Ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqa tayinlash va to‘lash. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14- martda 1112-son bilan ro‘yxatga olingan „Ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida“gi Nizomga asosan bunday nafaqalar tayinlanishi va to‘lanishi mumkin1 .
1 „O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idorala- rining me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi“, 2002-yil, 5-son.
Bolani parvarish qilish uchun to‘lanadigan nafaqa qo‘rg‘on, qishloq, ovul, mahalla fuqarolari yig‘in yoki maxsus vakolatli komissiya tomonidan, ona yoki bolani parvarish qilayotgan bosh- qa shaxs qo‘rg‘on, qishloq, ovul, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi nomiga beradigan arizasiga binoan tayinlanadi. Mazkur shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolarning arizasi o‘zini o‘zi boshqa- rish organiga beriladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasidan ko‘chirma nusxa;
mehnat daftarchasidan ko‘chirma nusxa — ilgari ishla- ganlar uchun;
ariza topshirilgan oygacha oila a’zolarining oxirgi o‘n ikki oydagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;
bolaning nogironligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi VKK xulosasining ko‘chirma nusxasi (zarurat bo‘lganda);
nikohning bekor qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasi yoki tegishli sud qarorlaridan ko‘chirmalar (zarurat bo‘lganda);
amalda parvarish qiladigan shaxslar tomonidan bolaning onasi yo‘qligi haqida hujjat, bolaning onasi vafot etganligi to‘g‘risida guvohnoma, onani onalik huquqlaridan mahrum qilish to‘g‘risida sud organlari tomonidan berilgan ma’lumotnomani yoki bolaning (bolalarning) onasi bolani parvarish qilish nafa- qasini olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar qo‘shimcha ravishda taqdim etailadi.
Nafaqa tayinlash uchun zarur hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarda taqdim etiladi.
Bolani parvarish qilish nafaqasini tayinlash uchun qo‘r- g‘on, qishloq, ovul, mahalla fuqarolarining yig‘inida yoki ushbu nafaqani tayinlash va to‘lash masalalarini hal etish uchun fuqarolar yig‘ini vakolat bergan komissiya tomonidan qabul qilingan qaror asos bo‘lib hisoblanadi.
Bolani parvarish qilish nafaqasi oila daromadini hisobga olgan holda tayinlanadi.
Quyidagi hollarda nafaqa oila daromadlaridan qat’i nazar tayinlanadi:
to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan ota va onalarga. Bunda bolaning to‘liq bo‘lmagan oilada ona (ota) tomonidan tarbiyalanish faktini, muayyan holatlarni hisobga
olgan holda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bel- gilaydi;
nogiron bolani tarbiyalayotgan onalarga (yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarga). Bunda bolalarning qaysi biri nogiron ekanligining ahamiyati yo‘q.
Bolani parvarish qilish nafaqalarini to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
parvarish qilinayotgan bola ikki yoshga to‘lganda;
bolaning ixtisoslashtirilgan muassasaga to‘liq davlat ta’mi- notiga berilishida;
bola vafot etganda;
oila bola bilan doimiy yashash uchun O‘zbekiston Res- publikasidan tashqariga chiqib ketganda;
qayta ish faoliyatini davom ettirganda;
boshqa joyga ko‘chganda;
tayinlangan muddatning birinchi o‘n ikki oyi oxiridagi holat bo‘yicha oila har bir a’zosining daromadlari belgilangan mezondan oshib ketsa.
Bolani parvarish qilish nafaqasini to‘lashni to‘xtatishga olib keluvchi holatlar to‘g‘risida nafaqa oluvchi o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ma’lum qilishi shart.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan bolani parvarish qilish nafaqasi o‘tgan vaqt uchun biror-bir muddat bilan cheklashsiz to‘lanadi. Ko‘rsatilgan hollarda bolani parvarish qilish nafaqasining summalari bir vaqtda to‘lanadi.
Òayinlangan, biroq o‘z vaqtida talab qilinmagan (to‘lan- magan) bolani parvarish qilish nafaqalari o‘tgan vaqt uchun ushbu nafaqalar to‘lanishi kerak bo‘lgan davrda nazarda tutilgan miqdorlarda to‘lanadi.
Atayin noto‘g‘ri yoki soxta (qalbaki) hujjatlar bo‘yicha bola- ni parvarish qilish nafaqasini olish faktlari aniqlanganda bunday hujjatlarni taqdim etgan shaxs javobgarlikka tortiladi, ortiqcha to‘langan summalar esa belgilangan tartibda undirilishi kerak.
Davlat korxonalarida ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqa tayinlash. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-martda 1113-son bilan ro‘yxatga olingan „Ishlayot- gan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qil- ganligi uchun oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
Nizom“ga muvofiq bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parvarishlash uchun har oylik nafaqa tug‘ilgan, farzandlikka yoki vasiylikka olingan bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parva- rishlayotgan shaxslarga, ya’ni onaga, otaga, farzandlikka olgan shaxsga, vasiyga yoki boshqa qarindoshlarga tayinlanadi va to‘lanadi1.
Budjet sohasida mehnat qilayotgan onalarga ushbu Nizom asosida emas, balki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-martda 1112-son bilan ro‘yxatga olingan
„Ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida“gi Nizomga asosan amalga oshiriladi2.
Davlat budjetidan ta’minot oluvchi muassasa va tashkilotlarda ishlovchi onalarga mazkur nafaqa tegishli hollarda ular doimiy yashab turgan fuqarolar yig‘ini tomonidan tayinlanadi.
Bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa tayinlash haqidagi ariza;
bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi. Bolaning onasi o‘rniga bolani parvarish qilish bo‘yicha nafa-
qani oluvchi shaxslar qo‘shimcha ravishda onaning yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat — guvohnoma, onaning onalik huquqidan mahrum etilganligi haqida sud organlari bergan ma’lumotnoma yoki bolaning (bolalarning) onasi bolani parvarish qilish bo‘- yicha nafaqani olish imkoniyati yo‘qligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
Bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa to‘lovi quyidagi hol- larda bekor qilinadi:
parvarish qilinayotgan bola ikki yoshga to‘lganda;
bola ixtisoslashtirilgan muassasaga (go‘daklar uyiga) to‘liq davlat ta’minotiga joylashtirilganda;
bola vafot etganda;
oila, bola bilan birgalikda, doimiy yashash uchun O‘zbe- kiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketganda.
1 O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2002-yil, 5-son.
2 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 28-fevralda 1113-1-son bilan ro‘yxatga olingan o‘zgartirish. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 8—9-sonlar, 52-modda.
Bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa to‘lovi bekor qilini- shiga olib keluvchi holatlar haqida nafaqa oluvchi shaxs, nafaqa to‘lovini amalga oshirayotgan organni xabardor qilishi shart.
Nafaqa oluvchi shaxs vafot etganda yoki ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lganda yoxud bola vasiylikdan olib qo‘yilgan hollarda nafaqa amalda bolani parvarishlayotgan shaxsga ushbu nafaqa to‘langan so‘nggi oyning keyingi oyidan boshlab tayinlanadi.
Bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa puli bila turib noto‘g‘ri yoki qalbaki (soxta) hujjatlar bo‘yicha olinganligi aniqlangan hollarda, bunday hujjatlarni taqdim qilgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar, ortiqcha to‘langan summalar belgilangan tartibda undirib olinadi.
Bolani parvarish qilish bo‘yicha nafaqa to‘lovi bekor qilini- shiga olib keluvchi holatlar haqida o‘z vaqtida xabar berilma- ganda, to‘lovni amalga oshirayotgan organning qarori bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar belgilangan tartibda nafaqa olgan shaxsdan undiriladi.
Bola parvarishlash uchun nafaqa to‘lovi korxonalarda (tashki- lotlarda) ishlayotgan onalar (ona o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun ushbu korxonalarning (tashkilotlarning) o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.