Ijtimoiy pedagogika” fanidan “ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari” mavzusidagi


O‘zbekistonda ko‘p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari



Download 60,66 Kb.
bet7/8
Sana30.06.2022
Hajmi60,66 Kb.
#720127
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurssssssssssss 5555

1.3 O‘zbekistonda ko‘p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari.
O’zbekistonda yuqori tugilish darajasi quyidagi mintaqaviy
omillar bilan izohlanadi:
— inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi;
— erta nikohdan otish an’anasi;
— ijtimoiy omillar;
— ayolning jamiyat va oiladagi orni.
Hozirgi kungacha, oilaviy tarbiya amaliyotida ko‘p bolalilikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqsa. Sababi, muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay, bu masala hali yetarli darajada organilmagan. Ko’p bolali oila kattalar va bolalardan iborat o‘ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan shugullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadir. Ularning ba’zilari kop bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba toplaydi, deyishadi, chunki ko‘p bolali oila tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qaygurishlari teng taqsimlangan buladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha, ko’p bolali oilada bola har tomonlama etarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi.
Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak, degan qoidadan kelib chiqsak, buning uchun oila nihoyatda rivojlangan bo’lishi kerakligiga amin bo`lamiz. Ba’zan bolalar uy yumushlariga xaddan ortiq vaqt ajratishadi.
Bu ham ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi ozbek oilalarida ota-onalar bolalarining o‘qishiga befarq bo‘lishadi, ularga uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda amaliy yordam berishmaydi. Ozbek oilalaridagi yigit-qizyarning ijtimoiy moslashuviga xalaqit beruvchi omillarga qizlarni ko‘pincha faqat oilaviy hayot uchun, yigitlarni esa mehnat, kasb uchun tayyorlashni kiritishimiz mumkin. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa oz xizmat va oilaviy majburiyatlarni bajarishni talab qiluvchi, hozirgi kunda bu an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi hodisadir. Shu bilan birga, bir qator ozbek pedagog-olimlari aynan kop bolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud, deb hisoblashadi. Avvalo, ko‘p bolali oila pedagogik bolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud, deb hisoblashadi.munosabatga kirishish uchun qulay bo‘lgan yosh xususiyatlariga ega. Bir nechta bola mavjud bo‘lganida ota-onalarning g‘amxorligi ham ular orasida teng taqsimlanadi.
Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik bolalar ortasida turli o`zaro munosabatlar shakllanadi. Shunday qilib, o‘zbek oilasining ko‘p bolalilik omili bola tarbiyasiga, umuman olganda, ijobiy ta’sir korsatadi. Oilaning ijtimoiy maqomi. Oilaning jamiyatda moslashuvining ko‘rsatkichi uning ijtimoiy maqomi, ya’ni oilaning bugungi kundagi holati hisoblanadi.
Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari majmuasidan shakllanadi. Oilaning tortta ijtimoiy maqomi mavjuddir. Ular: ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy hamda vaziyatli-rolli maqomlardir. Ijtimoiy-iqtisodiy maqom oilaning moddiy holatini belgilaydi. Bu oila daromadlari, yashash ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi moddiy ta’minlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o‘rta va past bulishi mumkin. Yuqori daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
O‘rta daromad va yashash sharoitlari, minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bir qatorda, dam olish, qo‘shimcha ta’lim va boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi. Past daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past, ovqat, kiyim-kechak, yashash joyi to‘lovi kabi masalalarda ham muammo chiqib turadi. Psixologik maqom — bu oiladagi psixologik iqlim. Yaxshi iqlim emotsional yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan tavsiflanadi.
Yomon, noxush iqlim esa nizo-janjallar ko`pligida, emotsional noqulayliklarda namoyon bo‘ladi.
XULOSA
"Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari" mavzuyimda quyidagicha xulosaga keldim. Jamiyatda yashaydigan har bir shaxs ijtimoiy tarbiyaga ega bo‘lishi, ya‘ni ijtimoiylashgan bo‘lishi kerak. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me‘yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o‘rganib, mazkur jamiyatda yashash, uning azosi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta‘sir etadi. Bu ta‘sir ta‘lim vositasida, pedagoglarning o‘quvchiga bevosita va ota onalar bilan hamkorlik qilish jarayonida amalga oshadi.
Jamiyatimizda yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish, o‘sib kelayotgan yoshlarni ma‘nan yetuk qilib tarbiyalash, barcha davrlarda boplgani kabi bugungi kunda ham davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri. Bu ishni amalga oshirishda ota onalarni, pedagoglarni o‘rni beqiyos.
Barkamol shaxsni voyaga yetkazishda pedagoglar va oilaning hamkorlik qilishi samaraliroq ekani bu mavzuni o‘rganish, kuzatish davomida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu hamkorlik davomida pedagog ishni, oilani o‘rganishdan boshlaydi. Oiladagi munosabatlarni, ota onaning bolaga bo‘lgan munosabati, oilada bolaning o‘rnini o‘rganish pedagogga oilada bolaning xolatini tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani o‘rgangandan keyin pedagog oldida oilada yangi munosabatlarni o‘rnatish vazifasi turadi.
Pedagog oiladagi muhit haqida xabardor bo‘lgandan keyin, oila bilan birgalikda bola uchun kerakli reabilitatsion dastur variantlarini ishlab chiqadi. Bundan tashqari ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar kattalarning o‘zaro munosabati, kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabat muxim hisoblanadi. Bolaga bu davrda ko‘proq e‘tibor berish kerak, asosiy tarbiyani yoshlikda oladi.
Pedagog ota onani xam turli bilimlardan xabardor qilib bormog‘i zarur. Bola bilan qanday munosabatda bo‘lish, qanday erkinlik berish, darslari bilan shug‘ullanish haqida va turli xil bolaning ta‘lim tarbiyasiga oid bilimlar berib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Download 60,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish