«Resurs» tushunchasi 2 xil ma’noga ega: kerak paytda ishlatiladigan
zahiralar va vositalar; ma’lum bir vositaning chegaralangan imkoniyatlari
(masalan, 1sutkada 24 soat zahira mavjud).
«Resurs» so’zi «zahira» so’zi bilan yaqin ma’noga ega bo’lib, ko’pchilik
hollarda sinonim sifatida ishlatiladi. «Zahira» so’zi lotincha «reserve»dan olingan
bo’lib, «saqlash» degan ma’noni bildiradi. Bu tushunchalarga yaqin bo’lgan
tushunchalardan yana biri «potentsial», ya’ni lotincha «potentia» - kuch degan
ma’noni bildiruvchi so’zdir. Bu tushuncha qo’llanilishi mumkin bo’lgan barcha
imkoniyatlar yig’indisini bildiradi.
Tabiiy resurs deb inson hayoti va faoliyati davomida bevosita
foydalaniladigan barcha turdagi tabiiy ne’matlarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |