Ijtimoiy ne`mat, assimetrik axborot reja: Mahsulotlarning turli XIL turlari


Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo`qotish yo`llari



Download 43,62 Kb.
bet10/14
Sana06.02.2022
Hajmi43,62 Kb.
#433744
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ijtimoiy nemat assimetrik axborot

Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo`qotish yo`llari.
Bozor signallari. Bozorda sotiladigan tovar to`g’risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to`g’risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g’risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi bo`lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti bo`lsa, siz mahsulotni yo`qotishsiz sotib olasiz. Firmalar xaridorlar ularda yaxshi sifatdagi mahsulot borligini bilishi uchun reklamaga mablag’ sariflashlari mumkin. 20 – bo`limda ko`rganimizdek talabalar ishga oluvchilar ularning bilimlari yetarli darajada ekanligini bilishlari uchun oliy
o`quv dargohlarini diplomini olishlari mumkin. Bilimning signal nazariyasi odam kapitali nazariyasidan farq qiladi. Odam kapitali nazariyasida diplom mavjudligi odamning qobiliyatlari Mavjudligidan emas, balki ish mahsulligini ko`rsatadi. Signal qilishning bu ikki misoli umuman turlicha ko`rinishi mumkin biroq tashqi ko`rinish ostida ular deyarli bir xil: ikkala misolda ham habardor taraf (firma, talaba), habardor bo`lmagan tarafga (xaridor, ishga oluvchi) signal orqali ular yaxwi sifatli narsani taklif qilayotkanlari haqida habar berishmoqda. Biror bir harakat yaxshi signalga aylanishi uchun nima kerak bo`ladi? U qimmatga tushishi ravshan. Agar signal tekin bo`lganida hamma undan foydalanar va u hech qanday ma’lumotni uzatmas edi. Huddi shu sababga boshqa bir talab bor: yuqoriroq sifatli mahsuloti bo`lgan odamga signal kam xarajatli yoki yuqori foydali bo`lishi kerak. O`zga holda barcha signalni ishlatishni hohlab qoladi va u hech narsani bildirmay qo`yadi. Yuqoridagi ikki misolimizni yana bir bor ko`rib chiqamiz. Reklama holatida, sifatli mahsuloti bo`lgan firma reklamaga pul ketkazib yanada ko`proq daromad ko`radi chunki mahsulotni bir bor ishlatib ko`rgan iste’molchi uni yana sotib olishi ehtimoli yuqoriroq. Shuning uchun yaxshi mahsulotga ega firmaga signal (reklama) uchun mablag’ sarflash foyda, iste’molchiga esa signalni mahsulotni sifati haqida habar beruvchi ma’lumot sifatida qarash foyda desak bo`ladi. Ta’lim misoliga kelsak, iqtidori bor odam maktabni bitirishi osonroq iqtidorsiz odamga qaraganda. Shunday ekan shaxsga signalni (ta’lim) narxini to`lash, ishga oluvchiga esa bu signalga shaxsning qobiliyatlari haqida ma’lumot sifatida qabul qilish to`g’ri bo`ladi. Dunyo signallarga to`lib ketgan. Jurnallardagi reklamalarda ba’zida “televizorda ko`rganingizdek” yozuvi bo`ladi. Nega jurnalda reklamasi bor firma
bu faktga urg’u bermoqchi bo`ladi? Bunga sabab korxona qimmat signaldan (televizorda) foydalanayotgani sizga uning mahsuloti yuqori sifatli ekanligidan darak bermoqchiligidadir. Xuddi shu sababga ko`ra nufuzli maktablarni bitirganlar bu faktni o`z rezumelarida aks ettirishadi. Sovg’alar signallar o`rniga Bir bola o`z yoqtirgan qiziga qanday sovg’a olishni o`ylayapti.”bilaman” deydi u o`ziga, “ men unga naqd pul beraman. Uning didini o`zichalik yaxshi bilmayman. Pulga esa o`zi hohlagan narsani sotib oladi”. Lekin u pulni berganida qiz xafa bo`ladi. U meni sevmas ekan deb o`ylab, munosabatlarni tugatadi. Bu voqea orqasidagi iqtisod qanday? O`ylab qarasak sovg’a berish bu g’alati odat. Misolimizdagi yigit aytganidek
odamlar o`z didlarini boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq biladilar, shuning uchun biz hammani pulni sovg’aning bir shakli deb qabul qilishini kutishimiz mumkin. Agar sizning ish beruvchingiz oyligingizni tovarlar shaklida berganida siz bunga qarshi chiqardingiz. Lekin sizning reaksiyangiz sizni (umid qilganingizdek) sevuchi odam shunday qilsa umuman boshqacha bo`ladi. Sovg’a berishning bir talqini u o`zida asimmetrik ma’lumot va signalnisaqlaganligidadir. Bizning misolimizdagi yigitning qiz bilmoqchi bo`lgan shaxsiy
ma’lumoti bor: Haqiqattan ham u qizni sevadimi? Qiz uchun yaxshi sovg’a tanlashi bu uning signali. Sovg’a tanlash pul bergandan ko`ra signal bo`lish uchun to`g’riroq arakteristikalarga egaligi aniq. U qimmat (vaqt oladi), va uning narxi shaxsiy ma’lumotga asoslangan (qanchalik sevishi). Agar yigit haqiqattan ham qizni sevsa to`g’ri sovg’a tanlash oson bo`ladi, chunki u qiz haqida ko`p o`ylaydi. Agar uni sevmasa to`g’ri sovg’a tanlash qiyinroq bo`ladi. Shunday qilib to`g’ri sovg’a tanlash uning sevgisi haqidagi shaxsiy ma’lumotini izhor etishning bir yo`li. Pul berish esa u hatto sovg’a tanlashga harakat qilmaganini ko`rsatadi. Signal nazariyasining sovg’a berish bilan bog’liqligini yana bir kuzatuvi
mavjud: Odamlar ta’sir kuchi muhim bo`lgan odatlar haqida ko`proq qayg’urishadi. Shunday ekan yigit yoki qizga pul berish odatda nomaqul harakat. Lekin kollej o`quvchilari ota onalaridan chek olganlarida ular kamdam kam xafa bo`lishadi. Ota-ona muhabbati shubhada bo`lishi mumkin emas shuning uchun qabul qiluvchi pulni e’tiborsizlik signali deb qabul qilmaydi.

Download 43,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish