271
5-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING PREDMETI VA
MAZMUNI
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Ijtimoiy soha. Ijtimoiy siyosat. Tashkiliy madaniyat. Ijtimoiy rejalashtirish.
Ijtimoiy-psixologik. Ijtimoiy mutaxassis. Broker.
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1. Ijtimoiy boshqarishning innovatsion nazariyasi?
2.Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi.
3. Insoniyat jamiyati tarixidagi 2-boshqaruv inqilobi.
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR
Masala. Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi
kombinatga, jamoa tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo’ldi. U o’ziga
ishongan, mansabparast bo’lib, kombinat ishi ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish
niyatida yonib ish boshladi.
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish
bo’yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda
qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda
yaxshi raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o’zi xam
tennis ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur
etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi.
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qiyin emas, mebel
tayyorlovchilar raketkani tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy
ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni
chiqindilardan xam ishlab chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar.
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib,
o’zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga
million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil
qiladi, deb xom cho’t qilindi.
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab
chiqarish o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat-
yuqori sifatli va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish
ko’zda tutilgan.
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan
savol ularni qiynab qo’ydi.
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy
extiyojga ega bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi
272
sotilmay qolishi mumkin. Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat
raketkani xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan
birga pulni yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel
kombinati raxbari va mutaxassislarini qiynab qo’ydi.
-
kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan
miqdorda
ishlab
chiqaramiz,
tavakkalchilikdan
yo’qotishni xam
minimallashtiramiz dedi, extiyotkor buxgalter.
-
Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab
chiqarish xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb
xisoblayman. Shunda yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam
tavakkalchilikka asoslangan, lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday
yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi.
-
Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda,
qarorni “oltin” o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas
darajada ishlab chiqarish kerak dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: