Pedagogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning qiyosiy tahlili (konseptual jadval).
KASBIY
FAOLIYAT
TURI
|
FAOLIYAT
MAQSADI
|
FAOLIYAT XUSUSIYATI
|
FAOLIYAT OB’EKTI
|
FAOLIYAT AMALGA OSHIRILADIGAN FAOLIYAT
|
Pedagogik
Faoliyat
Ijtimoiy
Pedagogik
Faoliyat
|
Ijtimoiy
madaniy
tajribani
Bola ijtimoiy-lashuvida
yordam.
|
Dasturli
Me’yorlangan,
Uzluksiz
Manzilli,
Chegaralangan,
Vaqtda
Cheklangan.
|
Barcha
Bolalar
Ijti-moiylashuv
Muammola-riga ega
bola
|
Ta’lim
Muassasalari
Ta’lim muas-salari,
ijtimoiy-pedagogik
muassasalar,
ijtimoiy
xizmat.
|
4-ilova.
IJTIMOIY TA`LIM - Bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish va ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadga qaratilgan jarayoni ijtimoiy o‘qitish deb ataladi.
-
Ijtimoiy tarbiya deganda muvafaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislarlarining shakllanishi maqsadga karatilgan jarayoni tushuniladi .
Tarbiya tarixiy-ijtimoiy tajribaga tayangan holda shaxsni ma’lum maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan.
IJTIMOIY PEDAGOGIKA TA`MOYILLARI
TARBIYANING TABIATGA UYG`UN BO`LISH TA`MOYILI
MA`DANIYAT BILAN UYG`UN BO`LISH TA`MOYILI
GUMANIZM TA`MOYILI
Sharq Uyg‘onish davri mutafakkir qomusiy olimi Abu Nasr al-Farobi (873-950) pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarlarida ediki, inson tabiatning eng ta’kidlagan oliy yutug‘idir va o‘z aqliga ko‘ra atrof-muhitni har tomonlama idrok qilish mumkin.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi – ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra
ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi omillariga tayanadi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqida gapirgan edi.
Masalan, «Uy-ro‘zg‘or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. «Yomon xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki ahloqsiz insonni tarbiyalamoqchi (qayta tarbiyalamoqchi) bo‘lsa, unda u uni har tomonlama o‘rganishi (insonni), inson tabiati qoidalarini bilishi kerak.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan Komenskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisobladi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi.
Ya.A.Komenskiy nafaqat tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanardi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayanga holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi.
Shveysar pedagogi Iogann Genrix Pestalossi (1746-1827) yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisoblardiki, tabiat maqsadi – inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim.
Nemis olim-pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) ham I.G.Pestalossi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. Uz ishlarida yozgan ediki, ta’lim va tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarni e’tiborga olish lozim.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) o‘zining asosiy «Inson tarbiyaning mazusi sifatida» degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq qila olish lozim. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, hislar, iroda) asoslarini oldindan o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, buning asosida so‘zlash qobiliyatini, ahloqiy, estetik va diniy hislarni, didaktikani o‘rganishga o‘tish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanish lozim:
- Bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish;
- Bolalar jinsiy xususiyatlarini e’tiborga olish;
- me’yordan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish;
- bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish;
- bola tashabbuskorligini va mustaqilligini
rivojlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |