«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/492
Sana01.09.2021
Hajmi4,91 Mb.
#162172
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   492
Bog'liq
Ijtimoiy menejment

 

 

 

 

 

 

 

 

3-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENT - XX ASR OXIRI XXI ASR 

BOSHI BOSHQARUV MADANIYATINING 

KO’RINISHI

 

 

REJA: 

 

  3.1.Zamonaviy boshqaruv madaniyati 

  3.2.  Yaponiyada boshqaruv tizimini shakllanishi 

  3.3. Tashkil etish madaniyati kontseptsiyasi 

 

3.1.Zamonaviy boshqaruv madaniyati 

 

Jamiyatni  boshqarish  zamonaviy  muammolari  echimida    madaniy  omilning 

roli ortmoqda va kelajakda ortib boradi. Bu qator holatlar bilan izohlanadi. 

Birinchidan,  jamiyat  hayotining  ijtimoiy  nazoratchilari  axborot  inqilobi 

talablari  (iqtisodiy,  huquqiy,  siyosiy)  bilan  birga  tobora  katta  ahamiyat  kasb 

etmoqda. 

Ikkinchidan,  ular  jamiyatdagi  o’zaro  bog’liq  kuchlarning  yig’indisi  sifatida 

kengayib  tizim  ko’rinishiga  kelmoqda  va  o’z  ta’sir  maydonini  kengaytirib, 

jamiyatning har bir elementi faoliyatiga kirib kelmoqda. 

Uchinchidan, yalpi jamiyat mahsulotidagi aqliy mulk hissasi ortib bormoqda 

va  rivojlangan  davlatlarda  50%gacha  etdi.  Bu  jamiyatni  uning  asosiy  resurslari  - 

inson va aqldan oqilona foydalanishdagi ma’suliyat  va mohiyatni oshiradi.  

Boshqarishni  madaniyatining  belgilangan  bir  qancha  mada-niyat  qismlari 

mavjud.  Madaniyatning  asosiy  elementlari  odam  bilimi,  xissiyotlari,  kayfiyati, 



30 

 

boshqaruv,  falsafiy  va  iqti-sodiy  kontseptsiyalari,  fikrlash  jarayonlari  bo’lib 



hisoblanadi.  Biroq,  belgilangan  madaniyatning  manbalari  bo’lgan  boshqaruv 

mahorati,  turmush  sharoiti,  urf-odatlar,  tantanalar,  jamiyat  munosabatlari  va 

boshqalarsiz,  umumiy  ishlab  chiqarish,  takror  ishlab  chiqarish  va  moddiy  - 

ma’naviy ne’mati iste’moli bo’lmaydi. 

Madaniyatning  asosiy  masalasi  -  inson  o’zini  takror  ishlab  chiqarish,  uning 

bilimi, yangiliklari, moddiy va ma’naviy ne’matlarini hal qilish hisoblanadi. 

Yuqorida  aytilganlarni  hisobga  olib,  boshqaruv  madaniyati  elementlarini 

umumiy madaniyatning bir qismi sifatida ajratib ko’rsatish mumkin: 

  boshqaruv bilimlari (menejment va boshqaruv nazariyalari) kayfiyat, ong 



muvofiqligi; 

 



jamiyat munosabatlari namuna, me’yorlar va bilimlar mujassamlashtirgan 

tashkiliy boshqaruvchanlik inson madaniyati elementlaridir; 

 

boshqaruv  faoliyati,  haqiqiy  ijodiy  xarakterga  ega  bo’lib,  ijtimoiy 



rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining obyektiv zaruriy unsuridir. 

Xususan,  boshqaruv  madaniyatini  boshqaruv  faoliyatining  ma’lum 

bosqichidagi  boshqaruv  bilimlari,  hissiyotlari,  ne’matlari,  boshqaruv  va  tashkiliy 

munosabatlar  yig’indisi  sifatida  tushinish mumkin.  Uning  shakllanish  mexanizmi 

quyidagicha bo’lish mumkin:  

  bilimlar, 



boshqaruv 

kontseptsiyalari, 

loyihalari, 

dastur-larining 

shakllanishi; 

  boshqaruv munosabatlarining rivojlanishi; 



 

boshqaruv sohasida ijodiy faoliyatni rag’batlantirish; 



  jamiyatda jamoat institutlari, davlat, qonunlarga hurmatning tasdiqlanishi; 

  boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.   



Boshqaruv 

madaniyatida 

oqilona 

boshlanish, 

bilim, 

zamonaviy 

kontseptsiyalar,  ilmtalab  texnologiyalar  muhim  ahamiyatga  ega.  Boshqaruv 

asosining  zamonaviy  bilimlarisiz  jamiyatni  shakllantirib  bo’lmaydi.  Menejment 

ingilizcha  so’z  bo’lib,  lotincha  suz  «manus»-qo’l  o’zagidan  olingan.  Dastavval u 

hayvonlarni  boshqarish  sohasiga  tegishli  bo’lgan  va  otlarni  boshqarish  san’atini 

anglatgan. Keyinchalik bu so’zni inson faoliyati sohasiga olib o’tildi va odam va 

tashkilotlarni  boshqarish  amaliyoti  va  ilmini  ifodalay  boshlashdi.  Boshqaruv  -  bu 

yakuniy  natijani  olishga  qaratilgan  xatti-harakatlar,  usullar  yordamida  tashkilot, 

jamiyat maqsadlariga erishish. 

XXI  asrda  dunyo  global  xarakterdagi  muammolar  oldida  turibdi.  Lekin 

ularning keskinlashuvi sodir bo’lmaguncha, echish usullari eskiligicha qolmoqda. 

Buning  negizi  -  madaniyat-ning,  shuningdek,  inson  madaniyatining  bir  qismi 

bo’lgan  boshqaruv  madaniyatining  ortda  qolishidadir.  Dunyo  yangi  milliy 

madaniyatlarning xilma-xilligi davriga qadam qo’ydi. Madaniyat-larning ko’pligi - 



31 

 

bu  konfrontatsiyaning  ko’payishi  uchun  asos  emas,  balki  tolerantlik  -  o’zaro 



chidam,  odamlarning  o’zaro  tushunishi  uchun  sharoit.  Lekin  bu  hozircha  sodir 

bo’lmayapti.  O’zini  o’tab  bo’lgan  «an’anaviy»  va  «kuchli»  madaniyatlar 

na’munalari  dunyoga,  uning  alohida  regionlariga  kuch  usulida  keskinlik  kiritib, 

sayyoradagi  ijtimoiy  keskinlik  holatini  kuchaytirmoqda.  Insoniyat  tirik  qolishi 

uchun  mehnat  faoliyatini,  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  tashkil  etishda  qator 

prog-ressiv  o’zgarishlar  kiritishi  lozim.  Lekin  bugun  tsivilizatsiyani  bunday 

zamonaviylashtirish faqatgina madaniyatlar, bilimlar, ne’matlar, xaqiqatni anglash 

usullarini 

tezda 

almashtirish 



sharoitidagina 

mumkin. 


Jamiyatni 

zamonaviylashtirish  muhim,  lekin  madaniy  yangilanish  undan  oldin  bo’lishi  va 

doimo uni ta’minlashi, sur’at va muddatlarini aniqlashi lozim. Jamiyat madaniyati 

«parametrlarini», 

uning 

alohida 


regionlari, 

mehnat 


assotsiatsiyalarini 

o’zgartiribgina, uni sifatli rivojlanish bosqichiga olib chiqish mumkin. 

 

Menejmentga  umume'tirof  barcha  tashqilotlarda  zarur,  shuning  uchun  biz 



tashqilotlarni  boshqarish  yo'llarini  yaxshilashni  topish  istagidamiz.  Nima  uchun? 

Chunki biz har bir kun tashqilotlar bilan o'zaro muloqotdamiz.  

 


Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   492




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish