovso‘z bolalar uchun muassasalar va bolalar o‘yini yaratgan, u hisobladiki, tabiat maqsadi inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim. Nemis olimi pedagogi Adolьf Distervyerg ham I. G. Pestalossi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi dyeb hisoblagan. O‘z ishlarida yozgan ediki, ta’lim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olishi lozim. Tarbiya bilan uyg‘un bo‘lishi Rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan. Ushinskiy o‘zining asosiy «inson tarbiyasining mavzusi sifatida» degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va ko‘yidagilarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilishi ularni har bir aniq bola uchun har bir aniq holda tadbiq qila olishi lozim.
Ushinskiy fiziologiya gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so‘zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy hislari, didaktikani o‘rganishga o‘tish mumknn. Sharq uyg‘onish davri mutafakkir ensiklopediyachisi Abu Nasr Farobiy (873-950). 1)Pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarida ta’riflagan ediki. Inson tabiatning eng oliy atrof-muhitning har tomonlama idrok qilish mumkin. Abdulla Avloniy (1878-1934) «Turkiy Guliston yohud ahloq» degan asarida turli shaxs axloqiy hislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini o‘zbek tilida yozilgan pedagogika bo‘yicha birinchi darslik deb hisoblash mumkin. 1)Pedagogika mustaqil fan sifatida Ya. A. Komenskiyning «Buyuk didaktika» (XVII asr) degan asaridan so‘ng ajralib chiqdi, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon qonuniyatlari aniq ta’riflangan. Farobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratgan siyosiy (fuqaro) fan tarkibiga kiritgan.
Uning fikricha, bolalarda ijobiy axloqiy hislatlarini tarbiyalashda atrof-muhit katta o‘rin tutadi. U bola shaxsining tabiiy kamolotiga ishonardi, bola tabiatdan go‘zallik va mehr-oqibat bilan qo‘ygan ravishda tug‘iladi. Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
- bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish;
- bolalar xususiyatlarini e’tiborga olish;
- me’yoridan chyetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish;
- bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish;
- bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish.
B) Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi.
Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, shaxs bo‘lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o‘tadigan o‘zini tutish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib kyetishadi. Antik jamiyatdagi falsafachilar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlari va ensiklopedayachilari bo‘lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o‘z asarlarida ham tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi, shaxs madaniyati orqali shakllanadi, har qanday madaniyat asosan boyligi esa insondir. O‘tmishi falsafachi va pedagoglari hisoblardiki, madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir.
E’tiboringiz uchun tashakkur!
Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish