Ijtimoiy pedagogika faoliyat pedagogika fani sohasi sifatida mavzusida ma`lumot berish



Download 40,11 Kb.
bet12/13
Sana19.01.2022
Hajmi40,11 Kb.
#392168
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika faoliyat pedagogika fani sohasi sifatida

Tarbiya – biror maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, u muayyan darajadagi dastur o’oyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi.

Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan boo’liq holda ta’sir qiladi. Bunda qulay omillardan foydalaniladi, salbiy ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Muhitning ta’siri stixiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.



Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:

1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o’sishi sodir bo’ladi. Masalan, bola o’z ona tilini atrofini o’rab turgan muhitning ta’sirida o’rganib olishi mumkin. Lekin o’qish va yozishni maxsus ta’lim yo’li bilangina o’rganadi. Ma’lum bilim ko’nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.

2. Tarbiya yordamida hatto, kishining ba’zi tuo’ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o’zgartirish mumkin. CHunonchi, ba’zi bir bolalar ayrim kamchiliklar bilan tuo’iladi. (kar, ko’r, soqov va H.k). Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida ularning aqliy qobiliyatlari to’la taraqqiy qiladi, tuo’ma kamchiligi bo’lmagan kishilar bilan barobar faoliyatda bo’lishi mumkin.

3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan kamchiliklarni ham tugatish mumkin. (bolalarning karta qimor o’ynashi, chekishi, ichish va narkotik moddalarga o’rganish kabilar va h.k).

4. Tarbiya istiqbol maqsadni belgilaydi. SHu bois, u shaxs kamolotini ta’minlashda ilo’or rolь o’ynaydi.

Tarbiyaning muvaffaqiyati ko’p jihatdan bola shaxsining o’ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta’sirini hisobga olishga boo’liqdir. SHuni yodda tutish kerakki, bola majbur bo’lgan mikromuhit mazmunini uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi kishilar va ular bilan o’rnatilgan aloqa mohiyati belgilaydi. Bola oila a’zolari, tarbiyachi, o’qituvchi, o’rtoqlari, oilaga yaqin kishilari bilan munosabatda bo’ladi. Ushbu munosabatlar bolaning rivojlashida o’oyat muhim rolь o’ynaydi. Bolaga ularning ta’siri o’zaro muomala-munosabati bo’ladi. Ana shu aloqa asosida bola ajdodlar tajribasini o’zlashtiradi, o’zi uchun andoza tanlaydi.

Hayotiy voqea-hodisalarni tushunishga, yaxshini yomondan ajratib olishga, o’z harakatlarini davr talabiga moslashtirishga urinadi. Har bir ijtimoiy jamiyatda tarbiyaning maqsad va vazifalari, axloq me’yorlari, madaniy boyliklar, jamiyat a’zolarining didi, ax-loqiy qarashlari, dunyoqarashlari, e’tiqodlari o’zgarib boradi va ular tarbiya vositasida bolalar ongiga singdirilib boriladi.

Bola shaxsning rivojlanishi uchun faol kundalik faoliyat zarur. Faoliyat yordamidagina bola atrof-muhit bilan munosabatda bo’ladi, shu orqali uning bilish qobiliyati rivojlanadi, tafakkur qilish darajasi yuksaladi, xarakter sifatlari takomillashib, kamol topadi.

 


Download 40,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish