S) Insonparvarlik tamoyili.
J. Piaje, K.Rodjers, V.Suxomlinskiy kabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati
faqatgina biologik va ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar bilan to’la. Gumanistik tarbiyaning ideali ham tomonlama rivojlangan shaxsdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, do’stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o’rgatishdan iboratdir.
Insonparvarlik g’oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa, rivojlanishida cheklanishlar paydo bo’lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.
Insonparvarlik tamoyiliga ko’ra:
- qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar jamiyatdagi barcha insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish;
- “Mening o’zim hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o’z muammolarini o’zi hal etishga o’rgatish va yordam berish;
- Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki ularning jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi
Jamiyatda qabul qilingan qoida va xulq-atvor me’yorlaridan og’ishgan bolalarlar og’ir tarbiyalilar deb ataladi.
Og’ir tarbiyali bolalar jamiyatda o’rnatilgan qoida va me’yorlarga rioya qilmaydi. Bunday holat ilmda deviatsiya deyiladi (lotin tilida deviation - og’ishlik). Masalan, fizikada kompas magnit strelkasining og’ishi, biologiyada organizm rivojlanishida og’ishlik uchraydi.
Deviyatsiya (og’ishlik) – bir tomondan uni o’rab turgan inson va atrof-muhitga xos bo’lgan o’zgaruvchanlik hodisasidir. O’zgaruvchanlik ijtimoiy muhitda inson xulq-atvori bilan bog’liq. Ilgari aytib o’tilgandek, xulq me’yordagidek yoki og’ishgan bo’lishi mumkin.
Me’yoriy xulq Bolalarning rivojlanishidagi ehtiyojlari va imkoniyatlari, uning ijtimoiylashuviga to’la javob beruvchi, unga adekvat monand keluvchi mikrosotsium bilan uning o’zaro faoliyatidir.
Agar bolaning atrofidagi muhit bolalarning u yoki bu xususiyatlari, uning xulq-atvoriga doimo (yoki deyarli doim) o’z vaqtida va adekvat (monand) bo’lsa, bolalarda xulq-atvor me’yoriy bo’ladi. Bu fikrdan xulqi og’ishganlikning tavsifi ham kelib chiqadi, biroq bolaning mikrosotsium bilan o’zaro faoliyati sifatida uning rivojlanishini buzuvchi va ijtimoilashuvida va yuzaga keluvchi xulqi, jamiyatda o’rnatilgan axloqiy hamda huquqiy og’ishganlik ijtimoiy dezadaptatsiyaning (bola uchun ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishga to’siqlik qiladigan hodisa ko’rinishlaridan biridir).
Bolalik - bolalarlik dezadaptatsiyada quyidagi patologiyalar o’z tasdig’i ni topgan: Maktab yoshidagi bolalar, maktabga bormaydilar, yetim-bolalar, ijtimoiy yetimlar, giyohvandlik va zaharli (toksinli) vositalarni qabul qiluvchi bolalarlar; jinsiy ahloqsiz bolalarlar, huquqbuzarlik faoliyatlariga berilgan bolalarlar.
Deviatsiyaning tarkibiga deviantlik, delinkvent va kriminal xulq-atvorlilar kiradi.
Deviant xulq-atvor-xulqiy og’ishganlikning bir turi bo’lib, bolalarning yoshiga muvofiq bo’lmagan ijtimoiy xulq-atvor me’yor va qoidalarining buzilishi bilan bog’liq bo’lgan mikrosotsium munosabatlar (oilaviy, maktabdagi) va kichik jinsiy yosh ijtimoiy guruhlari uchun xarakterli bo’ladi. Ya’ni xulq-atvorning bu tipini intizomsizlik deb atash mumkin. Deviant xulq-atvor ko’rinishlariga bolalarning namoyishkorlik, agressvilik, o’ziga erk berish, o’qish va mehnat faoliyatidan tizimli og’ishlik, uydan ketib qolish, daydilik, ichkilikbozlikka berilish, alkogolizmga berilish, giyohvandlik va u bilan bog’liq assotsial faoliyatlar, jinsiy xarakterdagi jamiyatga qarshi faoliyatlar, suitsid.
Delinkvent xulq-atvori – deviantlikdan farqli ravishda bolalar va bolalarlarning assotsial xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda huquqiy me’yorlarni bola buzib o’tsada, biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmagan hisoblanadi.
Delinkvent xulq-atvorda: asosan inson shaxsiga qarshi agressiv-zo’ravonlik xulqi, haqorat, janjalkashlik, o’t qo’yish, sadistlik harakatlari ajralib turadi.
Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-xulqiy og’ishgan sub’ekt, o’z harakatlarida jinoiy jazolanadigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
G`o’arazli xulq-atvor, o’zida mayda o’g’rilik, bosqinchilik, talnchilik, avtotransportni o’g’irlash va boshqalarni amalga oshirib, moddiy manfaat ko’rinishning ilinjida mulkiy tajovuz qilishdan iborat.
Giyohvand moddalarni tarqatish va sotish.
Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotin tilidan, criminalis-jinoyatchilik) huquqbuzarlik harakati bo’lib, jinoiy javobgarlik yoshiga yetguncha, jinoiy ish ochishda asos bo’lib xizmat qiluvchi va Jinoyat kodeksining belgilangan moddalari bilan asoslanadigan xulq-atvor
Do'stlaringiz bilan baham: |