Ijtimoiy pedagogika” fanidan “ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari” mavzusidagi


II.BOB. OILANING IJTIMOIY MAQOMI, TIPOLOGIYASI VA ASOSIY VAZIFALARI



Download 60,66 Kb.
bet5/8
Sana30.06.2022
Hajmi60,66 Kb.
#720127
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurssssssssssss 5555

II.BOB. OILANING IJTIMOIY MAQOMI, TIPOLOGIYASI VA ASOSIY VAZIFALARI.
2.1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi"ning o‘rni va ahamiyati.
1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi"
Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol,
vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish
borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi.
Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqazo etadi. Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya — milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir.
Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar:
birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda; to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga; beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan, bo’lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi. Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi.
Kontseptsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil
"Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd
etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat katta
ahamiyatga ega ekanligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 130-sonli qarori misol bo’la oladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi
qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o’quv muassasasigacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo’yilgan. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning 3.2 bandida esa ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi.
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining asosiy maqsadidir.
O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali amalga oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni hal qiladi:
1. Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o’rnatadi va aloqani doimo mustahkamlab boradi;
2. O’quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo’yishga erishadi;
3. Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi;
4. Ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogic madaniyatini yuqori darajaga ko’taradi;
5. Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi.
Sinf rahbarining o’quvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan
hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida birbirlariga qanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq. Ana shu maqsadda sinf rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak:
- O’quvchining o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari.
- O’quvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o’quvchining jamoa hayotidagi
ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning boryo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati.
- O’quvchining o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan
holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarnnig doirasi.
- O’quvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga o’quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar. Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin:
- Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
- Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
- O’quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf hayotidagi turli voqealarga baholari.
- Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.
Sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasinikundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, sinf-sinfli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy
yo’nalishidir. CHunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni maktab
talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan maqsadlari, otaonaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida
bilim berish, sinf hayotidagi o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun
pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savoljavob kechalari, ota-onalar majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir.
Sinf rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish shaklidir.
Bu majlislar sinf ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida o’z qarorlari bilan sinfdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo’nalishini belgilab beradi. Sinf ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar bilan bog’liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag’ishlangan majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga bag’ishlangan majlislar.
Bu majlislarning har biri o’z maqsadiga tayyorlash va o’tkazish tartibiga ega. Tashkiliy masalalar bilan bog’liq sinf ota-onalari majlisida odatda otaonalar sinfi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o’rtasidagi vazifalar taqsimlanadi. Ko’pgina maktabdagi sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga sinf rahbari ota yoki onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Sinf rahbari o’zining shaxsiy suhbatini, oilani o’rganish va kuzatish asosida to’plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan o’tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi g’oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni sinf rahbarlari har yili muntazam holda yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.

Download 60,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish