Fan va o‘quv predmeti, ularning aloqasi va o‘ziga xos xususiyatlari.
Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shug’ullanganligi sababli unga hamma fanlar ko’maklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib ko’rsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, o’sha fanning qonun-qoidalariga suyanadi. Pedagogikaning metodologik asosi, bilish nazariyasi va tarbiyadagi qonun-qoidalar bevosita falsafa fanining ta’sirida amalga oshiriladi. Abu Nasr al-Forobiy "Talxisu Navomisi Aflotun" (Aflotun qonunlarining mohiyati) asarida inson kamolotini falsafa fanining ta’sirida rivojlanishini shunday ko’rsatgan edi: “Yaxshi fazilatga ega bo’lgan shahar aholisi eng baxtiyor odam bo’lishi, qonunlarga ixtiyoriy bo’ysunishini ta’minlash uchun qonunlarni takomillashtirish, ulardagi qoidalarni mustahkamlash uchun zarurdir". Pedagogika, psixologiya, mantiq xuquq va tibbiyot fanlaridagi qonun – qoidalarga bevosita boo’lanadi. Pedagogika fanida bolalarni davrlarga bo’lish tizimini asoslashda anatomiya, fiziologiya, maktab gigienasi kabi fanlarning ham o’rni kattadir. Pedagogika ilmiy tadqiqot metodlarni takomillashtirishda matematika, fizika, EHM kabi fanlar bilan boo’lanadi.
Mustaqil O’zbekistonda milliy pedagogika fani bevosita iqtisod fani bilan boo’lanib, bozor iqtisodiyotiga o’tish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiradi.
Pedagogika fani insonda jahon tajribalarida sinalgan tizim bo’lgan bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy meros, an’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbalari bo’lgan ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar haqida bilim, malaka hosil qilishda boshqa fanlar qatori o’z o’rni va aloqadorligi bor. Pedagogika birinchi navbatda falsafa bilan mushtarak rivojlanib kelgan.
CHunki falsafadan ajralib chiqqan pedagogika insoniy jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlaridan ilmiy manba sifatida foydalanadi.
Bugungi kunda bir qator umumiy masalalar ishlab chiqilganki, u masala falsafada ham, pedagogikada ham barobar mavjuddir. Bular jumlasiga, tarbiya bilan boshqa ijtimoiy hodisalar orasidagi o’zaro aloqalar: dunyoqarashni, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta’lim jarayonining mohiyatini tushunish hamda bilishning diallektik nazariyasini ishlab chiqish bilan boo’liq bo’lgan geneseologik masalalar va boshqa muammolar kiradi.
Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda falsafaning sotsiologiya, etika (axloq-odob), estetika kabi tarmoqlari katta ahamiyatga egadir.
Pedagogika ijtimoiy fanlardan: iqtisodiyot, psixologiya va fiziologiyalar bilan ham bevosita va bilvosita boo’liqdir.
Insonning aqliy rivojlanishi qirralarini, jihatlarini o’rganadigan boshqa fanlardan farqi o’laroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shuo’ullanadi.
Bugungi kunda pedagogika fani ko’p tarmoqli fan sifatida namoyon bo’lmoqda. Jumladan, pedagogika fanlari tizimiga etnopedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, kasbiy ta’lim pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, axloq tuzatish va mehnat pedagogikasi, jismoniy kamolot pedagogikasi, harbiy pedagogika, maxsus pedagogika: kar soqovlar (surdo) pedagogikasi, ko’rlar (tiflo) pedagogikasi, aqliy jihatdan orqada qolgan (oligofreno) pedagogika, logopedagogika, pedagogik mahorat kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |