2.3.
Birja va yarmarkalarining qaror topishi xususiyatlari
O‘zbekiston respublikasining mutaqillik davlat sifatida shakllanishi keng
ko‘llamli iqtisodiy islohotlar bilan kechmokda, ma‘muriy buyruqbozlik tizimi
urniga qisqa vaqt ichida bozor iqtisodi qonunlariga asoslangan iqtisodiy tizim
yaratila boshlandi 1991 yilning mart oyida Respublikamizda birinchi, ochiq tipdagi
aksionerlik jamiyati shaklidagi ―Toshkent‖ universal tovar-xom ashyo birjasi tashkil
etilib, 48 ta ta‘sischilar va 125 ta aksionerlar manfaatlarini birlashtirdi. Tashkil
etilgan yilning o‘zidayok birja tovaroboroti 3 milliard rublni tashkil etdi. 1992
yilning yanvar oyidan boshlab, birjada qimmatli qogozlar bilan oldi-sotdi
operatsiyalari amalga oshirila boshlandi. ―Toshkent‖ birjasi birja faoliyatining
muhim omili bo‘lgan birja infratarkibini yaratish bilan ham shug‘ullana boshladi,
Bevosita birja tashabbusi bilan ―Birjevoy vestnik vostoka‖ gazetasi chop etila
boshlandi, ―Umid‖ Osiyo sug‘urta kompaniyasi va qator boshqa tashkilotlar tashkil
etildi. Birja faoliyatini keng reklama qilinishi oqibatida, Respublikamizning deyarli
barcha viloyatlarida, ko‘pchilik Vazirliklar va idoralar qoshlarida 36 ta universal
tovar-xom ashyo birjalari faoliyat ko‘rsata boshladilar. Biroq birjalar faoliyatini
tartibga solish borasidagi qonun va boshqa me‘yoriy hujjatlar yo‘qligi va tajribaning
etishmasligi bu ishda ba‘zi qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Masalan birjalarni
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi tovarlarni eksport-import operatsiyalari uchun
zaruriy letsenziyalar masalasi kun tartibida ko‘ndalang bo‘lib qoldi va o‘z echimini
anchagacha topa olmadi.
1992 yilning iyulida Respublika Oliy kengashi tomonidan qabul qilingan
―Birja va birja faoliyati haqida‖gi Qonuni , birja faoliyati, birja tovari, ta‘sis
sarmoyasi, Ta‘sischilar doiralarini, ta‘sis etilajak birjalarni ro‘yhatdan o‘tkazib qayd
etish va faoliyatlari uchun ruhsatnomalar berish tartiblarini aniqlab berdi.
34
O‘zbekiston Respublikasining ―Birja va birja faoliyati‖ haqidagi Qonunida
birjalar shakllari belgilab berildi. Ular ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik
jamiyatlari ko‘rinishidagi xo‘jalik sub‘ektlari bo‘lishlari, ixtisoslishuvi bo‘yicha
tovar-fond, intellektual mulk savdosi bo‘yicha, aralash mulk shakllarida bo‘lishlari
mumkinligi alohida ta‘kidandi. Qonun birjalar bevosita savdo vositachilgi faoliyati
bilan shug‘ullanishlari, birja faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan korxonalar
ta‘sischilari sifatida aksiyalar xarid qilishlari taqiqlab qo‘yildi.
Ushbu qonunni amalda qo‘llanishi avval tashkil etilan birjalarni
ko‘pchiligini faoliyat yuritish huquqidan mahrum etdi. Chunki ular qonun
talablariga to‘la javob bera olmadilar. O‘zbekistonda birja harakati rivojdanishining
1 – bosqichi hulosalariga kelsak, ―Toshkent‖ va boshqa universal tovar-xom ashyo
birjalarni tashkil etilishi, ularning keng ko‘llamdagi brokerlik idoralariing faoliyati
ma‘lum darajada Sobik Ittifoq korxonlarining uzilib qolgan xo‘jalik aloqalarini
yangi bozor iqtisodi shartlari asosida tiklashga muvofiq bo‘lindi.
―Toshkent‖ universal birja Markaziy Osiyo va boshqa Mustaqil davlatlar
hamdo‘stligi xududidagi birjalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib yubordi,
Bu esa o‘z navbatida ko‘p yillar davomida yagona iqtisodiy xududni vujudga
keltirdi.
Birja ishi amaliyotida, turli xil texnika va texnologiyalar sinovdan o‘tdi, chet
el birjalari tajribalari o‘rganiladi, brokerlik va boshqa birja faoliyati mutaxassislari
tayyorlandi.
Birja narxlar dinamikasi, iqtisodiy jarayonlarni rivojlanishi haqidagi va
boshqa informatsiyalar manbai sifatida maydonga chikdi. Birja savdosi natijasida
mamlakatimizga kelirilayotgan va chetga olib ketilayotgan tovarlar narxlari
kotirovkasi, ayniqsa paxta tolasi narxi kotirovkasi shakllana boshladi. Bu esa o‘z
navbatida jahon bozoridagi pahta tolasi kon‘yunkturasini o‘rganishga va paxtani
xarid narxlarini o‘zgarishi uchun manba bo‘lib xizmat qildi.
Shu bilan birga, vazirliklar qoshida tashkil etilgan birjalarni yopilishi,
mamlakatga keltirilayotgan va mamlakatimizdan olib ketilayotgan tovarlarni
ma‘lum darajada cheklanishi, bojxona to‘siqlarining paydo bo‘lishi birjalar
harakatini susayishiga olib keldi.
35
Respublikada birjalar faoliyatlari rivojlanishi uchun yangi turtki bo‘lib, 1994
yil 21 yanvarda e‘lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Iqtisodiy
islohotlarni yanada chukurlashtirish, xususiy mulkchilikni himoya qilish va
tadbirkorlikni rivojlantirish choralari haqida‖ gi farmoni maydonga chikdi. Chunki
ushbu farmonning 11
-
bandida ― Korxonalar tassarufida qoladigan mahsulotlarni
sotish bo‘yicha tovar - xom ashyo birjalari ishtirokida ulgurji yarmarkalar o‘tkazish
amaliyoti joriy etilsin. Ushbu yarmarkalarda xarid qilingan tovarlarni respublikadan
tashqariga olib chiqish uchun xech qanday ruhsatnomalar talab qilinmaydi, ular
bojxona to‘lovlaridan ozod etilsin‖ deb e‘tirof etilgan qismi tadbirkorlikni va
birjalar faoliyatlarini rivojlanishi uchun muhim turtki bo‘ldi.
Shu yili ―Toshkent‖ universal tovar-xom ashyo birjasi qayta tashkil etilib,
uning negizida tovar xom-ashyo va qimmatli qog‘ozlar savdosiga ixtisoslashgan
―Toshkent‖ fond birjasi tashkil etilishi, ularning faoliyat yo‘nalishlarini aniqlanishi
respublikada birjalarni xalqaro birjalar darajasiga yaqinlashuvi bilan birjalar
faoliyatining rivojlanishi ikkinchi bosqichi boshlandi.
1995 yili O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining ―1995 yilda
Iste‘mol bozorini birincha galdagi muhim tovarlar bilan boyitishning qo‘shimcha
choralari haqida‖gi qarori bilan Respublikamizning barcha viloyatlarida Respublika
tovar-xom ashyo birjasining filiallari tashkil etildi va keyinchalik bu filiallar
mutaqil xo‘jalik sub‘ektlari sifatida faoliyat ko‘rsata boshladilar.
1997 yil 10 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining
―Tovarlar (xizmatlar) ni eksport qilishni rag‘batlantirishning ko‘shimcha choralari
haqida‖ gi farmoni xo‘jalik sub‘ektlarining eksport - import operatsiyalarini
tartibga soldi.
Mamlakatimiz raxbariyati birja va yarmarka faoliyatini rivojlantirish
masalalari bilan muntazam shug‘ullanib, bu tarmoqdagi tub o‘zgarishlarning
tashabbuskori bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi 1999 yil 15
aprelda qabul qilingan ―Birja va yarmarka faoliyatining samaradorligini oshirish
choralari‖ haqida va o‘sha yil 6
-
mayda ―O‘zbekiston Respublikasida birja va
yarmarka faoliyatini yanada rivojlantirish choralari‖ haqidagi qarorolari, birjada
36
birja bitimlari tuzish tartibi, birja tovari ro‘yxati va valyuta operatsiyalarini tartibiga
solish, birja qoshida hisob - kitob (Kliring) palatalari tuzishni joriy etdi.
Yuqorida zikr etilgan xukumat qarorlarini qabul qilinishi - hisob-kitob
palatasini joriy etilishi, eksport-import operatsiyalarini keskin ortishiga olib keldi,
raqobatchilik muhitini yaratdi. 2000 yil 1999 yilga nisbatan birja tovar oboroti 3
barobar o‘sgan bo‘lsa, 2001 ilning 9 oyida, ushbu ko‘rsatkich 2000 yilning 9 oyiga
qaraganda 2 barobar o‘sgan.
2001 yilda ―O‘zbekiston Respublikasining birja va birja faoliyati haqida‖gi
qonunini yangi taxriri qabul qilindi, bu esa o‘z navbatida birja faoliyatini
respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot talabalari bilan
moslashtirib tartibga solish imkoniyatini yaratdi.
Respublikamizda birja faoliyatiga maxsus ruhsatnomlar berishning muhim
shartlaridan biri birja savdolashuvida qatnashuvchi xo‘jalik sub‘ektlari yagona
elektron savdo tizimi bilan bog‘lik bo‘lishlari shartligidir. O‘zbekiston respublika
tovar-xom ashyo birjasida elektron savdolashuv tizimini joriy etilishi quyidagi
masad va vazifalarini ko‘zlab amalga oshirilmoqda:
Mamalakatda yagona birja xududini yaratish, umumiy milliy tovar bozorini
shakllantirish;
Birja operatsiyalari va tovar bozorlarining erkinligi va oshkoraligini
oshirish;
Birja savdolashuvidagi raqobatchilik muhitini, savdolashuv ishtirokchilari
sonini oshirish;
Respublikamiz birja savdolashuviga chet ellik xo‘jalik sub‘ektlari jalb etish,
O‘zbekiston tadbirkorlarini chet el tovar bozorlariga chiqishlari uchun
imkoniyatlar yaratish;
Kunu-tun butun sutka davomida savdolashuv imokoniyatini yaratish;
Birjadagi eksport-import operatsiyalar bitimlari yuzasidan joriy harajatlarni
kamaytirish;
Kichik shahar va qishloq joylaridagi tadbirkorlar uchun, joylashashidan
qat‘iy nazar birjadagi savdolashuvda qatnashish imkoniyatini yaratish.
37
Elektron savdalashuvda qatnashuvchi xo‘jalik sub‘ektlarining doirasi juda
keng:
Tovar ishlab chiqaruvchilar, savdo korxonalari, xususiy tadbirkorlar,
jurnalistlar, talaba-o‘quvchilar va boshqa birja savdolashuvi haqidagi
informatsiyaga zaruriyati bor shaxslar;
Birja savdolashuvida qatnashmaydigan va lekin o‘z faoliyatlari uchun ―
Biznes navigator‖ informatsiya ma‘lumot manbaidan foydalanuvchi tovar ishlab
chiqaruvchilar, xususiy tadbirkorlar;
Malakali brokerlar vositachiligida birja savdolashuvida qatnashuvchi tovar
ishlab chiqaruvchilar, savdo korxonalari;
Mutaqil qatnashuvchi tovar ishlab chiqaruvchi va savdo korxonalari
dillerlari, uzoq masofada turib birja savdolashuvida o‘z mahsulotlari yuzasidan
savdo olib boruvchi sub‘ektlar;
Mustaqil elektron brokerlar va boshqalar.
Elektron savdolashuv tizimi quyidagi imtiyozlarni beradi:
Qayerda bo‘lishlaridan qat‘iy nazar internet tizimiga bog‘lanib, maxsus
kompyuter dasturi va qayd etilgan ruhsatnomaga ega bozor qatnashchilariga
oldi-sotdi muzokaralarida qatnashish;
Biznes operatsiyalarining tezkorligi (bir laxzada bir nechta operatsiyalar
olib borish imkoniyati borligi) hisobiga tijorat ko‘rsatkichlarining mislisiz
o‘sishi;
Ko‘l mexnati yordamida taxlil qilish qiyin bo‘lgan axborot oqimidan eng
muhimi va maqulini tanlab olish imkoniyatini beradi.
Fikrimizning dalili sifatida O‘zbekiston agrosanoat birja faoliyatiga bir nazar
tashlasak kifoya, O‘zbekiston agrosanoatbirjasi 25 dekabr 1991 yili, O‘zbekiston
Respublikasi ―Birja va birja faoliyati haqida‖gi qonuni asosida tashkil etilgan bo‘lib
Mamlakatimiz Mutaqilligi tengdoshdir.
O‘zagrosanoatbirja
ta‘sischilari
Respublika
Agrosanoat
kompleksi,
―Dehqonsavdo‖, ―Prestij‖ Savdo uylari va bir necha ko‘shma korxonalardirlar,
ularning har biri faqat 10% aksiyaga egalik qilishlari mumkin xolos, birja nizomiga
38
muvofiq xech bir ta‘sischi belgilangan miqdordan ortik aksiyaga egalik qilish
huquqiga ega emasdirlar.
Hozir birja qoshida 2 ta muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyat ko‘rsatmoqda,
ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik su‘ektlarini qo‘llab - quvvatlash
kengashi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston agrosanoat birjasi Rossiya
federatsiyasidagi birja va xo‘jalik sub‘ekitlari bilan kliring hisob-kitobi tizimi joriy
qilingan bo‘lib, bu o‘z navbatida Sobiq Ittifok respublikalari o‘rtasida amalga
oshirilayotgan savdolarda 2003 yil yakunlari bo‘yicha narx-navoni 30-40 % ga
kamayishiga olib keldi. Birja elektron tizim orqali xalqaro bozorga bevosita chikish
imkoniyatiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |