Madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy bilan berilgan. Bu g‘oya uning “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks ettiriladi. - Madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy bilan berilgan. Bu g‘oya uning “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks ettiriladi.
- “Inson tug‘ilgan va o‘sgan shaharni, yozadi A.Avloniy - hamda shu shahar joylashgan mamlakatni shu inson Vatani deb ataydilar... biz, Turkistonliklar, hayotimizdan ham afzal o‘z quyoshli o‘lkamizni sevganimizdek, arablar ham o‘z Arabistonini, uning issiq qumli cho‘llarini, eskimoslar o‘z Shimolini, abadiy muz va qorlar bilan qoplangan eng sovuq yerlarini sevadi”.
- Umuminsoniy qadriyatlarga eng katta bo‘lgan qadriyat inson, inson yashaydigan tabiiy muhit – oila, hayot faoliyati asosi mehnat, yashash sharti - yerdagi tinchlik, inson faoliyati asosi - bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi.
- Milliy qadriyatlar: Vatan tarixi, ona tili va adabiyoti, xalq san’ati, milliy madaniyat, urf-odatlar, marosimlar, an’analar yana A.Navoiy ta’kidlagan ediki ona tilida (o‘zbek tili) yozish xalq ishidir.
A.Avloniy. Turkiy guliston yoµud aµlo?. VKN. “Anatomiya pedagogicheskoy misli Uzbekistana”, M.1986. s. 187.
V) Gumanizm prinsipi - “Gumanizm” va “insoniylik” so‘zlari lotincha “humanus” so‘zidan kelib chiqib, “insoniy” degan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bo‘lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo‘lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Biz inson manfaatini ijtimoiy hodisalarni baholash mezoni, tenglik, haqoniylik, insonparvarlikni jamiyatdagi munosabatlarning istalgan me’yori deb hisoblaydigan tizimdir.
- Gumanistik tarbiya g‘oyalari antik faylasuflar (Sokrat, Platon, Aristotel va b) fikrlarida ham kuzatiladi.
- Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g‘oyalari rivojlanishi Sharq Uyg‘onish davri va o‘arb Uyg‘onish davrida o‘z cho‘qqisiga yetdi. Gumanistik tarbiya ideali bo‘lib erkin har taraflama rivojlangan shaxs ҳисобланади. Фаробий (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536), Mishel Monten (1533-1592), Jaloliddin Devoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar bo‘lgan edi. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi umumiy hisoblanardi. Gumanizm insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni yerdagi eng oliy qadriyat deb tan olinishini ko‘zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bo‘lgan muhabbat va bolalarda muhabbatni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |